21 noyabr kun tarixi

? BAYRAMLAR

?? Butunjahon televideniye kuni.
? Butunjahon baliqchilik kuni.
? Butunjahon salomlashish kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Kanada – Milliy qizil qo’lqoplar kuni.
?? Indoneziya – Milliy baliq kuni.
?? Ukraina – Qadr va erkinlik kuni.
?? Rossiya – Buxgalter kuni.
?? Polsha – Ijtimoiy ishchilar kuni.
?? Ukraina – Havo hujum kuchlari kuni.
?? Gretsiya – Qurolli kuchlar kuni.
?? Bangladesh – Qurolli Kuchlar kuni.
?? Rossiya – Soliq organlari xodimlari kuni.
?? AQSh – Milliy tadbirkorlar kuni.
?? Venesuela – Talabalar kuni.

? VOQEALAR:

  • 1009 – Vyetnamda Li sulolasi hukmronligi boshlandi.
  • 1386 – Amir Temur qo‘shinlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrini egalladi.
  • 1404 – Ispaniya elchisi Rui Gonzales de Klavixo Samarqanddan jo‘nab ketdi.
  • 1620 – Plimut koloniyasiga asos solindi.
  • 1783 – Parijda havo sharining ilk parvozi amalga oshirildi.
  • 1806 – Napoleon Angliyaga “qit‘a qamali” e’lon qildi.
  • 1875 – Po‘latxon qo‘zg‘oloni: Mullo Qo‘shay shtabs-kapitan Ionov va unter ofitser Danilovni asirga oldi.
  • 1877 – Tomas Edison fonografni ixtiro qildi.
  • 1879 – Tomas Edison ixtiro qilgan ilk cho‘g‘lanma lampochka sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
  • 1916 – Egeya dengizida “Britanik” kemasi cho’kib ketgan.
  • 1917 – Turkiston o‘lkasi Sho‘rosining 15-21-noyabrda bo‘lib o‘tgan III qurultoyi Turkiston xalq komissarlari kengashini tuzdi.
  • 1918 – Estoniya bayrog‘i qabul qilindi.
  • 1920 – Irlandiya poytaxti Dublinda «Qonli yakshanba» nomini olgan qirg‘in bo‘lib o‘tdi;
  • 1942 – Nemislarning Paulus qo‘modonligidagi 6-armiyasi Stalingrad yaqinida qurshab olindi.
  • 1945 – Gvatemala BMTga aʼzo boʻldi.
  • 1969 – Internetning dunyoga kelishi: Kaliforniya universiteti va Stenford tadqiqotlar instituti o‘rtasida ilk ARPANET tarmog‘i ishga tushirildi.
  • 1995 Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi tashkil topdi.
  • 2002 – Bolgariya, Estoniya, Latviya, Litva, Ruminiya, Slovakiya va Sloveniya NATO tarkibiga taklif qilindi.
    -2007 – Turkiyaning Antaliya shahrida futbol bo‘yicha nogiron-amputantlar o‘rtasida o‘tgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi chempion bo‘ldi.
  • 2013 – Ukrainada prezident Viktor Yanukovichga qarshi ilk ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi.
  • 2014  – Shveytsariya prezidenti Dide Burkxalter O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
  • 2017 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini ta‘sis etish to‘g‘risida” gi qarori qabul qilindi.
  • 2017 – Zimbabve prezidenti Robert Mugabe hokimiyatdan chetlatildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1694 – Volter (Mariya Fransua ARUE) (1778) – fransuz yozuvchisi va faylasufi.
  • 1835 – Genrietta Grin (1916) – amerikalik milliarder moliyachi, o’z davrining eng boy ayoli.
  • 1910 – Izzat Sulton – o‘zbek dramaturgi, adabiyotshunos olim.
  • 1929 – Muxtor Musaboyev  – haykaltarosh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1976). 
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1945 – Goldi Xoun  – amerikalik  kinoaktrisa, film produseri va qoʻshiqchi. 
  • 1948 – Asrol Muxtorov  – ganchkor usta, naqqosh, Oʻzbekiston xalq ustasi (1999). 
  • 1948 – Mishal Sulaymon – Livanning 16-prezidenti.
  • 1965 – Byork – Islandiyalik qo’shiqchi.
  • 1972 – Devid Tua – Yangi Zelandiyalik og’ir vazn toifasidagi bokschi.
  • 1979 – Vinchenso Yakvinta – italiyalik futbolchi, jahon chempioni (2006).
  • 1985 – Xesus Navas – ispaniyalik futbolchi, jahon chempioni (2010).