Geteromorfoz

Geteromorfoz (Yun. Heteros — boshqa, bo’lak va morphe — shakl) — hayvonlarda olib tashlangan organning regenerasiya yo’li b-n unga o’xshamaydigan boshqa biriga almashinishi. Mas, o’n oyoqpi qisqichbaqasimonlarda yo’qotilgan poyachali murakkab ko’zlarining o’rniga mo’ylovlar o’sib chiqishi yoki boshi qirqib tashlangan yomg’ir chuvalchangi boshining o’rniga dum qismining o’sib chiqishi va h.k. G. bir hujayrali sodda hayvonlardan boshlab xordalilargacha bo’lgan ko’pchilik hayvonlar uchun xos, lekin ko’proq tuban organizmlarda uchraydi.