24 oktabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? BMT kuni.
? Butunjahon poliomiyelitga qarshi kurash kuni.
?? Butunjahon taraqqiyot axboroti kuni.
? Xalqaro diplomatlar kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? AQSh – Oziq-ovqat kuni.
?? Tojikiston – Kasaba uyushmalari kuni.
?? Xitoy – Dasturchilar kuni.
?? Indoneziya – Milliy shifokorlar kuni.
?? Rossiya, ?? Qozog‘iston – Halok bo‘lgan raketachilarni xotirlash kuni (1960, 1963).
?? Pokiston – Ozod Kashmir kuni.
?? Qirg‘iziston – Standartlashtirish va metrologiya xodimlari kuni.
?? Qirg‘iziston – Diplomatik xodimlar kuni.
?? Rossiya – Maxsus kuchlar kuni.
?? Zambiya – Mustaqillik bayrami.
?? Germaniya – Kutubxonalar kuni.

? VOQEALAR:

  • 1147 – Rekonkista: Lissabon xiristian ritsarlari tomonidan egallandi.
  • 1648 – Vestfaliya sulhi: Oʻttiz yillik urush yakunlandi.
  • 1658 – Molyer Lyudovik XIV bilan uchrashdi.
  • 1929 – Qora payshanba – 1929-yilgi fond bozori inqirozining boshlanishi.
  • 1935 – Moskvadagi Kreml minorasiga yulduz o’rnatildi.
  • 1939 – Neylon paypoqlar birinchi marta bozorga chiqarilib, xaridor ayollarning e’tiborini tortdi.
  • 1945 – BMT ning Ustavini 51 ta davlat imzoladi.
  • 1947 – Uolt Disney hibsga olindi.
  • 1947 – musulmon ayirmachilari Hindistonning Kashmir viloyatini mustaqil davlat deb e’lon qilishdi.
  • 1960 – Baykonur halokati (1960): Qitʻalararo ballistik raketa portlab ketdi.
  • 1962 – SSSR AQShning Kubani qamal qilishiga qarshi norozilik bildirdi.
  • 1963 – Baykonur kosmodromida R-9 raketa siloslaridan birida yong’in. 7 kishi halok bo’ldi.
  • 1964 – Shimoliy Rodeziya mustaqilligini e’lon qildi va nomini Zambiya deb o’zgartirdi.
  • 1969 – Aktyor Richard Berton aktrisa Elizabet Teylorga 1 million dollarlik olmosli uzuk sovg’a qildi.
  • 1977 – Birinchi sovet keng flyuzajli Il-86 samolyoti sinov parvozini yakunladi.
  • 1991 – Toshkent Agrosanoat birjasi tashkil etildi.
  • 1995 – O’zbekiston tijorat Bank uyushmasi tashkil topdi.
  • 1998 – Farg’ona viloyatida Ahmad Farg’oniy tavalludining 1200 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimlar bo’lib o’tdi.
  • 2000 – Misrda Kleopatraning dastxati topildi.
  • 2021 – O‘zbekistonda prezident saylovi kuni.

? TAVALLUDLAR:

  • 1546 – Tixo Brage (1601) – daniyalik astronom, munajjim va Uyg’onish davri alkimyogari.
  • 1632 – Levenguk Antoni van (1723) – golland tabiatshunosi, ilmiy mikroskopiya asoschisi.
  • 1775 – Bahodir Shoh II (18620 – Hindistondagi Boburiylar sulolasining oxirgi hukmdori.
    1784 – Bove Osip (1834) – rus me’mori, Ampir namoyandasi.
  • 1819 – Nikolay Xanikov (1878) – maxsus topshiriq bilan 1841-42-yillarda Buxoro amirligiga yuborilgan rus geografi, sharqshunosi va diplomati. 
  • 1862 – Daniel Svarovski (1956) – avstriyalik tadbirkor “Swarovski” billur imperiyasining asoschisi.
  • 1880 – Abdulaziz ibn Abdurrahmon Al Faysal as-Saud (1953) – Saudiya Arabistoni qiroli (1932-53), u tuzgan markazlashgan davlat 1932-yildan Saudiya Arabistoni deb atala boshladi.
  • 1895 – Aleksandr Frumkin (1976) – sovet fizik-kimyogari, akademik, elektrokimyoviy kinetika asoschisi.
  • 1908 – Aleksey Isayev (1971) – rus konstruktori, aviatsiya va raketa dvigatellari mutaxassisi.
  • 1911 – Raykin Arkadiy Isaakovich (1987) – aktyor, estrada artisti, SSSR Xalq artisti (1968).
  • 1914 – Sergey Starodubsev (1967) – fizik olim, Oʻzbekiston FA akademigi (1956), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1964).
  • 1932 – Pyer Jill de Jenn (2007) – fransuz fizigi, Nobel mukofoti sovrindori (1991).
  • 1941 – Mo’minov Ramizulla – fizik olim, O’zbekiston FA akademigi (2000).
  • 1960 – Nikolay Petrov (2002) – sovet va rus gitarachisi, “Nautilus Pompilius” rok guruhining a’zosi.
  • 1966 – Roman Abramovich – rus va isroillik tadbirkor, “Chelsea” futbol klubi egasi.
  • 1973 – Vensan Kandela – fransuz futbolchisi, jahon chempioni (1998) va Yevropa chempioni (2000).
  • 1985 – Ueyn Runi – ingliz futbolchisi, sardor va Angliya to’purari.
  • 1987 – Charli Uayt – amerikalik figurali uchish (muz ustida raqs) ustasi, Olimpiya chempioni (2014), ikki karra jahon chempioni.