Gipertonik eritmalar

Gipertonik eritmalar – OS- motik bosimi odam, hayvon va o’simlik hujayralari ichidagi suyuqlikning OS- motik bosimidan yuqori eritmalar. G. e. mikrobga qarshi ta’sir etganda to’qimalar, jumladan, ayrim hujayralar (mikroblar) suvini yo’qotib, buj- mayib qoladi (q. Plazmoliz) va ular- ning hayot faoliyati keskin pasayadi. G. e. gipotonik eritmalar va izotonik eritmalar b-n birga tirik to’qima va hujayralardagi osmotik bosimni o’lchash uchun qo’llaniladi. Go’sht, baliq va sabza- vot mahsulotlari tuzlanganda osh tuzi G. e.i konservalovchi ta’sir ko’rsatadi. Yallig’lanish jarayonlarini tuzatishda ham g.e.dan foydalaniladi.