GIDROSTAT

GIDROSTAT (gidro… va Yun. Statos — qo’zg’almas) —suv ostida tadqiqotlar olib borish va suv osti ishlarini baja- rish uchun mo’ljallangan apparat. G. alyu- miniymagniy qotishmalari, shisha-PLA- stika va b. materiallardan shar yoki TSI- lindr shaklida yasaladigan kamera. Suv ostini kuzatish qurilmalari, havoni re- generasiyalash tizimi, yoritqichlar, i. t. asboblari, kino-fotoapparatlar, elektr uzatishli liniyalari, kabel aloqalari b-n jihozlanadi. U sim arqon (tros) b-n kemadan suv ostiga tushiriladi. Kamera ichida 1-3 operator ishlaydi. G.ni 300 m gacha suv ostiga tushirish mumkin (yana q. Batiskaf).