Gidrologik yil
Gidrologik yil – Daryo havzasida namlikning to’planishi va sarflanishi tsiklini to’la qamrab ola- digan vaqt. Bu vaqt oralig’i daryolar havzasida qorning yog’ishi, to’planishi, eriy boshlashi va undan suv oqimi hosil bo’lishi davrini o’z ichiga oladi. Joy- ning geografik o’rni, iqlim sharoiti, relefiga bog’liq holda g. y.ning boshla- nishi va tugashi turli geografik kengli- Klarda turlicha vaqtlarga to’g’ri keladi. Shim. kengliklarda g. y.ning boshlani- shi sifatida shim.dan Jan.ga tomon mos ravishda 1 sent.dan 1 yanv. gacha oralik- dagi biror muddat qabul qilinadi (g. y. boshi tegishli oyning birinchi kunidan boshlanadi). G. y. boshini o’rtacha oylik havo t-rasi va atmosfera yog’inlarining yil davomida taqsimlanishiga qarab ham aniqlasa bo’ladi. O’rta Osiyo daryola- ri uchun g. y. boshi sifatida 1 okt. Qabul qilingan, tabiiyki, g. y. oxiri 30 sent.ga to’g’ri keladi. Gidrologik tadqiqotlarda kalendar yil o’rniga g. y.dan foydala- nish ancha qulay.