Getto

Getto — ilk o’rta asrlarda G’arbiy va Markaziy Evropa mamlakatlari- da yahudiylar yashashi uchun ajratilgan shahar qismi. G. istilohi ital. ghetta — zambarak zavodi so’zidan olingan bo’lib, Venesiyadagi ushbu zavod yonida 1516 y. yahudiylar mahallasi (kvartali) ta’sis etilgan, 2-jahon urushi davrida na- tsistlar tomonidan Sharqiy Evropaning bir qancha shaharlarida g.lar tashkil qilinib, yahudiylarni “qirish lageri”ga aylantirildi. Bu atama ba’zan huquqi poymol etilgan mayda Millatlar joy- lashgan shahar tumaniga nisbatan ham ishlatiladi.