Gidrosamolyot

Gidrosamolyot (gidro… va sa- molyot) —suvdan ko’tarilishga, suvga qo’nishga va suvda suzishga moslangan sa- molyot. Samolyot shassisiga g’ildiraklar o’rniga qalqovuchlar o’rnatiladi yoki kor- pusi to’g’ridan-to’g’ri suvga qo’nishga mos- lashadi. Qalqovuchlar yog’och yoki metald- tsan ichi bo’sh qilib yasaladi. Barcha katta G.lar “uchuvchi qayiq” shaklida metalldan ishlab chiqariladi. Ba’zi G.larda ham g’ildirak, ham qalqovuch bo’ladi (“samo- lyot-amfibiya”). G.dan baliq to’dalarini qidirish, dengizda halokatga uchra- gan odamlarni qutqarish, o’rmondagi yong’inni o’chirish va b. maqsadlarda foy- dalaniladi.