7 noyabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro afrikalik yozuvchilar kuni.
? Xalqaro tibbiy fizika kuni.
? Xalqaro Inuit kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Rossiya – 1917-yil oktyabr inqilobi kuni.
?? Tojikiston – Tojik teatri kuni.
?? Vengriya – Venger operasi kuni.
?? Qirg’iziston – Matbuot kuni.
?? Qirg’iziston – Tarix va ajdodlarni xotirlash kunlari.
?? Belarus – Oktyabr inqilobi kuni.

? VOQEALAR:

  • 680 – Konstantinopolda VI Vselenskiy sobori ochildi.
  • 1226 – Jaloliddin Manguberdi Hilot qal‘asini qamal qilishni boshladi.
  • 1398 – Amir Temur qo‘shinlari Batnir qal‘asini qamal qildi.
  • 1631 – Pyer Gassendi birinchi marta Merkuriyning Quyosh diski orqali o’tishini kuzatgan, buni Yoxannes Kepler ilmiy bashorat qilgan.
  • 1659 – Pireney tinchlik kelishuvi tuzildi.
  • 1841 – Qo‘qon xoni Muhammad Alixon o‘z ukasi Sulton Mahmud foydasiga taxtdan voz kechdi.
  • 1891 – Amerikalik Uitkomb Leo Jadson molniyaning birinchi ma’lum prototipini patentladi.
  • 1902 – Rossiyada “Mastlar uchun qo‘nalg‘a” nomli birinchi hushyorxona ochildi.
  • 1917 – Rossiyada Oktyabr inqilobi sodir bo’ldi.
  • 1918 – Sovet Rossiyasining birinchi markalari chiqarildi.
  • 1931 – Mao Szidun Xitoy Xalq Respublikasi tuzilganligini eʼlon qildi.
  • 1940 – “Tacoma Narrows Bridge” osma ko’prigi shamol kuchi oz hisoblanganligi sababli qulab tushdi.
  • 1941 – Moskvadagi Qizil maydonda Sovet qo’shinlarining paradi bo’lib o’tdi.
  • 1941 – Nemislar bortida 7000 kishi bo‘lgan „Armeniya“ sanitar teploxodini choʻktirib yubordi.
  • 1972 – AQSh da prezident saylovlari: amaldagi prezident – Richard Nikson g‘alaba qozondi.
  • 1987 – Tunisda “Jasmin inqilobi“, Ben Ali prezident bo’ldi.
  • 1990 – Chilangar Aleksandr Shmonov bayram namoyishida Mixail Gorbachyovga o’q uzdi.
  • 1994 – «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi.
  • 1995 – Asakabank tashkil topdi.
  • 2007 – Yokela shahrida litseydagi qirg’in (Finlyandiya).
  • 2012 – Medvedkovodagi qirg’in (Moskva, Rossiya).
  • 2012 – Gvatemalada 7,4 balli zilzila sodir bo‘ldi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1413 – Kamoliddin Abdurazzoq ibn Jaloliddin Is‘hoq Samarqandiy (1482) – mashhur sayyoh, elchi va tarixchi.
  • 1414 – Jomiy (Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad) (1492) – fors-tojik shoiri, naqshbandiylik tariqatining yirik vakili.
  • 1867 – Mariya Skladovska-Kuri – fransuz fizigi va kimyogari, ikki marotaba Nobel mukofoti laureati.
  • 1891 – Dmitriy Furmanov – Sovet yozuvchisi, nasr yozuvchisi, “Chapaev” romanining muallifi.
  • 1902 – Rina Zelenaya – sovet teatr va kino aktrisasi, RSFSR xalq artisti.
  • 1903 – Konrad Lorenz (1989) – avstriyalik zoolog, etolog va zoopsixolog, Nobel mukofoti sohibi (1973).
  • 1903 – Georgiy Millar – sovet kino va teatr aktyori, RSFSR xalq artisti.
  • 1908 – Maqsud Shayxzoda – shoir, dramaturg, adabiyotshunos, tarjimon, pedagog.
  • 1911 – Nabi Rahimov (1994) – O’zbekiston xalq artisti.
  • 1911 – Gavhar Rahimova – raqqosa, baletmeyster, O’zbekiston xalq artisti (1965).
  • 1911 – Mixail Yangel – sovet olimi, raketa va kosmik texnologiyalar sohasidagi konstruktor.
  • 1913 – Albert Kamyu (1960) – fransuz yozuvchisi va jurnalisti, Nobel mukofoti sohibi (1957).
  • 1914 – Azimov Sodiq (1988) – fizik olim, O’zbekiston FA akademigi (1962), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1964).
  • 1917 – Nazarmat Egamnazarov – Shoir va jurnalist.
  • 1918 – Obid Tolipov (1994) – Oʻzbekiston xalq artisti (1978).
  • 1958 – Nabi Abdurahmonov – rejissyor, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2005).
  • 1972 – Hasim Sharif Rahman – AQShlik superogʻir vazn toifasidagi bokschi. Bir necha karra jahon chempioni.
  • 1988 -Elza Hosk – shved top modeli.