2 avgust kun tarixi

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Sloveniya – Aviatsiya kuni.
?? Ukraina – Halok bo’lgan parashyutchilarni xotirlash kuni.
?? Ozarbayjon – Ozarbayjon kinosi kuni.
?? Rossiya, ?? Belarus, ?? Qozog’iston ‐ Havo-desant kuchlari kuni.
?? Shimoliy Makedoniya – Respublika kuni.

? VOQEALAR:

  • mil. avv. 338 – Xeroneya jangi.
  • mil. av. 216 – Kann urushida Gannibal Qadimgi Rimni vayron qildi.
  • 1552 – Germaniya protestant knyazlariga o’z fuqarolari dinini belgilash erkinligini beruvchi Passau shahridagi shartnoma imzolandi.
  • 1653 – Fransiya poytaxti Parijda pochta qutisi ilk bor o’rnatilgan. 
  • 1718 – Fransiya, Angliya, Avstriya va Gollandiya Ispaniyaga qarshi birinchi To’rtlar ittifoqini tuzdilar.
  • 1769 – ispaniyaliklar Nuestra Senora la Reyna de Los-Anjeles manzilgohiga asos solishdi. Bu – hozirgi Los-Anjeles.
  • 1865 – Makmillan nashriyotida L.Kerrollning “Alisaning Mo‘jizalar Mamlakatidagi sarguzashtlari” kitobi 1-marta nashr etildi.
  • 1870 – Londonda Tauer tunneli ochildi.
  • 1906 – Portugaliyaning “Portu” futbol klubiga asos solindi.
  • 1914 – Imperator Nikolay II Germaniya bilan urush to’g’risida manifest e’lon qildi
  • 1932 – Mulla To’ychi Toshmuhamedov nomidagi Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri tashkil topdi.
  • 1934 – Reyxsprezident Gindenburgning vafot etishi bilan Adolf Gitler Germaniya fyureri deb e’lon qilindi.
  • 1945 – Potsdam konferensiyasi yakunlandi.
    -1972 – Misr, Liviya va Suriya umumiy davlatga birlashdi.
  • 1980 – Bolonyadagi terroristik aktlar natijasida 85 kishi nobud boʻldi.
  • 1990 – Iroq Quvaytga bostirib kirdi. Ko‘rfaz urushi boshlandi.
  • 2007 – rus olimlarining muz okeani tubiga tushishi.
  • 2011 – Oʻzbekiston mustaqillikga erishganidan beri birinchi marta Oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlari 1-avgustdan 2-avgustga ko’chirildi.
  • 2019 – Rossiya va AQSh o’rtasidagi o’rta va qisqa masofali raketalarni yo’q qilish to’g’risidagi shartnoma bekor qilindi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1696 – Mahmud I (1754) – Usmonli imperiyasining sultoni (1730-1754).
  • 1820 – Jon Tindal (1893) – ingliz fizigi, osmon nega ko’k ekanligini tushuntirgan.
  • 1834 – Frederik Ogyust Bartoldi (1904) – fransuz haykaltaroshi, Ozodlik haykali muallifi.
  • 1891 – Viktor Maksimovich (1971) – rus tilshunosi, adabiyotshunos va folklorshunosi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1944).
  • 1892 – Jek Leonard Uorner (1978) – Warner Brothers kino korporatsiyasining asoschilaridan biri, aka-ukalarning kichigi.
  • 1900 – Ilya Starinov (2000) – sovet askari, partizan-diversant, “rus maxsus kuchlarining bobosi”.
  • 1909 – Ilyos Muslim (1993) – Bolalar yozuvchisi.
  • 1923 – Shimon Peres (2016) – Isroillik siyosatchi va davlat arbobi, Isroilning 9-prezidenti (2007-2014), Tinchlik uchun Nobel mukofoti sohibi (1994).
  • 1943 – Sayyora Rashidova – kimyogar olima, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1993), Oliy Majlisning Inson huquklari boʻyicha vakili (1995-2015).
  • 1960 – Olivye Gruner – fransuz kino aktyori va sobiq kikboksing chempioni.
  • 1977 – Shahnoza Soatova – jurnalistlik tajribasiga ega taniqli oʻzbek blogeri, kolumnisti va jamoatchilik faoli. 
  • 1980 – Aleksandr Yemelyanenko – rus aralash jang san’ati ustasi.
  • 1989 – Prisilla – fransuz qo’shiqchisi va aktrisasi.
  • 1991 – Anton Babikov – rossiyalik biatlonchi, jahon chempioni, uch karra Yevropa chempioni.