17 dekabr kun tarixi

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? AQSh – Panamerika aviatsiyasi kuni.
?? AQSh – Aka-uka Raytlar kuni.
?? Iroq – Kurdiston bayrog‘i kuni.
?? Belarus – Belarus kinosi kuni.
?? Qozogʻiston – Energetika muhandislari kuni.
?? Ukraina – Davlat ijroiya xizmati kuni.
?? Tunis – Milliy inqilob kuni.
?? Butan – Milliy kun.
?? Rossiya – Strategik raketa qo‘shinlari kuni.

? VOQEALAR:

  • 1237 – Buyuk shoir Mavlono Jaloliddin Rumiy Kuniya shahrida vafot etdi.
  • 1474 – Astronom, matematik olim, mutafakkir Ali Qushchi Istanbulda vafot etdi.
  • 1637 – Amakusa Siro boshchiligida yapon nasroniylari qo’zg’oloni ko’tarildi.
  • 1777 – Fransiya AQSH mustaqilligini tan oldi.
  • 1837 – Sankt-Peterburgdagi Qishki saroy yonib ketdi.
  • 1881 – Londonda Oskar Vildning “Imon yoki nigilistlar” pyesasining ilk premyerasi bekor qilindi.
  • 1903 – Aviatsiya otalari aka-uka Raytlar samolyotining ilk parvozi.
  • 1918 – Riga (Latviya) da Sovet hokimiyati o‘rnatilgani e’lon qilindi.
  • 1926 – Birinchi butunittifoq aholini ro‘yxatga olish o‘tkazildi.
  • 1959 – SSSR hukumatining qarori bilan Strategik raketa qo‘shinlari tashkil etildi.
  • 1962 – Monakoning yangi konstitutsiyasi kuchga kirdi.
  • 1989 – AQShda “Simpsonlar” multfilmining birinchi seriyasi namoyish etildi.
  • 1993 – Major League Soccer tashkil topdi.
  • 1995 – Ikkinchi chaqiriq Davlat Dumasiga saylovlar bo’lib o’tdi.
  • 1998 – AQSh va Buyuk Britaniya Iroqqa qarshi “Sahrodagi tulki” harbiy operatsiyasini boshlashdi.
  • 2009 – MV Danny F II yuk kemasi Livan qirg’oqlarida cho’kib ketdi, natijada 44 kishi va 28 000 dan ortiq hayvonlar halok bo’ldi.
  • 2010 – Tunislik Muhammad Buazizi o’zini yoqib yubordi, bu Tunisdagi inqilob va butun arab bahori uchun turtki bo’ldi.
  • 2014 – AQSh va Kuba 1961-yilda uzilgan diplomatik munosabatlar tiklanganini e’lon qildi (ular 2015-yil 20-iyulda rasman tiklangan).

? TAVALLUDLAR:

  • 1778 – Xamfri Devi (1829) – ingliz kimyogari va fizigi, elektrokimyo asoschilaridan biri.
  • 1797 – Jozef Genri (1878) – oʻz-oʻzini induksiyalash hodisasini kashf etgan amerikalik fizik.
  • 1809 – Ogahiy (to’liq ism-sharifi Muhammadrizo Erniyozbek o’g’li) (1874) – shoir, tarixchi, tarjimon.
  • 1830 – Jyul Gonkur (1870) – fransuz yozuvchisi.
  • 1859 – Nikolay Dubovskiy (1918) – rus rassomi, o’qituvchi.
  • 1866 – Konrad Shteyeli (1931) – Shveytsariyalik mergan, uch karra Olimpiya chempioni.
  • 1908 – Uillard Frank Libbi (1980) – amerikalik fizik va kimyogar, radiouglerod analiz uslubi asoschisi, Nobel mukofoti sohibi (1960).
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1917 – Boymirza Hayit (2006) – Turkiston va Oʻrta Osiyo boʻyicha tarixchi va sharqshunos olim.
  • 1923 – Vladimir Blagix (1997) – Sovet ekologi, elektrotexnigi va energetigi.
  • 1925 – Hamza Umarov (1987) – aktyor, rejissyor, O’zbekiston xalq artisti (1967). 
  • 1925 – Konstantin Vanshenkin (2012) – sovet va rus shoiri, nasriy yozuvchi.
  • 1928 – Nonna Bodrova (2009) – Sovet televideniesi boshlovchisi, Markaziy televidenie diktori, Rossiyada xizmat ko’rsatgan artist.
  • 1928 – Leonid Bronevoy (2017) – sovet va rus kino va teatr aktyori, SSSR xalq artisti.
  • 1929 – Alieva Iroda (1989) – aktrisa, O’zbekiston xalq artisti (1967). 
  • 1932 – Xudoyberdi To’xtaboyev (2021) – o‘zbek bolalar adibi, O’zbekiston Xalq yozuvchisi.
  • 1936 – Fransisk – Rim-katolik cherkovining rahbari (2013 yil mart oyidan beri), 266-Papa.
  • 1944 – Vyacheslav Ganelin – Sovet va Isroil bastakori, pianinochi, jazz musiqachisi.
  • 1975 – Milla Yovovich – Amerikalik aktrisa va fotomodel.
  • 1977 – Oksana Fyodorova – rossiyalik teleboshlovchi, aktrisa, model, “Dunyo go’zali 2002” tanlovi g’olibasi.
  • 1988 – Yann Zommer – shveysariyalik futbolchi, darvozabon.
  • 1988 – Devid Rudisha – keniyalik sportchi, 800 metrga yugurish bo’yicha ikki karra Olimpiya chempioni (2012, 2016).