GEODEZIK UZOQLIK O’LCHAGICH

GEODEZIK UZOQLIK O’LCHAGICH – masofani o’lchaydigan optik asbob. U b-n masofani o’lchash tarzi teng tomon- li uchburchak ABC (raem) balandligi S b-n asosi (AS) qarshisida f burchakning o’zaro bog’lanishi formulasiga asosla- nadi. O’zgarmas bazisli optik asboblar orasida geodeziyada qo’sh tasvirli asbo- blar keng qo’llaniladi. Bular geodezik asboblar (teodolit, kipregel)ning ku- zatish trubasiga kiydirib ishlatila- Di. Ular orqali reykabazaga qaralganda bir-biriga nisbatan ma’lum oraliqqa siljigan qo’sh tasvir ko’rinadi. Ana shu siljish kattaligi asbobdan reykagacha bo’lgan masofaga bog’liq; uni o’lchab za- rur masofani aniklash mumkin. Ipli G. u o’. engsodda asbob bo’lib, geodezik as- boblarning kuzatish trubasidagi iplar to’riga parallel qilib bir xil oralikda o’tkazilgan ikkita gorizontal yoki verti- kal chiziqdan iborat.