Gipergen konlar, sedimentogen konlar, ekzogen konlar
Gipergen konlar, sedimentogen konlar, ekzogen konlar — er yuza- sida qad. va hoz. geokimyoviy jarayonlar b-n bog’liq holda hosil bo’lgan foydali qazilma uyumlari. G. k. endogen sharo- ITIda hosil bo’lgan mineral xom ashyo- larning mexanik va biokimyoviy qayta o’zgarishi va differentsiasiyasidan tar- kib topadi. G. k. nurash, sochma va cho’kindi konlarga bo’linadi. Okean va dengiz tubi yotqiziqlarida cho’kindi (ko’mir, yonuvchi slaneslar, neft, yonuvchi gaz va b.), yon bag’irlar, Daryo va dengiz sohillarining bo’sh yotqiziqlarida sochma (oltin, plati- na, titan, volfram va b.), materik yuza- sida nurash (nikel, temir va b.) konlari hosil bo’ladi. G. k.ga neft va gaz, kumir, ko’pchilik rudali va noruda konlari kira- Di. G. k.ning sanoat ahamiyati katta.