28 mart kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Pianino kuni.
? Milliy begona o’tlarni qadrlash kuni.
? Kir yuvish mashinasining tug‘ilgan kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Chexiya, ?? Slovakiya – O‘qituvchilar kuni.
?? Ozarbayjon – Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari kuni.

? VOQEALAR:

  • 193 – gvardiyachilar Rim imperatorining taxtini senator Didiy Yulianga kimoshdi savdosida sotishdi (66 kundan keyin u qatl qilindi).
  • 364 – Rim imperiyasi G‘arbiy va Sharqiy qismlarga bo‘lindi.
  • 1461 – Qizil va Oq atirgullar urushidagi Ferribrij jangi.
  • 1462 – Ivan III Moskva Buyuk Knyazligining hukmdori bo’ldi.
  • 1626 – Italiyalik Pietro della Vallening Hindistonga ekspeditsiyasi tugadi.
  • 1776 – Moskvada Bolshoy teatrga asos solindi.
  • 1795 – Peter Biron taxtdan voz kechdi.
  • 1801- Neapol qirolligi Elba orolini Fransiyaga berdi.
  • 1842 – Vena filarmoniya orkestrining birinchi konserti.
  • 1845 – Texasning AQSh tomonidan anneksiya qilinishi munosabati bilan Meksika Vashington bilan diplomatik munosabatlarni uzdi.
  • 1854 – Qrim urushi: Fransiya Rossiya imperiyasiga urush e’lon qildi.
  • 1849 – Frankfurt milliy yig‘ini Germaniya imperiyasini tuzishni ko‘zda tutga imperiya konstitutsiyasini qabul qildi.
  • 1857 – Sankt Peterburgda birinchi ayollar gimnaziyasi ochildi.
  • 1891 – Londonda og‘ir atletika bo‘yicha birinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
  • 1910 – Marselda jahonda birinchi gidroplan havoga ko‘tarildi.
    -1930 – Konstantinopol rasman Istanbul deb nomlandi.
  • 1935 – Kanadada yakshanba kuni radioreklama taqiqlandi.
  • 1939 – General Franko qo‘shinlari Madridni egallashdi.
  • 1961 – “Er Afrik” aviakompaniyasi tashkil topdi.
  • 1993 – M81 galaktikasida SN 1993J yangi yulduzining portlashi.
  • 2004 – Toshkent shahri, Buxoro va Toshkent viloyatlarida terrorchilik harakatlari sodir etilgan. Terakt 1 aprelgacha davom etgan.

? TAVALLUDLAR:

  • 1592 – Yan Amos Komenskiy (1670) – chex insonparvar pedagogi.
  • 1750 – Fransisko Miranda (1816) – Janubiy Amerikadagi mustaqillik uchun kurash rahbari.
  • 1868 – Maksim Gorkiy (1936) – rus sovet yozuvchisi.
  • 1892 – Xeymans Korney (1968) – belgiyalik fiziolog va farmakolog, Nobel mukofoti sohibi (1938).
  • 1922 – Teodor  Albrext (2010) – Germaniyalik milliarder, akasi Karl Albrext bilan birga “Aldi” supermarketlar tarmogʻiga asos solgan.
  • 1928 – Aleksandr Grotendik (2014) – fransiyalik matematik.
  • 1936 – Amansio Ortega Gaona – tadbirkor, milliarder, Zara, Massimo Dutti, Bershka, Oysho, Pull & Bear, Uterque, Stradivarius kabi brendlarni oʻz ichiga olgan “Inditex” yirik korporatsiyasi rahbari.
  • 1940 – Baxtiyor Ixtiyorov (2021) – oʻzbek sovet aktyori, rejissor, Oʻzbekiston xalq artisti (1989).
  • 1945 – Shayx Muhammad Husayn Ali Al Amaudiy (- kelib chiqishi efiop boʻlgan Saudiyalik milliarder, uning boyligi 12.3 milliard dollardan ziyod.
  • 1945 – Rodrigo Duterte – Filippin Respublikasining 16-chi Prezidenti (2016-yildan).
  • 1946 – Dayan Uist – amerikalik kinoaktrisa.
  • 1981 – Abdullo Tangriyev – oʻzbekistonlik dzyudochi. 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining +100 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan.
  • 1981- Elvira Xasyanova – rossiyalik sinxron suzuvchi, uch karra Olimpiya chempioni, ko’p karra jahon va Yevropa chempioni.
  • 1984 – Ilhom Shomurodov – oʻzbek futbolchisi, hujumchi.
  • 1986 – Ledi Gaga – amerikalik xonanda, aktrisa va kiyimlar dizayneri.
  • 1990 – Yekaterina Bobrova – rossiyalik figurali uchuvchi (muz ustida raqs), jahon chempioni (2013) va Olimpiya o’yinlari (2014).
  • 1992 – Pak Sin Xi – janubiy koreyalik short-trekchi, ikki karra Olimpiya chempioni, ko’p karra jahon chempioni.
  • 1996 – Benjamin Pavar – fransuz futbolchisi, jahon chempioni (2018), UEFA Chempionlar ligasi g‘olibi (2019/20).
  • 2004 – Anna Shcherbakova – rossiyalik figurali uchuvchi, Olimpiya chempioni (2022) va jahon chempioni (2021).
  • 2007 – Luke Roessler – kanadalik aktyor.