Geriatriya

Geriatriya (Yun. geron — keksa, kari va iatreia — davolash, g’amxo’rlik qilish) — klinik tibbiyotning keksalarga xos kasalliklarni o’rganadigan, shuning- dek ularning oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqadigan bo’limi: gerontologiyannnt muhim bir sohasi. Keksalarda turli kasalliklarning pay- do bo’lishi, kechishi va rivojlanishining o’ziga xos tomonlarini o’rganish hamda ularning oddini olish; bot qarishga sa- bab bo’ladigan jarayonlarni aniqlash, yashartish choralarini ko’rish; qari va keksalarga tibbiy-ijtimoiy yordam xiz- matini tashkil etish g. oldida turgan eng dolzarb muammolardandir. G. mustaqil fan sifatida 20-a.ga kelib shakllandi. G. terminini fanga 1990 y. amerikalik olim I. Nasher kiritdi va klinik tib- biyotning mustaqil bir sohasi degan taklifni ilgari surdi. Qariyotgan or- ganizmni yashartish, ularda ro’y berishi mumkin bo’lgan kasalliklarni aniqlash va b.da g. biologiyaning odamning qarishini aniqdash borasida erishgan yutuqlariga tayanib ish ko’radi. Keksa- lar ham xuddi go’daklardek parvarishga muhtoj, shu tufayli yoshi qaytgan sari ularda ro’y berishi mumkin bo’lgan tur- li kasalliklarni vaqtida aniqlab, o’ziga xos davolash ni taqozo etadi.