? BAYRAMLAR:
☪️ Islom olamida Baroat kechasi.
? Lotereya tug‘ilgan kun.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Tailand – Sanʼat sohasidagi insonlar kuni.
?? Filippin – Zamboanga Sibugay kuni.
?? Meksika – Bayroq kuni.
?? Shvetsiya – Shvetsiya Finlari kuni.
?? Hindiston – Markaziy aktsiz kuni.
?? Estoniya – Mustaqillik kuni.
?? Ruminiya, ?? Moldova – Dragobete.
?? Eron – Muhandislar kuni.
? VOQEALAR:
- 1466 – Bryuggeda (Belgiya) birinchi lotereya o‘yini o‘tkazildi.
- 1498 – Tarixchi olim Mirxond vafot etdi.
- 1525 – Paviyadagi jang
- 1582 – Papa Gregori XIII Grigorian taqvimiga o’tish to’g’risida qaror chiqardi.
- 1821 – Meksikaning bo’lajak imperatori Agustin de Iturbide Iguala rejasini e’lon qildi.
- 1881 – Rossiya va Xitoy Peterburg shartnomasini imzolashdi.
- 1902 – Buyuk Britaniyada doktor Lanchester diskli tormoz proyektini patentladi.
- 1918 – «Estoniya mustaqillik deklaratsiyasi» e’lon qilindi.
- 1938 – dunyoda birinchi sun’iy sintetik tolali tish cho’tkasi ishlab chiqildi.
- 1942 – Qora dengizda Struma kemasi cho’kib ketdi.
- 1942 – “Amerika Ovozi” radiostansiyasining birinchi eshittirishi uzatildi.
- 1955 – Turkiya va Iroq Bag‘dod paktini imzolashdi.
- 1994 – O‘zbekiston Respublikasi xalqaro pochta ittifoqiga a’zo bo‘ldi (1994).
- 1994 – Norvegiyaning Lillixammer shahrida bo’lgan 17 qishki Olimpiadada hamyurtimiz Lina Cheryazova fristayl bo’yicha Olimpiada chempioni bo’ldi.
- 2006 – Toshkent shahrida M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti filialii tashkil topdi.
- 2008 – Fidel Castro Kuba davlat rahbari lavozimidan iste’foga ketdi.
- 2016 – Tara Air kompaniyasining Viking Air DHC-6 Twin Otter 400 samolyoti Nepalda qulab tushdi va 23 kishi halok bo’ldi.
- 2022 – Vladimir Putin boshqaruvidagi Rossiya Ukrainaga bostirib kirishni boshladi.
? TAVALLUDLAR:
- 1304 – Ibn Battuta, Shamsiddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh al-Lavatiy attanjiy (1369) — mashhur arab sayyohi va geografi, tarixchi.
- 1500 – Karl V (1558) – “Muqaddas Rim imperiyasi” imperatori (1519—56), Ispaniya qiroli (Karlos I) (1516—56), Niderlandiya shahzodasi (1516-55), Sitsiliya qiroli (Karl IV) (1516—56), Gabsburglar sulolasidan.
- 1744 – Fyodor Ushakov – rus dengiz qo’mondoni, admiral.
- 1786 – Vilgelm Grimm (1859) – aka – uka Grimmlardan biri, nemis filologi.
- 1886 – Pyotr Lebedev (1912) – rus fizigi, fiziklarning birinchi rus ilmiy maktabini yaratgan.
- 1873 – Karuzo Enriko (1921) – italyan xonandasi (tenor), belkanto sanʼatining yirik namoyandasi, jahon opera ijrochiligining atoqli vakillaridan.
- 1881 – Rizamat Musamuhamedov (1979) – sohibkor bogʻbon, uzumchilik amaliyoti novatori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan agronom (1971).
- 1898 – Anatoliy Avtonomov (1968) – seleksiyachi olim, O‘zbekistoda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1944).
- 1932 – Mishel Legrand (2009) – fransuz bastakori, pianinochi, dirijyor, qo’shiqchi.
- 1932 – Mayya Kristalinskaya (1985) – sovet pop qo’shiqchisi, RSFSRda xizmat ko’rsatgan artist.
- 1947 – Yelena Solovey – sovet va rus teatr va kino aktrisasi, RSFSR xalq artisti.
- 1955 – Stiven Pol Jobs (2011) – amerikalik muhandis va tadbirkor, Apple Inc. korporatsiyasi asoschisi va direktori boʻlgan.
- 1960 – Ishoq Toʻrayev – aktyor, rejissyor, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1998).
- 1976 – Jan Koum – kelib chiqishi Isroillik tadbirkor, dasturchi, dunyoga mashhur WhatsAppmessenjerini ishlab chiqqan.
- 1977 – Flod Meyvezer – mag‘lubiyatga uchramagan amerikalik professional bokschi.