Gidroponika

Gidroponika (gidro… va Yun. ponos —mehnat, ishlash) —o’simlikni tuproqsiz, sun’iy muhitda o’stirish. G.ning bir necha usuli bor. O’simlikni mayda shag’al yoki qumda o’stirish usuli ko’proq qo’llaniladi. Shag’al yoki qum so- lish uchun chuq. 25-30 sm, eni 80 sm va uz. 240 sm li yassi oxur tayyorlanadi, ichiga oziq moddalar aralashtirilgan suv ke- lib turishi uchun teshikli quvurchalar o’rnatiladi. Quvurchalarning teshiklari berkilib qolmasligi uchun usti sim to’r b-n qoplanadi. Oxur shagal yoki toza qum b-n to’ldiriladi. Urug’kumga ekiladi. Keyin yilning fasliga, o’simlikning yoshi va xiliga, eritmaning xususiyatiga qarab kuniga 1-5 marta oziq aralashma- si beriladi. Aralashmani berish 30-50 daqiqa davom etadi. Aralashma kontsen- trasiyasi vaqt-vaqti b-n tekshirilib, Yan- gilab turiladi. Shag’al va qum bir necha yilgacha almashtirilmaydi. G. usulida, asosan, sabzavot, gul, rezavor meva, chor- va mollari va parrandalar uchun servi- tamin ko’katlar o’stiriladi. Bu yo’l b-n yiliga 4-5 marta hosil olish mumkin. Oziq aralashmasida o’simlik uchun za- rur hamma moddalar (azot, fosfor, ka- liy, kaltsiy, magniy, oltingugurt, te- Mir, marganes, bor, mis, rux, molibden, kobalt va b.) bo’lishi shart. Ularning nisbati yilning fasliga, o’simlik xili va yoshiga qarab o’zgartirib turiladi. Rixsivoy Jo’raev.