Geraniol
Geraniol, S,0N18O — organic birikma, rangsiz yoki och-sariq rangli atir-gul hidli suyuqdik. Mol.m. 154,26. Suyuqlanish t-rasi — 15°, qaynash t-rasi 229-230°, zichligi 889 kg/m3. Suvda yomon eriydi, etanolda va propilenglikolda yaxshi eriydi. Geraniy, atirgul, tsitro- Nella va b. efir moylari tartibida a – va r\-shakllari aralashmasi holida bo’ladi; murakkab efir ko’rinishida yovvoyi sabzi mevasidan olinadigan efir moy i da ham mavjud. Olinish usullari: efir moyla- ridan ajratib olish: tsitralni selektiv gidridlash; linaloolani vanadiy kata- lizatorlari ishtirokida izomerlash; mirsenni gidroxlorlash; xloridlarni CHjCOONa b-n birga qizdirish va hosil bo’lgan atsetatlarni gidrolizlash; izo- pren b-n xlorid kislotani SnCl, ishti- rokida telomerizasiyalash va olingan xloridlarni gidrolizlash. G.ning TSI- sizomeri (nerol) ham a – va R-shakllari aralashmasi holida mavjud bo’lib, g.ga nisbatan xushbo’yroq (atirgul hidli) rangsiz suyuqlik. Qaynash t-rasi 229- 230°, zichligi 876 kg/m3. Suvda erimaydi, etanolda yaxshi eriydi. Nerol, atirgul va b. efir moylaridan ajratib olinadi. G. va nerol murakkab efirlar, xushbo’y moddalar olishda, xushbo’y hidli atir- upa, sovun va yuvish vositalari i.ch. da qo’llaniladi.