? BAYRAMLAR:
?? Xalqaro choy kuni.
? Zamenhof kuni (esperantochilar bayrami).
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? AQSh – “Huquqlar to‘g‘risidagi bill” kuni.
?? Niderlandiya – Qirollik kuni.
?? Indoneziya – Indoneziya armiyasi kuni.
?? Ukraina – Sud xodimlari kuni.
? VOQEALAR:
- 1055 – Xalifa al-Qoimning rasmiy roziligi bilan To‘g‘rul bek boshchiligidagi saljuqiy turklar Bag‘dodga tantanali ravishda kirib keldilar.
- 1256 – Xulagu qo’shini Alamutga hujum boshladi.
- 1762 – Yekaterina II Rossiyaga yahudiylardan tashqari chet elliklar va qochib ketganlarning kirishiga ruxsat beruvchi manifestni imzoladi.
- 1791 – AQSh Konstitutsiyasiga dastlabki 10 ta tuzatish kirituvchi “Huquqlar to’g’risidagi” qonun kuchga kirdi.
- 1821 – “Fransiya geografiya jamiyati” tashkil topdi.
- 1875 – Jyul Vernning «Sirli orol» romani nashr etildi.
- 1899 – Kolenso yonidagi jang.
- 1905 – Sankt-Peterburgda Pushkin uyi tashkil etildi.
- 1917 – Kishinyovda Moldaviya Xalq Respublikasi (MXR) e’lon qilindi.
- 1923 – “Skoda” avtomobil kompaniyasining emblemasi ro’yxatga olindi.
- 1930 – Ispaniyada hukumatga qarshi harbiy to’ntarish muvaffaqiyatsiz tugadi.
- 1937 – NKVDning yunon operatsiyasining boshlanishi – Sovet Ittifoqi yunonlariga qarshi ommaviy qatag’onlar.
- 1939 – “Shamollarda qolgan hislarim” filmi premyerasi.
- 1941 – Xolokost: Drobiy Yarda minglab yahudiylar otib tashlandi.
- 1966 – Fransuz astronomi Oduen Dolfus Saturnning 10-yo‘ldoshini kashf qildi va unga Yanus nomini berdi.
- 1970 – Sovet ittifoqiga tegishli Venera-7 sayyoralararo stansiyasi Venera sayyorasiga qoʻndi.
- 1972 – BMT ning atrof-muhitni muhofaza qilish tashkiloti (YUNEP) tashkil etilgan kun.
- 1976 – Mustaqil Samoa davlati BMTga qabul qilindi.
- 1989 – Ruminiyada inqilobning boshlanishi.
- 1990 – Qirg‘iziston SSR Oliy Soveti Qirg‘iziston suveriniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiyani qabul qildi.
- 2000 – Chernobil AESning 3-energetika bloki yopildi. Chernobil atom elektr stansiyasi butunlay tugatildi.
? TAVALLUDLAR:
- 37 – Neron (68) – qadimgi Rim imperatori (54-68).
- 1793 – Genrix Charlz Keri – amerikalik iqtisodchi.
- 1802 – Yanosh Boyyai (1860) – vengriyalik matematik, noyevklid geometriyaning kashshoflaridan biri.
- 1832 – Gyustav Eyfel (1932) – Eyfel minorasi, ko‘plab ko‘priklar va po‘lat konstruksiyalar ixtirochisi.
- 1852 – Antuan Anri Bekkerel (1908) – radioaktiv nurlanishni kashf etgan fransuz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1903).
- 1859 -Lyudovik Lazar Zamenxof (1917) – polshalik shifokor va tilshunos, esperanto tilining yaratuvchisi.
- 1860 – Nils Ryuberg Finzen (1904) – farera va daniyalik fizioterapevt, Nobel mukofoti sohibi (1903).
- 1907 – Nikolay Nikitin (1973) – sovet arxitektori, Ostankino minorasi proekti muallifi.
- 1913 – Sodiqov Obid (1987) – kimyogar olim, jamoat arbobi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1960).
- 1916 – Uilkins Moris (2004) – ingliz biofizigi, London Qirollik jamiyati a’zosi (1959), Nobel mukofoti laureati (1962).
- 1919 – Oke Seyfart (1998) – shved konkida uchish ustasi, Olimpiya chempioni (1948), jahon rekordchisi.
- 1921 – Nizomxo’jayev Jamol (1992) – opera xonandasi (bariton), O’zbekiston xalq artisti (1964).
- 1925 – Saodat Qobulova (2007) – opera xonandasi, ashulachi, O’zbekiston xalq artisti (1957), SSSR xalq artisti (1959).
- 1927 – Kommuna Ismailova (2003) – xonanda, O’zbekiston xalq artisti (1964).
- 1936 – Dadayev Qahramon – sozanda (doira), O‘zbekiston xalq artisti (1977).
- 1949 – Don Jonson – amerikalik aktyor va qo’shiqchi.
- 1950 – Boris Griyzlov – rus siyosat va davlat arbobi.
- 1952 – Andrey Razbash (2006) – rus televideniye boshlovchisi, rejissyor, prodyuser.
- 1971 – Shashmaz Muhammed Nedjati – turk aktyori.