Giperglikemiya

Giperglikemiya (giper… va Yun. glykys — shirin, haima — qon) — qonda qandning normadan ko’p bo’lishi, ya’ni 120 mg % yoki 6 mmol/l dan (Si sistema- si bo’yicha) oshib ketishi. Vaqtinchalik G. sog’lom kishilarda ko’p shirinlik yoki uglevodga boy ovqatlar iste’mol qilinganda, zo’r berib jismoniy ish qilganda, qattiq og’riq tutganda, ruhiy kechinmalarda kuzatiladi. G. qandli dia- bet kasalligining asosiy belgisi bo’lib, endokrin bezlar, xususan me’da osti bezi faoliyatining buzilishi oqibatida kelib chiqqan kasalliklarda, shuningdek, ba’zi jigar kasalliklari (virusli Gepa- tit, tsirroz) ham ro’y berishi mumkin.