YOMG’URCHI

YOMG’URCHI — 1) no’g’ay mirzasi; 1481 yil shayboniylardan Iboqxon bilan birga katta O’rda xoni Ahmadga qarshi kurashda qatnashgan. 1487 yil Yomg’urchi Ivan III Vasilevichdan Qozon xonligi taxtidan ag’darilgan Alixonni rus tutqunligidan ozod etishni so’ragan. 1500 yil Qozon xoni, ruslarning vassali Abdullatifga qarshi kurashi chog’ida qozonni qamal qilgan; 2) Astraxon (Ashtarxon) xoni (1547-54). Ivan IV Vasilevich (Ivan Ivgrozniy) 1554 yil Astraxon xonligiga qarshi yurishi chog’ida taxtdan tushirilgan. Yomg’urchi Azovga qochgan, uning o’rniga taxtga bir necha yil avvalroq Astraxondan quvg’in qilingan ruslarning vassali Darvishali o’tqazilgan.