30 iyun kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? BMT – Xalqaro asteroid kuni.
?? Xalqaro parlamentarizm kuni.
? Ijtimoiy tarmoqlar kuni.
? Xalqaro Seylor Mun kuni.

?  MILLIY BAYRAMLAR:

?? O‘zbekiston – Yoshlar kuni.
?? Ozarbayjon – Sevishganlar kuni.
?? Filippin ‐ Filippin-Ispaniya do’stlik kuni.
?? Nikaragua ‐ Daraxt ekish kuni.
?? Dominikan – O’qituvchilar kuni.
?? Belarus – Iqtisodchilar kuni.
?? Misr ‐ 30 iyun yilligi.
?? Markaziy Afrika Respublikasi ‐ Umumiy ibodat kuni.
?? Kongo DR – Mustaqillik kuni.
?? Sudan – Inqilob kuni.
?? Gvatemala – Armiya kuni.
?? Isroil – Harbiy dengiz floti kuni.
?? Salvador – Bank xodimlari kuni.
?? Daniya – Malika Aleksandraning tavallud kuni.

? VOQEALAR:

  • 1520 – Ispan istilochilarining Tenochtitlandan chekinishi, “Qayg‘u kechasi” nomi bilan mashhur.
  • 1736 – Azov turk garnizonining taslim bo’lishi, shaharning Rossiyaga butunlay qo’shib olinshi.
  • 1859 – Charlz Blonden  Niagara sharsharasidan dorda oʻtdi.
  • 1860 – Vatikanda 1-rasmiy gazeta “L’Osservatore Romano” ning ilk soni nashr etildi.
  • 1876 – Serbiya va Chernogoriya Turkiyaga qarshi urush e’lon qilishdi.
  • 1889 – Parij Tinchlik Konferentsiyasida Parlamentlararo Ittifoq tashkil qilindi.
  • 1893 – “EKSELSIOR” nomli olmos topildi. Og‘irligi: 995 karatga teng.
  • 1894 – Butun dunyoga mashhur London ko‘prigi — Tauer Bridj ochildi.
  • 1894 – Koreya Xitoydan mustaqilligini e’lon qildi.
  • 1908 – Tungus meteoritining  Sibirga tushishi oqibatida 2150 km² oʻrmon yer bilan yakson boʻldi.
  • 1913 – Ikkinchi Bolqon urushining boshlanishi.
  • 1934 – Germaniyada “uzun pichoqlar tuni”.
  • 1941 – Pepsi-Cola kompaniyasi “Loft” qandolat kompaniyasi bilan birlashtirildi.
  • 1945 – SSSR da mehnat ta‘tillari qayta tiklandi.
  • 1960  – SSSR va Xitoy mafkuraviy bo’linishni e’lon qilishdi.
  • 1960 – Yangi tashkil etilgan sobiq Belgiya mustamlakasi o’zini Kongo Respublikasi deb e’lon qildi.
  • 1964 – Oyning yaqin masofadan birinchi fotosuratlari olindi.
  • 1970 – Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya va Irlandiya Lyuksemburgda Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatiga qo’shilish bo’yicha muzokaralarni boshladi.
  • 1971 – “S-11” kosmik kemasi halokati.
  • 2005 – Ispaniyada LGBT  qonuniy tus oldi.
  • 2008 – Sankt-Peterburgda Tu-154 samolyoti halokatga uchradi.
  • 2009 – A310 samolyoti Komor orollari yaqinida halokatga uchradi.
  • 2017 – O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tashkil topdi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1470  – Karl VIII (1498) – Fransiya- qiroli (1483-1498), Valualar sulolasidan.
  • 1685 – Jon Gey (1732) – angliyalik shoir va dramaturg.
  • 1722 – Yirji Berda (1795) – mashhur chexiyalik bastakor.
  • 1791 – Savart Feliks (1841)  fransuz fizigi.
  • 1887 – Yevgeniy Betger (1956) – tarixshunos va sharqshunos olim, kitobshunos, bibliograf.
  • 1914 – Kalonov Saidjon (1971) – sozanda (nay), bastakor, O’zbekiston xalq artisti (1966).
  • 1917 – Syuzan Heyvord (1975) – amerikalik kinoaktrisa.
  • 1920 – Zeno Kolo (1993) — italiyalik sportchi, olumpiada chempioni (1952).
  • 1926 – Pol Berg – amerikalik bioximik, Nobel mukofoti sohibi (1980).
  • 1933 – Lea  Massari – italiyalik kinoaktrisa.
  • 1939 – Yanis Peters – latviyalik shoir.
  • 1941 – O‘lmas Alixoʻjayev (2015) – aktyor, O‘zbekiston xalq artisti (1983). 
  • 1941 – Pol Anka – kanadalik qo‘shiqchi.
  • 1954 – Serj Sarkisyan – Armaniston Prezidenti (2008-2018).
  • 1966 – Andrey Abduvaliyev – sovet, tojik va o’zbek yengil atletikashisi, Olimpiya chempioni (1992), ikki karra jahon chempioni.
  • 1966 – Mayk Tayson – amerikalik bokschi, sobiq jahon chempioni.
  • 1969 – Anastasiya Nemolyayeva – rossiyalik aktrisa. 
  • 1977 – Xusto Vilyar – Paragvay terma jamoasi darvozaboni .
  • 1982 – Otis Xarris – amerikalik yengil atlet, olimpiada chempioni (2004).
  • 1982 – Sevinch Moʻminova – oʻzbek qoʻshiqchisi va aktrisasi. 
  • 1983 – Cheryl Ann Tweedy – ingliz qoʻshiqchisi, raqqos va teleboshlovchi.
  • 1985 – Maykl Felps –  amerikalik suzuvchi, 23 karra Olimpiya chempioni, 26 karra jahon chempioni.