14 aprel kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? Butunjahon Chagas kasalligi kuni.
? Butunjahon kvant kuni.
? Xalqaro darvozabonlar kuni.
? Xalqaro qo‘qqisdan kulgu lahzalari kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Angola – Yoshlar kuni.
?? Peru – Bolalar kuni.
?? Iroq ‐ Anfal genotsidini xotirlash kuni.
?? Gvineya, ?? Mali – N’Ko alifbosi kuni.
?? Gruziya – Ona tili kuni.
?? AQSh, ?? Urugvay, ?? Nikaragua, ??Gonduras, ?? Kosta-Rika – Pan Amerika kuni.
?? AQSh – Milliy delfinlar kuni.
?? Rossiya, ?? Belarus – Havo mudofaasi kuchlari kuni.

? VOQEALAR:

  • 43 (mil. av.) – Gay Vibiy Pansa Setronian boshchiligidagi Sezar tarafdorlari qo‘shini Mark Antoniy qo‘shini ustidan g‘alaba qozondi.
  • 972 – Rimda Germaniya qiroli va Muqaddas Rim imperiyasi imperatori Otton II Vizantiya malikasi Feofano bilan nikohdan o‘tdi.
  • 1205 – Adrianopoldagi jangda shoh Kaloyan boshchiligidagi bolgar qo‘shini Balduin I yetakchiligidagi salibchilar ustidan zafar quchishdi.
  • 1471 –  Angliyada “Qizil va oq atirgullar” urushi paytida qirol Edvard IV qo’mondonligi ostidagi Yorklar va Uorvik grafi Richard qo’mondonligi ostida Lankasterlar xonadoni o‘rtasida Barnet jangi.
  • 1543 – Bartolomeo Ferrelo ekspeditsiyasi San-Fransisko ko‘rfazini kashf etdi.
  • 1611 – Federiko Sezi birinchi bo‘lib «teleskop» so‘zini ishlatdi.
  • 1621 – Nemis knyazlarining “Protestant ligasi” ittifoqi o’z-o’zini tarqatib yuborishini e’lon qildi.
  • 1687 – Angliya qiroli Yakov II katoliklar va protestantlarning huquqlarini tenglashtirdi.
  • 1847 – Mumbaydan Singapurga mahbuslarni olib ketayotgan «Kleopatra» britan kemasi tropik to‘fon tufayli cho‘kib ketdi; 250 dan ziyod kishi halok bo‘ldi.
  • 1849 – venger isyonchilari Vengriyaning Avstriyadan mustaqilligini e’lon qilishdi.
  • 1864 – ispan floti Peru sohili yaqinidagi Chincha orollarini egallab oldi. Ispaniya-Janubiy Amerika urushi boshlandi.
  • 1865 – AQShning 16-prezidenti Avraam Linkolnga suiqasd uyushtirildi; og‘ir yaralangan Linkoln ertasiga vafot etdi.
  • 1871 – Germaniyada parlament – reyxstag tashkil etildi.
  • 1879 -Rossiya imperatori Aleksandr II ga suiqasd uyushtirildi. Aleksandr II omon qoldi.
  • 1894 – Edison kinoproyektorining birinchi namoyishi.
  • 1900 – Parijda Yevropadagi eng yirik xalqaro ko‘rgazma ochildi.
  • 1909 – ingliz-fors neft kompaniyasi («British Petroleum»)ga asos solindi.
  • 1912 – «Titanik» kemasi Atlantika okeanida aysberg bilan to‘qnashib ketdi.
  • 1927 – Shvetsiyaning Gyoteborg shahrida birinchi «Volvo» konveyerdan chiqdi.
  • 1929 – Monte-Karloda avtopoyga bo‘yicha Monako birinchi gran-prisi o‘tkazildi.
  • 1931 – Ispaniyada 2-Respublika tashkil topdi.
  • 1945 – besh yuzdan ziyod britan samolyoti bomba yog‘dirishi tufayli Potsdam (Germaniya) shahrining tarixiy markazidan asar ham qolmadi.
  • 1956 –  Birinchi videomagnitofon namoyish qilindi.
  • 1967 – Gaiti poytaxt Port-o-Prensda bir nechta joyda bomba portlatildi.
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1978 – Tbilisida xalq gruzin tilini rasmiy til qilish talabi bilan namoyishga chiqdi.
  • 1980 – birinchi tijoriy videokasseta (Harri Nyumenning konserti) Angliyada sotuvga chiqdi.
  • 1983 – birinchi radiotelefon Buyuk Britaniyada sotila boshlandi.
  • 1988 – Afg‘onistondagi qurolli mojarolarni bartaraf etish bo‘yicha Jeneva shartnomasi imzolandi.
  • 1991 – Van Gog muzeyidan 500 mln. dollarlik 20 ta surat o‘g‘irlab ketildi.
  • 1996 – O‘zbekiston Respublikasining “Amir Temur ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
  • 2007 – Turkiyada norozilik namoyishlari.
  • 2010 – Islandiyada Eyyafyadlayokudl vulqoni otildi.
  • 2010 – Xitoyning Yushu shahrida zilzila bo‘ldi; 300 dan ziyod inson nobud bo‘ldi.

