? BAYRAMLAR:
?? Xalqaro ta’limni hujumlardan himoya qilish kuni.
? Xalqaro Sudoku kuni.
? Xalqaro go’zallik kuni.
? Butunjahon birinchi yordam kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Kosta-Rika ‐ Bolalar kuni.
?? Slovakiya – Xolokost va irqiy zo’ravonlik qurbonlari kuni.
?? Rossiya, ?? Ukraina ‐ Qrim urushi qurbonlarini xotirlash kuni.
?? Indoneziya ‐ Milliy sport kuni.
?? Tailand ‐ Thung Yai-Huai yovvoyi tabiat qo’riqxonalari kuni.
?? Moldova – Davlat xavfsizlik xodimlari kuni.
?? Buyuk Britaniya ‐ Favqulodda vaziyatlar xizmati kuni.
?? Braziliya – Administratorlar kuni.
?? Turkmaniston ‐ Energetika sanoati xodimlari kuni.
?? Yaponiya – Xrizantema kuni.
?? Ukraina ‐ Jismoniy tarbiya va sport kuni.
?? Ukraina ‐ Ukraina kinosi kuni.
?? Shimoliy Koreya – Mustaqillik kuni.
?? Tojikiston – Mustaqillik kuni.
?9-SENTABRDA SODIR BO’LGAN VOQEALAR:
- mil. av. 479 – Plateya jangi
- 337 – Imperator Konstantinning uch o’g’li Rim imperiyasini o’zaro taqsimladilar.
- 1141 – Qatvon jangi – Qoraxoniylar va saljuqiylarning bilashgan qo‘shini bilan qoraxitoylar o‘rtasidagi mashhur jang – bo‘lgan kun
- 1493 – Krbavedagi jang.
- 1513 – Flodden jangi – ingliz qo‘shinlari tomonidan Shotlandiya qiroli Yakov IV mag‘lubiyatga uchradi va o‘ldirildi.
- 1570 – turklar Nikosiyani (Kipr) bosib olishdi.
- 1776 – Shimoliy Amerikadagi 13 koloniya bir davlatga birlashdi, Amerika Qo‘shma Shtatlari nomi paydo bo‘ldi.
- 1801 – Sankt-Peterburgda Qozon cherkovi ochildi.
- 1801 – Boku va Boku viloyati Rossiya imperiyasi tarkibiga kirdi.
- 1835 – Fransiyada matbuotga qattiq senzura joriy etildi.
- 1850 – Kaliforniya AQShning 31-shtati bo’ldi.
- 1886 – Shveysariyaning Bern shahrida mualliflik huquqi sohasidagi birinchi xalqaro shartnoma bo‘lgan adabiy va san’at asarlarini himoya qilish to‘g‘risidagi konventsiya imzolandi.
- 1892 – amerikalik astronom E. Barnard Yupiterning beshinchi sunʼiy yoʻldoshi — Amalteyani kashf etdi.
- 1893 – Germaniyada “Shtutgart” futbol klubi tashkil etildi.
- 1905 – Rossiyada universitetlarning muxtoriyati va ularning rektorlarni tanlash huquqi toʻgʻrisida dekret eʼlon qilindi.
- 1926 – Amerikaning NBC teleradiokompaniyasi tashkil etildi.
- 1932 – Ispaniya hukumati Kataloniyaga avtonomiya berdi.
- 1945 – Xitoy-Yaponiya urushining tugashi (1937-1945).
- 1970 – “VAZ-2101” – “Jiguli” avtomobillarini ishlab chiqarish boshlandi.
- 1991 – Tojikiston o’z mustaqilligini e’lon qildi.
- 1993 – Isroil -Falastin tinchlik jarayoni: Falastin Ozodlik Tashkiloti Isroilni qonuniy davlat sifatida rasman tan oldi.
- 1996 – “Ma’naviyat va ma’rifat” nashriyoti tashkil etildi.
-1999 – Moskvadagi terroristik xurujlar natijasida yuzdan ortiq kishi nobud boʻldi.
? 9- SENTABR SANASIDA TAVALLUD TOPGAN MASHHURLAR:
- 214 – Avrelian (275) – Rim imperatori (270-275).
- 384 – Gonoriy (423) – G’arbiy Rim imperiyasining birinchi imperatori (395-423).
- 1151 – Jamoliddin Ubaydulloh ibn Ibrohim (1233) – “Abu Hanifa as-Soniy” (Ikkinchi Abu Hanifa)
nomi bilan mashhur alloma. - 1583 – Freskobaldi (1643) – italyan kompozitori va organ ijrochisi.
- 1737 – Luidji Galvani (1798) – italiyalik fizik va fiziolog, elektr nazariyasining asoschilaridan biri.
- 1852 – Poynting Jon Genri (1914) – ingliz olimi, London Qirollik jamiyati a’zosi (1888 yildan).
- 1871 – Gubkin Ivan Mixaylovich (1939) – rus geologi, Rossiya neft geologiyasining asoschisi akademik (1929).
Kun tarixi kanalidan olindi - 1908 – Odil Shokirov Sharipovich (1986) – ortoped-travmatolog, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1974). Tibbiyot fanlari doktori (1967), professor (1971).
- 1909 – Shojalilov Shoqosim (1984) – xonanda va sozanda (tanbur), O’zbekiston xalq hofizi (1950).
- 1922 – Sunnatulla Anorboyev – (2003) – Yozuvchi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1973).
- 1923 – Daniel Carleton Gajdusek (2009) – amerikalik vrach, virusolog va epidemiolog, Nobel mukofoti sohibi (1976).
- 1930 – Nadejda Rumyantseva (2008) – sovet kinoaktrisasi, RSFSR xalq artisti.
- 1953 – Alisher Usmonov – rossiyalik tadbirkor, milliarder.
- 1960 – Xyu Grant – ingliz kino aktyori.
- 1980 – Mishel Uilyams – amerikalik aktrisa, “Oltin globus” mukofoti sovrindori.
- 1985 – Luka Modrich – Xorvatiyalik futbolchi, Xorvatiya terma jamoasi va Real Madrid klubi yarim himoyachisi.