Gipergen minerallar

Gipergen minerallar – gi- Per genez zonasida, ya’ni er po’stining eng yuqori qismida past t-ra va bosim- da hosil bo’lgan minerallar. Eng ko’p tarqalgan g. m.ga silikat jinslarining nurashidan xrsil bo’lgan gilli mine- rallar kiradi. Gidroksidlar, kislorod kislotasi tuzlari (sulfatlar, karbo- natlar, nitratlar va b.) ko’p uchraydi. G. m.ga gidratasiya (kristall panjarasiga molekulyar suv yoki gidroksidning kiri- shi), elementlarning yuqori darajada oksidlanish (temir, marganes, oltingu- gurt va b.) xususiyatlari xos. G. m. hosil bo’lishida kislorod, suv, karbonat, sul- Fat, xlorid va fosfat kislotalarining ionlari asosiy rol uynaydi. Bundan tashkari iqlim, relef, minerallarning fizik, kimyoviy xususiyatlari hamda o’simlik va hayvonlarning faoliyati ham ahamiyatli. G. m. cho’kindi konlarni va qad nurash po’stining foydali qazilmalari (boksit, gil, ohaktosh, kumir, tuz hamda temir va marganes rudalari)ni izlashda muhim ahamiyatga ega.