19 aprel kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? Xalqaro Yaproqlardagi mo‘jiza bayrami kuni.
? Velosiped kuni.
? Boychechaklar kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Rossiya – Qrim, Taman va Kubanning Rossiya imperiyasiga qabul qilingan kuni.
?? Kuba – Playya-Xirondagi g‘alabani nishonlash kuni.
?? AQSh – Ta’lim va ulashish kuni
?? Buyuk Britaniya – Primula kuni.
?? AQSh – Gollandiya-Amerika do’stligi kuni.
?? Rossiya – Poligrafiya sanoati kuni.
?? Braziliya – Armiya kuni.
?? Braziliya – Hindular kuni.
?? Svazilend – Qirolning tugʻilgan kuni.
?? Venesuela – Mustaqillik harakati kunining boshlanishi.
?? Urugvay – O’ttiz uchta vatanparvar kemadan tushgan kun.

? VOQEALAR:

  • 1012 – Grinvichda daniyaliklar Kenterberi arxiyepiskopi Elfiyani qiynoqqa solib o‘ldirishdi, keyinchalik u katolik avliyosi deb e’lon qilingan.
  • 1529 – Shpeyerdagi Reyxstagda nemis katoliklari va protestantlari o’rtasidagi yakuniy bo’linish bo’lib o’tdi.
  • 1563 – Birinchi ruscha “Havoriy” kitobi nashr etila boshladi.
  • 1775 – Leksington va Konkord janglari.
  • 1783 – Qrim va Kubanni Rossiyaga qo’shib olish to’g’risidagi Yekaterina II ning manifesti e’lon qilindi.
  • 1810 – Karakasda xalq g‘alayoni: Venesuellaning Ispaniyadan mustaqilligi uchun urushning boshlanishi.
  • 1839 – London shartnomasi Belgiyaning Gollandiyadan mustaqilligini tan oldi.
  • 1850 – Angliya va Qo’shma Shtatlar Panama kanalini birgalikda qurish to’g’risidagi bitimni imzoladilar (keyinchalik AQSh kanalni o’zi qurishga qaror qildi).
  • 1865 – Aleksandr II ning senzura islohoti: “Matbuot uchun vaqtinchalik qoidalar” qabul qilindi.
  • 1903 – Rossiya imperiyasida yahudiylar quvgʻini.
  • 1933 – AQShda oltin standarti bekor qilindi.
  • 1935 – SSSRda Spartak ko‘ngilli sport jamiyati tashkil etildi.
  • 1943 – “Smersh” kontrrazvedka bosh boshqarmasi tashkil etildi.
  • 1943 – Varshava gettosidagi qoʻzgʻolon.
  • 1947 – “Hind milliy kongressi” partiyasi mamlakatni Hindiston va Pokistonga bo‘lishga rozi bo‘ldi.
  • 1956 – amerikalik aktrisa Grace Kelli  Monako knyazi Rene III bilan turmush qurdi.
  • 1960 – Janubiy Koreyadagi aprel inqilobi davrida Seulda prezident saylovlarini soxtalashtiruvchi ommaviy namoyishlar boshlandi.
  • 1970 – Ilk “VAZ-2101” avtomobili chiqarildi.
  • 1984 – Avstraliyaning milliy madhiyasi rasman tasdiqlandi.
  • 1995 – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi Akademiyasi (Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi) tashkil etildi.
    -1995 – Oklaxomada terroristik xurujlar.
  • 1996 – O’zbekiston Yoshlarning “Kamolat” jamg’armasi ta’sis etildi.
  • 2000 – Markaziy Ruminiyada Yevropaning eng yirik oltin koni topildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1795 – Kristian Gottfrid Erenberg (1876) – nemis biologi, geolog, tabiatshunos, mikropaleontologiyaning asoschisi.
  • 1801 – Gustav Teodor Fexner (1887) – nemis psixologi, psixofiziologiya va psixofizikaning asoschisi.
  • 1911 – Matvey Lyubanskiy (1978) – aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1956). 
  • 1911 – Mirzo Tursunzoda (1977) – tojik shoiri va jamoat arbobi, Tojikiston xalq shoiri (1961). 
  • 1912 – Glenn Seaborg (1999) – amerikalik fizik va kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1951).
  • 1917 – Nuriddin Muhitdinov (2008) – 1955-1957-yillarda O’zbekiston SSR Kompartiyasi rahbari.
  • 1918 – Shuhrat (Alimov Gʻulom) (1993) – Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1986), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1978). 
  • 1932 – Xose Exegaray (1916) – ispan dramaturgi, Nobel mukofoti sohibi (1904).
  • 1949 – Paloma Pikasso – fransuz modelyeri, ishbilarmon ayol, zargarlik buyumlari dizayneri.
  • 1957 – Mukesh Dhirubhai Ambani – hindistonlik yirik tadbirkor, milliarder, Reliance Industries Limited kompaniyasi boshqaruvchisi.
  • 1959 – Bahodir Sodiqov (1980) – o’zbek adabiyotshunos olimi, shoir.
  • 1972 – Rivaldo Vitor Borba Ferreyra – Braziliyaning eng yaxshi professional futbolchilaridan biri.
  • 1978 – Jeyms Edvard Franko – amerikalik aktyor.
  • 1987 – Mariya Sharapova – rossiyalik tennischi, xizmat koʻrsatgan sport ustasi.
  • 1995 – Lia Smit – amerikalik suzuvchi, Olimpiya chempioni, ko’p karra jahon chempioni.