“Geliotexnika”

“Geliotexnika” – O’zbekistan Faning xalqaro ilmiy texnika jur- nali. 1965 y.dan nashr qilina boshla- gan. Ikki oyda bir marta rus tilida chiqariladi. “G.””Allerton Press” Inc firmasi (AQSh) tomonidan ingliz ti- liga o’girilib nashr qilinadi va bu- tun dunyoga tarqatiladi. Jurnal quyosh radiasiyasi va uning kontsentrasiyasi (to’planishi)ga doir tadqiqotlar, kuchli nur oqimlarining moddalarga ta’siri, quyosh energiyasini boshqa tur energiyaga aylantirish, undan texnikada, tibbiyot- da, q. x.da, turmushda, kommunal, jamo- at va turar joy binolarini isitish va issiq suv b-n ta’minlashda foydalanish, ekologik jihatdan toza energiya (quyosh, shamol energiyasi, geotermal energiya) manbalarining hoz. sharoit va kelgusi- dagi ahamiyati haqidagi maqolalarni chop etadi. “G.”geliotexnika hamda unga aloqador fan va texnika sohalarining yutuqlari, rivojlanish istiqbollari to’grisidagi, geliotexnika bo’yicha as- boblar, mashinalar va qurilmalarning yangi konstruktsiyalari haqidagi xabar- larni yoritadi. Jurnal sahifalarida MDH davlatlari, AQSh, Frantsiya, bel- giya, Germaniya, Turkiya, Pokiston, is- roil, Misr, Hindiston, Efiopiya va b. davlatlar olimlarining maqolalari ham berib boriladi. “G.”bosh muharrirlari: U. O. Oripov (1965-76), S. A. Azimov (1977-88), M. S. Saidov (1989 y.dan). Adadi 156 dona (1998).