? BAYRAMLAR:
? Xalqaro xotin-qizlar kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Albaniya ?? Laos – Onalar kuni.
?? Suriya — Inqilob kuni.
?? Filippin – Davao de Oro provonsiyasiga asos solingan kun.
? VOQEALAR:
- 1169 – Andrey Bogolyubskiy uch kunlik hujumdan so’ng Kiyevni egallab oldi va uni talon-taroj qildi.
- 1618 – Nemis astronomi Iogann Kepler oʻzining sayyoralar harakatining uchinchi qonunini kashf qildi.
- 1658 – Daniya va Shvetsiya o‘rtasida Roksill shartnomasi imzolandi.
- 1702 – Anna Styuart Angliya, Shotlandiya va Irlandiya qirolichasi bo‘ldi.
- 1722 – Pyotr I ning farmoniga binoan Peterburgda ob-havoni muntazam ravishda kuzatish ishi yoʻlga qoʻyildi.
- 1736 – Nodirshoh Eron shohi bo‘ldi.
-1759 – Parij parlamenti Deni Didroning „Ensiklopediya“sini qoralab chiqdi. - 1802 – Nemis havaskor astronomi Genrix Olbers dastlabki mitti sayyora – Sererani kashf qildi.
- 1809 – Ivan Krilovning „Masallar“ nomli birinchi kitobi dunyo yuzini koʻrdi.
- 1862 – Nyu-Yorkda soʻnggi amerikalik qaroqchi – Nataniel Gordonni dorga osishdi.
- 1873 – Kanadaning shimoli-sharqiy hududlarida spirtli ichimliklar savdosi taʼqiqlab qoʻyildi.
- 1887 – Everett Xorton teleskopik qarmogʻi uchun patent oldi.
- 1900 – „Sanʼat dunyosi“ uyushmasi tuzildi, unga A. N. Benua, K. A. Somov, M. V. Dobujinskiy, N. K. Rerix, Ye. Ye. Lansere v. b. aʼzo boʻlishdi.
- 1910 – Kopengagenda Sotsialistik Internatsional 8-martni Xalqaro xotin-qizlar kuni deb e’lon qildi.
- 1910 – Fransiyada Eliza Derosh uchuvchi guvohnamasiga ega bo‘ldi va dunyoda birinchi uchuvchi ayolga aylandi.
- 1927 – O‘zbekiston SSRda “Hujum” kampaniyasi boshlandi. 100 000 dan ortiq xotin-qiz paranjisini gulxanga tashlashdi.
- 1944 – Bolqorlar deportatsiyasi boshlandi.
- 1950 – SSSR atom bombasiga ega ekanligini e’lon qildi.
- 1963 – Xitoy 1858-yilda Rossiya bilan tuzilgan Aygun shartnomasini bekor qildi va SSSRdan yerlarni qaytarib berishni talab qildi.
- 1965 – Janubiy Vyetnamga AQShning dastlabki quruqlik qo‘shinlari kiritildi.
- 1965 – Xalqaro xotin-qizlar kuni bo‘lgan 8-mart dam olish kuniga aylandi.
- 1973 – Shimoliy Irlandiyada referendumda ishtirok etganlarning 59%i Buyuk Britaniya tarkibida qolish uchun ovoz berishdi.
- 2014 – Malayziyaning Boeing 777-200ER samolyoti izsiz yo‘qoldi.
? TAVALLUDLAR:
- 1864 – Apte Xari Narayan (1919) – hind yozuvchisi, ma’rifatparvar.
- 1866 – Lebedev Petr (1912) – Rus fizigi, fiziklarning birinchi rus ilmiy maktabini yaratgan.
- 1879 – Gann Otto (1968) – Nemis fizigi va radiokimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1945).
- 1886 – Kendall Edvard Kalvin (1972) – Amerkalik biyokimyogar, Nobel mukofati sohibi (1950).
- 1894 – Aaltonen Vyaynyo Valdemar (1966) – fin haykaltaroshi.
- 1910 – Claire Trevor (2000) – amerikalik kinoaktrisai.
- 1911 – Ahmedov Bardiyor – xuquqshunos, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1975).
- 1914 – Hamidova Manzura (1998) – O’zbekiston xalq artisti (1969).
- 1914 – Yakov Zeldovich (1987) – rus nazariyotchi-fizigi, akademik (1958).1939-yilda uranning bo’linishidagi zanjir reaksiyasini birinchi bo’lib hisoblab chiqdi (Yu. B. Xariton bilan hamkorlikda).
- 1920 – Burnasheva Qamara (2000) – O’zbekiston xalq artisti (1960).
- 1923 – Yo’ldosheva Muhabbat – O’zbekiston xalq artisti (1969).
- 1928 – Mirkarimova Qunduz – raqqosa, baletmeyster va pedagog, O’zbekiston xalq artisti (1966).
- 1930 – Mazohidova Rahima – xonanda va aktrisa, O’zbekiston xalq artisti (1976).
- 1957 – Sintiya Rotrok – amerikalik kinoaktrisa, jangavor san’at ustasi.
- 1975 – Sulton Ibragimov – rossiyalik professional bokschi, sobiq jahon chempioni.
- 1990 – Petra Kvitova – chex tennischisi, ikki karra Uimldon turniri g‘olibasi (2011 va 2014).
- 1994 – Raʼnoxon Omonova – oʻzbek suzuvchisi, Oʻzbekistonning koʻp karra chempioni, Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, Xalqaro sport ustasi.
- 2000 – Daniel Magnusson – shved kyorlingchisi, ikki karra jahon chempioni, Olimpiya chempioni.