Gessen

Gessen — Germaniya eri. G.ning katta qismi O’rta Germaniya tog’larida, oz qismi Mayn-Reyn pasttekisligi- da joylashgan. Mayd. 21,1 mingkm2. Molisi 5,84 mln. kishi (1990-y.lar o’rtalari). Bosh shahri —Visbaden. 8-9-a.larda graflik bo’lgan. 13-a. oxi- ridan Germaniya knyazligi hududi. 1567 y.da 2 ta: Gessen-Kassel (1866 y.dan Prussiya qo’shib olgan) va Gessendarm- shtadt (1866 y.dan —Buyuk gersoglik, 1918 y. dan —Veymar Respublikasi tar- kibidagi er) knyazligiga bo’lingan. 1945 y.da Amerika va Frantsiya okkupasiya zo- nasida bo’lgan. 1949 y.dan Germaniya eri. Iqlimi mo”tadil. Yanv. ning o’rtacha t-rasi 0-2°, iyulniki 18-20°. Keng barg- li o’rmonlar (hududining 40%) o’sadi. Qo’ng’ir ko’mir qazib chiqariladi. G. Ger- maniyada chiqariladigan kaliy tuzlari- ning 1/3 qismini beradi. Qora metal- lurgiya va metall buyumlar quyish sano- ati rivojlangan. Yirik kimyo sanoati korxonalari (Frankfurtmayn, Xyoxst, Visbaden sh.larida) bor. Umumiy ma- shinasozlik, ayniksa, stanoksozlik, AV- tomobilsozlik, elektrotexnika sanoati rivojlangan. Ko’nchilik va rezina, anik, mexanika va optika buyumlari, oyna sa- noati va zargarlik korxonalari bor. G. hududida t.y. va avtomobil yo’llari zich joylashgan. Reyn va Mayn daryola- rida kema qatnaydi. Asosiy transport tuguni — Frankfurtmayn. Turizm G. iqtisodiyotida salmokli o’rin olgan.