Gogen (Gauguin) Pol Ejen Anri

Gogen (Gauguin) Pol Ejen Anri (1848.7.6, Parij — 1903.8.5, Markiz orollari ) — frantsuz rassomi; post- impressionizmning yirik vakili. 1883 y.dan ijod b-n shug’ullangan. G. Yuno- niston, qad. Sharq mamlakatlari san’- ati, ibtidoiy madaniyati b-n qiziqdi. O’tmish hayot tarziga qiziqish uni sim- volizm b-n yaqinlashtirdi, o’ziga ergash- gan yoshlar b-n o’ziga xos yangi rangtasvir tizimi (“sintetizm”)ni yaratdi. G.ning “Arldagi qahvaxona” (1888), “rashk qilasanmi?”(1892), “Taiti Pastora- li” (1893), “qirolning xotini” (1896), “Meva terimi” (1899) va b. asarlarida notanish olamning ajoyibotlari, inson va tabiat uyg’unligi haqidagi orzulari- ning go’zal dunyosini yaratishga intiladi. G. ijodiga xos bo’lgan jo’shqin rang, bez- AK va mahobatlilikning uyg’unligi 20-a. boshida yashagan rassomlarning ijodiy izlanishlariga ta’sir ko’rsatdi.