Gerbert mayatnigi
Gerbert mayatnigi – metal- larning qattiqligini aniqlaydigan asbob. 1923 y.da ingliz konstruktori Gerbert yasagan (nomi shundan). Ishi ta- yanch nuqtasi sinaladigan namuna sirti- ga o’rnatilgan maxsus yoysimon mayatnik- ning har 10 marta tebranish davrini yoki birinchi erkin tebranish burchagi- ni o’lchashga asoslangan. Mayatnikning og’irligi 2-4 kg, tayanch nuqtasi uchiga diametri 1 mm li sharcha o’rnatiladi. Sinaladigan metall qancha qattiq bo’lsa, mayatnikning tebranish davri (yoki burcha- gi) shuncha katta bo’ladi.