? BAYRAMLAR:
? Xalqaro dietasiz kun.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Buyuk Britaniya – Toj kiyish kuni.
?? Portugaliya – Milliy Azulexo kuni.
?? Ukraina – Piyoda qo‘shinlar kuni.
?? AQSh – Hamshiralar kuni.
?? Avstraliya – Mehnat kuni.
?? Livan, ?? Suriya – Shahidlar kuni.
?? Buyuk Britaniya, ?? Dominika, ?? Antigua va Barbuda – Mehnat kuni.
?? Bolgariya – Armiya kuni.
?? Tojikiston – Davlat sirlarini himoya qilish sohasi xodimlari kuni.
? VOQEALAR:
- 1312 – Vena sobori Rim papasining salib yurishini e’lon qilish niyatini ma’qulladi.
- 1527 – Uzoq vaqtdan beri ish haqi olishmaganligi sababli qo’zg’olon ko’targan nemis landsknextlari Rimga bostirib kirishdi va talon-taroj qilishdi. Papa Klement VII qochishga muvaffaq bo’ldi.
- 1626 – Gollandiyalik mustamlakachi Piter Minuit Manxettenni hindlardan 25 dollarlik bir hovuch taqinchoqlar evaziga sotib oldi.
- 1686 – Rossiya va Rech-Pospolita o’rtasida “Abadiy tinchlik” sulhi tuzildi.
- 1715 – Rossiyaning birinchi harbiy-jinoyat va jinoyat-protsessual kodeksi – Harbiy Artikul nashr etildi.
- 1757 – Praga jangi.
- 1840 – Birinchi rasmiy pochta markalari muomalaga chiqarildi.
1833 – AQShda birinchi po’lat omoch (plug) ishlab chiqarildi. - 1835 – Amerikada “The New York Herald” gazetasining birinchi soni nashr etildi.
- 1861 – Arkanzas Qo’shma Shtatlardan ajralib chiqqan 9-shtat bo’ldi.
- 1872 – Angliya Kubogi ta’sis etildi.
- 1889 – Parijda Butunjahon ko’rgazmasi ochildi. 6-noyabrgacha davom etdi.
- 1908 – Aka-uka Raytlar uch yillik tanaffusdan keyin parvozni davom ettirdilar.
- 1910 – Georg V Buyuk Britaniya va Irlandiya Birlashgan Qirolligi va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining qiroli bo’ldi.
- 1914 – Britaniya parlamentida Lordlar palatasi ayollarga teng ovoz berish huquqini beruvchi qonun loyihasini rad etdi.
- 1937 – Nyu Yorkda „Gindenburg“ dirijabli halokati.
- 1940 – Norvegiyaning oltin zahiralari Angliyaga yetib keldi. U bilan birga qirol oilasi va mamlakat hukumati a’zolari evakuatsiya qilindi.
- 1953 – Filadelfiyalik jarroh Jon Gibbon birinchi marta ochiq yurak jarrohligi paytida sun’iy qon haydash apparatini (“sun’iy yurak-o’pka”) muvaffaqiyatli qo’lladi.
- 1955 – Buyuk Britaniya Argentina va Chili bilan Folklend orollariga egalik qilish bo’yicha kelishmovchilikni hal qilish uchun Xalqaro sudga murojaat qildi.
- 1968 – Fransiya hukumati Parijdagi ko’cha janglari sababli Parij universitetini yopdi.
- 1974 – Villi Brandt Germaniya federal kansleri lavozimidan iste’foga chiqdi.
- 1991 – Arxitektura va qurulish instituti tashkil topdi.
- 1992 – O‘zbekiston Respublikasi hamda Tailand Qirolligi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
- 1993 – O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashi sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi pul tizimi to‘g‘risida”gi Qonunlari qabul qilindi.
- 1994 – Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va Fransiya prezidenti Fransua Mitteran La-Mansh bo‘g‘ozi ostidagi tunnelni tantanali ravishda ochdilar.
- 1998 – Qozog‘istonning yangi poytaxti Akmola nomi Astanaga o‘zgartirildi.
- 2001 – Rim papasi Ioann Pavel II Umaviylar masjidiga keldi.
- 2002 – Kosmik texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi SpaceX amerika kompaniyasiga asos solindi.
- 2012 – Rossiyada “Millionlar marshi” bo’lib o’tdi va bu “Botqoqlik ishi” («Болотное дело») ga olib keldi.
- 2023 – Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ning toj kiyish marosimi.
? TAVALLUDLAR:
- 973 – Genrix II Avliyo (1024) – nemis qiroli (1002-1024), Muqaddas Rim imperiyasi imperatori (1014-yildan).
- 1758 – Maksimilian Robespier (1794) – Fransuz inqilobi yetakchisi.
- 1856 – Piri Robert Edvin (1920) – Arktikani o’rgangan amerikalik tadqiqotchi, admiral (1911).
- 1856 – Zigmund Freyd (1939) – avstriyalik nevrolog va ruhshunos, psixotahlilga asos solgan.
- 1868 – Gaston Leru (1927) – fransuz yozuvchisi (“Opera xayoloti” romani va boshqalar), jurnalist, detektiv ustasi.
- 1870 – Amadeo Giannini (1949) – amerikalik bankir, “Bank of America” asoschisi.
- 1871 – Viktor Grignard (1935) – fransuz organik kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1912).
- 1906 – Andre Veyl (1998) – fransiyalik matematik.
- 1904 – Martinson Xarri (1978) – shvetsiya shoiri, Nobel mukofoti sohibi (1974).
- 1907 – Nikolay Gastello (1941) – Sovet harbiy uchuvchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (vafotidan keyin).
- 1910 – Rasul Rizo (1981) – Ozarbayjon xalq shoiri (1960).
- 1923 – Vladimir Etush – rus teatr va kino aktyori, “Kavkaz asirasi”, “Ivan Vasilevich o‘z kasbini o‘zgartiradi”, “Soya” kabi filmlarda turli rollarni ijro etgan.
- 1944 – Farhod Jahongirov – Tibbiyot fanlari doktori.
- 1953 – Toni Bler – Buyuk Britaniya Bosh vaziri (1997-2007).
- 1960 – Ann Pariyo – fransuz aktrisasi.
- 1961 – Jorj Kluni – amerikalik aktyor, rejissyor, ssenariynavis, prodyuser.
- 1978 – Toni Estange – fransuz slalom kanoechisi, uch karra Olimpiya chempioni (2000, 2004, 2012), 5 karra jahon chempioni, XOQ a’zosi.
- 1983 – Daniel Alves – taniqli braziliyalik futbolchi, “Barselona” klubi a’zosi.
- 1988 – Stanislav Andreyev – “Paxtakor” futbol jamoasi a’zosi.
- 1981 – Botir Qodirov – taniqli o‘zbek estradasi xonandasi.
- 1993 – Naomi Skott – ingliz kino va televideniye aktrisasi, qo’shiqchi va musiqachi.
- 2019 – Archi Xarrison Mountbatten-Vindzor – shahzoda Garrining to’ng’ichi, Britaniya qiroli Charlz III ning nevarasi.