GIMENOLEPIDLAR

GIMENOLEPIDLAR (Nute nolipididae) — tasmasimon chuvalchanglar sinfining oilasi. Ba’zi parrandalar va sut emizuvchilarda parazitlik qiladi. Odamda Hymenolepis Papa va N. diminuta uchraydi. G.ning voyaga etgan tanasi, ya’ni strobilasining uz. 2-3 sm dan 4-5 sm gacha, katta bo’g’imining kengligi 0,5—1 mm, boshi (skoleksi)ning diametric 0,25—0,3 mm. Skoleksida to’rtta so’rg’ich va harakatchan xartumcha bo’ladi. Xartum- cha ichida 20 ta ilgagi bor. G.ning tuxu- mi ellips, ba’zan sharsimon shaklda, 0,068 mm gacha bo’ladi. Odamda parazit- lik qiladigan turlari ingichka ichakda oraliq xo’jayinsiz rivojlanadi. Tu- xumdan 6 ilgakli onkosfera lichinka- si chiqadi. Lichinka ichak vorsinkasiga kirib, 5-8 kunda so’rg’ichli va ilgakli ikkinchi lichinkalik davri — tsistiser- koidga aylanadi. Tsistiserkoid ichak vorsinkalaridan ichak bo’shlig’iga chiqib voyaga etadi. Parrandalarda parazitlik qiladigan g.ning oraliqxo’jayinlari halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar va hasharotlar hisoblanadi.