30 may kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? Xalqaro kartoshka kuni.
? Butunjahon sklerozga qarshi kurash kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Polsha – Farzand asrab olish kuni.
?? Tailand – Qirol Prachadipok kuni.
?? Ispaniya – Kanar orollari kuni.
?? AQSh – Konfederatsiyani xotirlash kuni.
?? Maldiv – Milliy skaut kuni.
?? Puerto-Riko – Lod qirg’inini xotirlash kuni.
?? Peru – Kartoshka kuni.
?? Gonduras – Daraxt ekish kuni.
?? Nikaragua – Onalar kuni.
?? Trinidad va Tobago – Hindlarning kelish kuni.
?? Xorvatiya – Parlament kuni.

? VOQEALAR:

  • 301 – G’arbiy Szinda zo’ravon Sim Lunning ag’darilishi va imperator Xuey-di (290-301) ning taxtga qayta tiklanishi.
  • 1223 – Kalka boʻyidagi jang.
  • 1381 – Uot Tayler qo‘zg‘oloni boshlandi.
  • 1416 – Chex diniy reformatori Iyeronim Prajskiy inkvizitsiya tomonidan yoqib yuborildi.
  • 1431 – Ruanda Janna d’Ark jodugarlikda ayblanib yoqib yuborildi.
     – 1453 – Istanbul Universiteti Fotih Sulton Mehmet Xon tomonidan Istanbulning zabt etilishining ertasi kuni tashkil topdi.
  • 1498 – Xristofor Kolumbning uchinchi sayohati boshlandi.
  • 1563 – Bornholm [de] jangi: Daniya eskadroni Shvetsiyaga hujum qildi va shu bilan Shimoliy etti yillik urushni boshlab berdi.
  • 1574 – Genrix III Fransiya qiroli bo’ldi.
  • 1631 – La Gazette – birinchi fransuz gazetasi ilk bor nashr etildi.
  • 1635 – O‘ttiz yillik urush: Shvetsiya urushi davrini tugatgan Praga tinchlik sulhi imzolandi.
     – 1778 – Fransuz inqilobchisi va Ma’naviyat harakatiga katta hissa qo’shgan fransuz yozuvchisi va filosofi Volter vafot etdi.
  • 1814 – Oltinchi koalitsiya urushini tugatgan Parij tinchlik shartnomasi (1814) imzolandi.
  • 1871 – Parij Kommunasining qulashi.
  • 1891 – Vladivostokda  magistral ochildi.
  • 1899 – Germaniyada birinchi marta atsetilsalitsill kislotasi (aspirin) savdoga chiqarildi.
     – 1913 – Bolgariya qirolligi, Serbiya qirolligi, Gretsiya qirolligi va Chernogoriye qirolligidan tashkil topgan Bolqon ittifoqining Usmoniy davlatiga qarshi ochgan 1-Bolqon urushi yakunlandi.
     – 1941 – II Jahon urushi: Germaniya Krit orolini ishg’ol qildi.
  • 1961 – JAR Buyuk Britaniyadan mustaqil boʻldi.
  • 1982 – Ispaniya NATO ning 16-a’zosi bo‘ldi.
  • 1989 – Xitoylik talabalar Tyananmen maydonida  “demokratiya ilohasi“ni oʻrnatishdi.
  • 1992 – BMT xavfsizlik kengashi Bosniyadagi urushni to’xtatish maqsadida Serbiyaga embargo joriy etdi.
  • 1999 – Nemiga fojeasida (Minsk) 53 kishi halok boʻldi.
  • 2008 – Tegusigalpada A320 halokatga uchradi, 5 kishi halok bo’ldi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1423 – Georg fon Purbax – Avstriyalik matematik, astronom.
  • 1846 – Karl Peter Faberje – Rossiyalik mashhur yuviler.
  • 1868 – Abdulmajid II (1944) – oxirgi Usmoniylar xalifasi (1922-1924).
  • 1908 – Xannes Alven (1995) – Shvetsiyalik  astrofizik, Nobel mukofoti sohibi (1970).
  • 1910 – Mirtemir (1972) – O‘zbekiston xalq shoiri.
  • 1912 – Julius Akselrod (2004) – amerikalik bioximik va farmakolog, Nobel mukofoti sohibi (1970).
  • 1928 – Rizo Fozil (2016) – Qrim-tatar yozuvchisi va jurnalisti.
  • 1934 – Aleksey Leonov – sovet kosmonavti, ochiq kosmosga chiqqan birinchi odam, ikki marta Sovet Ittifoqi qahramoni.
  • 1937 – Aleksandr Demyanenko – taniqli rus kinoaktyori.
  • 1941 – Ahmadxo’jayev Saidbotir – operator va rejissyor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1989).
  • 1947 – Yuriy Sarkisyan – futbol murabbiy, Oʻzbekistonning 5 marta eng yaxshi murabbiyi (1998, 1999, 2001, 2003, 2006).
  • 1949 – Murod Rajabov – aktyor va kinorejissor, Oʻzbekiston xalq artisti.
  • 1961 – Arina Sharapova – rossiyalik teleboshlovchi.
  • 1963 – Helen Sharmen – Buyuk Britaniyalik birinchi kosmonavt.
  • 1971 – Idina Kim Menzel – amerikalik kinoaktrisa, qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis.
  • 1980 – Stiven Jerrard – Angliya milliy futbol terma jamoasi va «Liverpul» klubining sobiq a’zosi.
  • 1992 – Qamariddin Shayxov – oʻzbek jurnalisti, Qalampir.uz internet nashri asoschisi va bosh muharriri.