GETERAKIDOZ

GETERAKIDOZ —parrandalarda Heterakidae oilasiga mansub nemato- dalar qo’zgatadigan surunkali inva- Zion kasallik. Tovuqlar G. (Heterakis gallinarum) ko’p uchraydi. Nematodalar, asosan, parrandalarning ko’richagida parazitlik qilib tuxum qo’yadi, tuxumi tashqi muhitga tezak b-n chiqarib tashla- nadi. Parrandalar esa invazion davriga etgan nematoda lichinkalarini suv yoki ozuqa b-n yutib kasallanadi. Nemato- dalar parranda organizmida 10-12 oy parazitlik qiladi. G. b-n kasallangan tovuqning hazm faoliyati buziladi, ichi ketadi, oriqlaydi, tuxum qilishi ka- mayadi. Jo’jalar o’smaydi, hatto, o’ladi. Tashhis najasni tekshirish, ko’richakda gelmintlarni topish orqali qo’yiladi. Davosi: parrandalarga fenotiazin, Fe- notiazinga qo’shib nilverm beriladi. Oldini olish : jo’jalar tovuqlardan AJ- ratib boqiladi, tovuqxonalar tez-tez to- zalanadi, degelmintizasiya o’tkaziladi.