Gidravlik Taran

Gidravlik Taran – gidravlik zarba ta’sirida bosim hosil bo’ladigan suv ko’tarish qurilmasi. Ya, balandlikda- gi manba 1 dan quvur 2 bo’ylab tushayotgan suv zarba klapani 4 orqali tashqariga chiqadi. Tushayotgan suv chiqayotganida ko’p bo’lgani uchun quvur 2 da bosim oshib, zar- ba klapani yopiladi, natijada quvurda gidravlik zarb hosil bo’ladi. Zarb kuchi ta’sirida bosim klapani 5 ochilib, suv bosim qalpog’i 6 ga ko’tariladi. Bunda zarb kuchi kamaygach, klapan 4 yana ochi- lib, haydash klapani yopiladi. Bu jara- yon har 0,5—2 sek.da takrorlanib,bosim qalpog’idan havo siqila boradi (dinamik bosim oshadi) va suvni quvur 7 orqali N2 balandlikdagi idish 8 ga haydaydi. Ven- tillar 3 yopilganda g. t. ishdan to’xtaydi. Suvning ko’tarilish balandligini 50 m dan oshirish mumkin. G. t.ni suv zaxirasi iste’mol qilinadigan miqdordan ancha ortiq bo’ladigan va qurilmani manba 1 sathidan past joylashtirish imkoniya- ti bor bo’lgan joylarda ishlatish mum- kin. G. t. q. x., kichik qurilishlarni suv b-n ta’minlash va b.da keng tarqalgan. G. t.ning ish unumi past, ammo uning xara- jati uskunaning soddaligi, tuzilishi va juda oddiy ishlashi hisobiga qoplanib ketadi.