11 iyul kun tarixi

Bugun 11-iyul 2023-yil, seshanba.

? TAVALLUDLAR:

  • 1274 – Robert Bryus (1329) – Shotlandiya qiroli (1306-1329), Bryuslar sulolasining asoschisi.
  • 1561 – Luis de Gongora-i-Argote (1627) – ispan shoiri.
  • 1657 – Fridrix I (1713) – Prussiya qiroli (1701-1713).
  • 1732 – Jozef Jerom Lefransua de Laland (1807) – fransuz astronomi.
  • 1882 – Leonard Nelson (1927) – nemis idealist faylasufi, psixologi.
  • 1893 – Ashurali Mehtar Yusupov (1980) – mehtarlik san’ati an’analarining bilimdoni, surnay, karnay, nog’ora yo’llarining ustasi.
  • 1903 – Rudolf Abel (haqiqiy ismi Uilyam Genrixovich Fisher; 1971) – sovet razvedkasi.
  • 1916 – Aleksandr Proxorov (2002) – Sovet fizigi, akademik, kvant elektronikasining asoschilaridan biri, Nobel mukofoti sohibi (1964).
  • 1934 – Jorjio Armani – italiyalik dizayner, Armani kompaniyasi asoschisi.
  • 1939 – O‘tkir Rasulev – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, matematik olim, professor. 
  • 1948 – Jamshid Zokirov (2012) – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, kino va teatr aktori. 
  • 1969 – Shuhrat Xo’jayev – sambochi kurashchi, “O’zbekiston iftixori” (1998).
  • 1984 – Rachael Taylor ‐ avstraliyalik aktrisa va model.
    -1990 – Karolina Voznyacki – daniyalik tennischi, dunyoning sobiq birinchi raketkasi.
  • 1994 – Saʼdullayev Alisher – Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi raisi (2020-yildan), Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi.
  • 1996 – Alessia Cara ‐ kanadalik qo‘shiqchi.
  • 1996 – Naz Dej – Ozarbayjon qoʻshiqchisi.

? BAYRAMLAR:

?? BMT – Butunjahon aholi kuni
? Butunjahon shokolad kuni.
? Xalqaro efir moylari kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Xitoy – Dengiz kuni.
?? Polsha – Genotsid qurbonlarini xotirlash milliy kuni.
?? Bosniya va Gertsegovina – Srebrenitsa genotsidini xotirlash kuni.
?? Belgiya – Flamand hamjamiyati kuni.
?? Argentina‐ Bandoneon kuni.
?? Mo’g’uliston – Nadam festivalining boshlanishi.
?? Kiribati – Milliy madaniyat va keksalar kuni.
?? Rossiya – Yorug‘lik bo‘vicha rassomlar (yorug’lik operatori) kuni.

? VOQEALAR:

  • 1302 – Kurtr jangi.
  • 1405 – Zhen He Afrikaga yoʻl oldi.
  • 1576 – Martin Frobisher boshchiligidagi ingliz ekspeditsiyasi Grenlandiyani kashf etdi.
  • 1700 – Berlinda Germaniya Fanlar akademiyasi tashkil etildi.
  • 1708 – Audenard jangi.
  • 1740 – Yahudiylar kichik Rossiya (bugungi Ukraina) dan deportatsiya qilingan.
  • 1874 – Rossiyada cho‘g‘lanma lampa (Lodiygin chirog‘i) patentlandi.
  • 1890 – Yaponiya tarixidagi birinchi siyosiy saylov bo’lib o’tdi.
  • 1893 – Yaponiyalik Kokiti Mikimoto birinchi marta sun’iy marvarid oldi.
  • 1895 –  Aka-uka Avgust va Luis Lyumerlar kino texnologiyalarini namoyish qilishdi.
  • 1905 – Xalqaro bouling assotsiatsiyasi tuzildi
  • 1919 – Gollandiyada 8 soatlik ish kuni joriy etildi.
  • 1933 – Jenevada giyohvand moddalarni nazorat qilish xalqaro konvensiyasi qabul qilindi.
  • 1941 – Ikkinchi jahon urushi: Vitebsk jangi.
  • 1962 –  Atlantika bo’ylab  birinchi marta teleko‘rsatuv efirga uzatildi.
  • 1975 – Qadimgi Xitoy poytaxti Shian shahrida 6000 kishidan iborat loydan  yasalgan  haqiqiy o’lchamda va  urush asboblari  bilan  jihozlangan askarlar haykallari topildi.
  • 1985 – Nayrobi shahrida Xalqaro xotin-qizlar konferensiyasi uchun o’n minglab ayol yig’ildi.
  • 1995 – Bosniya urushi: serblar Srebrenitsani egallashdi va qurolsiz musulmonlarni qirib tashlashdi.
  • 1995 – AQSh va Vyetnam to’liq diplomatik munosabatlarni tikladilar.
  • 2000 –  Bashshar Asad  Suriya prezidenti etib saylandi.
  • 2006 – Microsoft kompaniyasi Windows 98 va Windows ME uchun texnik yordamni to’xtatdi.
  • 2010 – Ispaniya futbol terma jamoasi o’z tarixida birinchi marta Jahon chempioni bo‘ldi.
  • 2014 – Sharqiy Ukrainadagi qurolli to’qnashuv paytida Zelenopolye yaqinidagi raketa hujumi.
  • 2019 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “«O‘zbekiston tarixi» telekanalini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.