3 aprel kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Butunjahon bazmlar kuni.
? Butunjahon suv hayvonlari kuni.
? Mobil telefon tug‘ilgan kun.
? Kofe maydalagich (kofemolka) tug‘ilgan kun 

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Filippin – Albay kuni.
?? Gvineya – Ikkinchi Respublika kuni.

? VOQEALAR:

  • 1512 – Kolumbning 4-ekspeditsiyasi boshlandi.
  • 1559 – 1494-1559-yillardagi Italiya urushlarini yakunlagan Kato-Kambresia shartnomasi imzolandi.
  • 1829 – Angliyalik Jeyms Karrington kofe maydalovchi mashinaga patent oldi.
  • 1837 – Qo‘shma Shtatlar Texas respublikasining mustaqilligini tan oldi.
  • 1845 – Florida AQShning 27-shtatiga aylandi.
  • 1860 – AQShda doimiy Pony Express qit’alararo pochta xizmati ochildi.
  • 1878 – Rossiya va Turkiya o‘rtasida tinchlik shartnomasi tuzildi.
  • 1879 – Sofiya Bolgariya poytaxti deb e’lon qilindi.
  • 1885 – nemis ixtirochisi Gottlib Daymler o’zining birinchi yarim ot kuchiga ega dvigateliga patent oldi.
  • 1892 – Sande muzqaymoqining tug’ilgan kuni.
  • 1920 – Moskva shahrida Matbuot uyi ochildi.
  • 1922 – Iosif Stalin KPSS MK Bosh Kotibi etib saylandi.
  • 1923 – Dunyoda birinchi haftalik yangiliklar “Time» sotuvga chiqarildi.
  • 1933 – Jomolungma ustidan birinchi bor samolyot uchib o‘tdi.
  • 1933 – Rossiyalik jarroh Yuriy Voronoy dunyoda birinchi marta odamlar uchun buyrak transplantatsiyasini o’tkazdi.
  • 1948 – Marshall rejasi ijro etilishi boshlandi.
  • 1955 – Elvis Presli ilk bor televideniyeda paydo bo‘ldi.
    -1966 – „Luna-10“ stansiyasi jahonda ilk bor Oy Orbitasiga chiqdi.
  • 1967 – “Kavkaz asirasi yoki Shurikning yangi sarguzashtlari” filmining premyerasi.
  • 1973 – Martin Cooper mobil telefondan birinchi qoʻngʻiroqni amalga oshirdi.
  • 1975 – FIDE Robert Fisherni shaxmat boʻyicha jahon chempioni unvonidan mahrum etdi. Karpov chempion deb e’lon qilindi.
  • 1991 – Latviya aholisining 74 foizi referendumda SSSRdan mustaqillik uchun ovoz bergan.
  • 2005 – Abu G’rayb (Iroq) qamoqxonasiga qurolli hujum uyushtirildi.
    -2007 – V150 elektropoyezdi 574,8 km/s tezlikda yurib jahon rekordini oʻrnatdi.
  • 2016 – Panama dosyesining nashr etilishi.
  • 2017 – Sankt-Peterburg metrosida terakt sodir bo’ldi. 16 kishi halok bo’ldi, 87 kishi jarohat oldi.
  • 2022 – Serbiyada umumiy saylovlar.
  • 2022 – Vengriyada parlament saylovlari.

? TAVALLUDLAR:

  • 1367 – Genrix IV (1413) – Angliya qiroli (1399 dan), Lankasterlar sulolasi asoschisi.
  • 1694 – Jorj Edvards (1773) – ingliz tabiatshunosi va ornitologi.
  • 1783 – Vashington Irving (1859) – amerikalik romantik yozuvchi.
  • 1856 – Dmitriy Konovalov (1929) – rus kimyogari.
  • 1907 – Mark Kreyn (1989) – sovet matematigi.
  • 1911 – Mamarasul Boboev (1969) – o’zbek shoiri.
  • 1924 – Marlon Brando (2004) – amerikalik aktyor, rejissyor va siyosiy faol. 
  • 1930 – Gelmut Kol (2017) – GFR kansleri (1982-1990), birlashgan Germaniya kansleri (1990-1998).
  • 1950 – Malika Ahmedova – raqqosa, O‘zbekiston xalq artisti (1984).
  • 1958 – Alek Bolduin – amerikalik aktyor.
  • 1961 – Eddi Merfi – amerikalik aktyor, kinorejissyor, prodyusser, qo‘shiqchi.
  • 1970 – Shuhrat Safin (2009) – oʻzbek shaxmatchisi, xalqaro grossmeyster.
  • 1971 – Anastasiya Zavorotnyuk – rossiyalik kino va teatr aktrisasi, teleboshlovchi.
  • 1971 – Robert da Silva Almeida – braziliyalik futbolchi.
  • 1990 – Doroteya Werer – italiyalik biatlonchi, uch karra jahon chempioni.
  • 1991 – Markus Eyzenbixler – germaniyalik chang’ida sakrashchi, 6 karra jahon chempioni.
  • 1992 – Yuliya Yefumova – rossiyalik suzuvchi, 6 karra jahon, 7 karra Yevropa chempioni.