Gempshir qo’y zoti

Gempshir qo’y zoti — yarim mayin junli qo’y zoti. 19-a.ning 1-yar- mida Buyuk Britaniyadagi Xempshir (Gempshir), Uiltshir va b. grafliklarda mahalliy dag’al junli va duragay qora boshli qo’ylarni sautdaun zotlari b-n cha- tishtirib chiqarilgan. Qo’chqorlarining gavdasi yirik, shoxi yo’q, og’irligi 100-110 kg, sovliqlarini-ki 65-70 kg. Jun tolasi uz. 8-10 sm (asosan trikotaj mahsulotlari tayyorlanadi, qo’zilarining juni juda qadrlanadi). Qo’chqorlari 5-6, sovliqlari 3-4 kg jun beradi. Har 100 qo’ydan 120-140 qo’zi olinadi. Qo’ylari tez etiladi. Gusht etishtirish uchun 9-11 haftalik qo’zilari so’yiladi (15-16 kg). Bu zot Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh va b. mamlakatlarda boqiladi. MDHda ayrim qo’y zotlarini chiqarishda g. q. z.dan foy- dalanilgan.