? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Pokiston – Bayroq kuni.
?? Latviya – Latviya ozodligi uchun kurashchilarni xotirlash kuni.
?? Armaniston ‐ Arman milliy o’ziga xosligi kuni.
?? Turkmaniston – Chegarachilar kuni.
?? Yaponiya – Tog‘lar kuni.
?? Chad – Mustaqillik kuni.
? VOQEALAR:
- mi. av. 3114 – Mayya taqvimidagi Uzoq hisobning boshlanishi.
- mil. av. 480 – Fermopil jangi.
- 843 – Verdun shartnomasi imzolandi
- 1378 – Rus qo‘shinlari birinchi marta Voja daryosi jangida Oltin O’rdani qo‘shinini yengdi.
- 1492 – Aleksandr VI Rim papasi etib saylandi.
- 1767 – Angliyada odamning oxirgi marta gulxanda yondirilishi.
- 1804 – Avstriya imperiyaga aylandi.
- 1863 – Fransiya Kambodja ustidan o’zining protektoratini o’rnatdi.
- 1867 – Gamburgda Karl Marksning „Kapital“ kitobi nashr qilindi.
- 1906 – fransuz Ejen Avgustin Lost Buyuk Britaniyada kino uchun ovoz yozish texnikasini patentladi.
- 1919 – Veymar respublikasi konstitutsiyasi qabul qilindi.
- 1929 – Eron va Iroq o’rtasida do’stlik shartnomasi imzolandi.
- 1956 – Paxtakor stadioni ochildi.
- 1959 – Moskvada Sheremetevo xalqaro aeroporti ochildi.
- 1960 – Chad mustaqillikka erishdi va Chad Respublikasi bo’ldi.
- 1962 – „Vostok-3“ kosmik kemasi uchirildi.
- 1973 – “Bahorning o’n etti lahzasi” serialining birinchi televizion namoyishi boshlandi.
- 1979 – Dneprodzerjinsk osmonidagi to’qnashuv. 178 kishi halok bo’lgan, ulardan 17 nafari O’zbekistonning “Paxtakor” jamoasi a’zolari.
- 1981 – O‘zbekistonda butifosdan o‘tkir zaharli moddasidan foydalanish ta‘qiqlandi.
- 1999 – To‘liq quyosh tutilishi, Yevropada kuzatilgan.
- 2003 – NATO Afg’onistondagi xalqaro tinchlikparvar kuchlarning qo’mondonligini o’z zimmasiga oldi.
- 2004 – Rostov sudi qo’shiqchi Filipp Kirkorovni jurnalist Irina Aroyanni haqorat qilishda aybdor deb topdi.
- 2011 – Chelyabinsk viloyatida ikkita poyezd to‘qnashib ketdi.
? TAVALLUDLAR:
- 1081 – Genrix V (1125) – Germaniya qiroli (1106-1125), Muqaddas Rim imperiyasi imperatori (1111-1125).
- 1744 – Tomas Antonio Gonzaga (1810) – Braziliyalik shoir, huquqshunos, jamoat arbobi.
- 1778 – Fridrix Lyudvig Yan (1852) – Nemis pedagogi, “zamonaviy gimnastika otasi”.
- 1837 – Mari Karno (1894) – Muhandis, Fransiya prezidenti (1887-1894).
- 1858 – Kristian Eykmann (1930) – Gollandiyalik shifokor, Nobel mukofoti sohibi (1929).
- 1902 – Norma Shearer (1983) – amerikalik kinoaktrisa.
- 1916 – G’ulom Ahmedov – huquqshunos olim, O’zbekiston xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1993).
- 1921 – Aleks Xeyli (1992) – Amerikalik negr yozuvchisi, Pulitser mukofoti sovrindori.
- 1926 – Aaron Klug – Britaniya va Janubiy Afrikalik olim, biokimyogar, Nobel mukofoti – (1982).
- 1938 – Dilbar Ismoilova – aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti.
- 1939 – Anatoliy Kashpirovskiy – sovet psixoterapevti.
- 1943 – Parvez Musharraf – Pokistonning 10-prezidenti (2001-2008).
- 1946 – Merilin vos Savant – amerikalik yozuvchi, dunyodagi eng yuqori IQ darajasidagi ayol.
- 1948 – Rustam Akramov – futbolchilar murabbiysi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi (1994).
- 1950 – Stiv Voznyak – amerikalik dasturchi, Apple asoschilaridan biri.
- 1957 – Masayoshi Son – yaponiyalik yirik tadbirkor, SoftBank shirkati ijrochi direktori, Sprint korporatsiyasi raisi.
- 1965 – Viola Devis – amerikalik aktrisa, “Oskar”, “Oltin globus” va boshqa mukofotlar sovrindori.
-1968 – Anna Gann – amerikalik aktrisa, “Emmi” mukofotining ikki karra g’olibi. - 1974 – Odri Mestre (2002) – fransuz fridrayver rekordchisi.
- 1983 – Kris Xemsvort – avstraliyalik kinoaktyor.
- 1984 – Lyudmila Postnova – rossiyalik gandbolchi, uch karra jahon chempioni.
- 1985 – Xurshid Nabiyev – oʻzbekistonlik dzyudochi, 90 kg vazn toifasida ishtirok etgan.
- 1989 – Xulio Sesar La Kruz – kubalik havaskor bokschi, ikki karra Olimpiya chempioni (2016, 2020).
- 1993 – Elison Stouner – amerikalik qo’shiqchi, aktrisa, raqqosa va model.