Gerasimova Svetlana Ivanovna

Gerasimova Svetlana Ivanovna (1951.2.2, Toshkent) — O’zbekistan Re- spublikasi xalq o’qituvchisi (2000). Tosh- kent ped. in-tini tugatgan (1974). 1974 y.dan Toshkent sh.dagi 187-, 64-, 50makta- blarda rus tili va adabiyoti o’qituvchisi, 50maktab direktori o’rinbosari, 1987 y.dan direktori. G. gimnaziya uchun tay- yorlangan alohida o’quv metodik reja- lari va boshlang’ich sinflar uchun tay- yorlangan kun tartibi qo’llanmalari muallifidir. Fizika, mat., kimyo, biol. yo’nalishidagi maxsus rejalar ham uning bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan. G. maktab moddiy texnika ba- zasini mustahkamlashda faol harakat qildi; maktabni pedagogik kadrlar b-n ta’minlash ishini yaxshi yo’lga qo’yish maqsdida ped. o’quv yurtlari b-n uzviy aloqa o’rnatgan.