? TAVALLUDLAR:

  • 216 – Moniy (asl ismi Surayk; 273 yoki 276) – oʻzini paygʻambar deb eʼlon qilgan bobillik voiz, fors dualistik dini – moniylik asoschisi.
  • 1126 – Ibn Rushd (Averroes) (1198) – andalusiyalik arab faylasufi.
  • 1527- Abraham Orteliy (1598) – flamand kartografi, birinchi zamonaviy atlas muallifi.
  • 1578 – Filipp III (1621) – Ispaniya qiroli.
  • 1629 – Xristion Gyugens (1695) – golland matematigi, fizik, astronom.
  • 1744 – Denis Fonvizin (1792) – yozuvchi, dramaturg, rus maishiy komediyalar yaratuvchisi.
  • 1862 – Pyotr Stolipin (1911) – Rossiya davlat arbobi, Stolipin islohoti tashabbuskori.
  • 1886 – Jakson Sidney (1966) – bokschi, xizmat ko’rsatgan sport ustozi (1938). 
  • 1886 – Abdulla To’qay (1913) – tatar shoiri, publisist.
  • 1889 – Arnold Jozef Toynbi (1975) – ingliz tarixchisi va sotsiologi, tarixchi faylasuf va madaniyatshunos.
  • 1906 – Faysal ibn Abdulaziz as-Saud (1975) – Saudiya Arabistoni Qiroli (1964-1975).
  • 1907 – Fransua Dyuvalye (1971) – Gaitining doimiy prezidenti (diktator) (1957-yildan vafotigacha).
  • 1908 – Mariya Shamanova (1994) – yengil atletika boʻyicha sovet sportchisi, 14 karra SSSR chempioni.
  • 1916 – Sulaymon Yudakov (1990) – bastakor, Oʻzbekiston xalq artisti (1976). 
  • 1916 – Muhammedov Amin (2000) – gidrotexnik olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi.
  • 1940 – Julie Christie – ingliz kinoaktrisasi. 
  • 1965 – Yukixiro Matsumoto – yapon dasturchisi, «Ruby» dasturlash tili asoschisi.
  • 1973 – Edriyen Broudi – amerikalik aktyor va prodyuser, «Oskar» va «Sezar» mukofotlarini qo‘lga kiritgan.
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1976 – Jorjeta Damyan – ruminiyalik sportchi, eshkak eshish bo’yicha 5 karra jahon va Olimpiya chempioni.
  • 1984 – Sharl Amlen – kanadalik short-trekchi, uch karra Olimpiya chempioni, ko’p karra jahon chempioni.
  • 1987 – Uche Iheruome – nigeriyalik futbolchi, 2008-yilgacha u Paxtakor FKda hujumchi sifatida oʻynagan.
  • 1991 – Melissa Asli Pamuk -Turkiyalik aktrisa va model, 2011-yilda Miss Turkey unvonini olgan.