YODGOR BARLOS VINNI LOLA

YODGOR BARLOS VINNI LOLA (14 asr) — Amir Temurning xos mulozimi, Chig’atoyning maslahatchisi Qorachor no’yonning avlodi. Sohibqiron unga muhim vazifalarni topshirgan: 1374 yilbahorida u elchilik bilan Xorazmga yuborilgan; 1388 yil Sohibqiron To’xtamishxonni Sabron tarafidan ta’qib qilganida uni beklardan Sulaymonshoh, Shamsuddin Abbos va G’iyosuddin Tarxon bilan birga Turkistonning muhrfazasiga qo’ygan; “besh yillik yurish” paytida (1393, 1395 yillar) bir qancha beklar bilan birga uni o’g’ruqning muhofazasiga qo’ygan.