17-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

1601Sizlarga taqdim etilayotgan sur’atda ixtirochi Karl Bents do’sti bilan mashinada o’tiribdi. Bizga nima aloqasi bor deyishingiz mumkin. Ammo, savolimiz shu bilan bog’liq.
Diqqat savol: bu sur’atdagi mashinaning qanday o’ziga xosligi mavjud? Shuni bizga imkon qadar aniq yozib bering!

Javob: Ixtirochi Karl Bents o’zi tomonidan patentlangan birinchi avtomobili rulida edi, Germaniya, 1886-yil.

1602. X ning reklamasi paytida x ni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o’z logotipini o’ylagan holda ikkita bir xil sondan foydalanishadi.
Diqqat savol: bilimdonlar biz sizdan “x”ni soramaymiz, siz bizga ikkita sonni aniq yozib bering?

Javob: 10 va 10. “X” esa “soat”.
Izoh: soatlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o’z logotipini strelkalar yopib qo’ymasligi uchun soat millarini 10:10 ga to’g’irlab qo’yishadi.

1603. Bu insonlar har kuni qanchadan qancha insonlarni hayotini saqlab qoladi. Ularni qahramon deyish ham juda o’rinli bo’ladi. Ammo…..
Ammo bu insonlarning kamchiligi ham bor. Ularning bu kamchiligi tufayli inson o’limi ham yuzaga keladi.
Diqqat savol: bilimdonlar bu insonlarni topgan bo’lsangiz bizga kamchiligi nimada ekanini yozib bering?

Javob: “tushunib bo’lmas xusnixat (pocherk)” bu insonlar esa “shifokorlar”

1604. Astronomiyada U atama sayyoraning yoritilgan va yoritilmagan tomonlari orasidagi chegarani anglatadi, shuningdek U nomli mashhur film ham bor. Agar siz U atamani topgan boʻlsangiz, siz menga U ni lotinchadan tarjimasini aytib bering?
Javob: tugatuvchi, nihoyalovchi
U esa Terminator atamasi edi.

1605. Diqqat savol bu narsani bir qancha turlari bor. Bular Aleksandr Mayogʻi, Alovuddinni sehrli chirogʻi va oftob kabi. Bu qaysi mahsulotni turlari ekanligini toping ?
Javob: Zajigalka. Yondirgich

1606. Ashxaobod shaxrida dunyodagi yagona boʻlgan X muzeyi faoliyat yuritib kelmoqda.
Savol: X qandek muzey ?

Javob: Gilamlar muzeyi

1607. Basketbol oʻyini tarixidagi eng boʻyi uzun inson kim boʻlgan ?
Javob: Manyut Bol

1608. Sen kimsan-ki u senga Salomlar desin,
U salomni bermas xatto Qirollar kelsin.
O’n yetti yil ota-ona o’rgatolmagan,
Biror ustoz yo’qki unga Alfa demoq o’rgatsin.
“Qaysar qizning quyilishi” pyesasida keltirilgan bu parchadagi Alfa so’zini xoh ingliz xoh o’zbek tilida ikki so’zda yozib bering?

Javob: Xayrli oqshom!
Good evening!

1609. O’tgan asrning 30-yillarida AQSH da ” Fuller Brash” kompaniyasi juda mashhur edi. Hatto o’sha vaqtlarda ekranlashtirilgan asar qahramoni ham ”Kim u ?” degan savolga ”Fuller Brash vakiliman ” deya javob beradi.
Savol: Gap qaysi asar ekranizatsiyasi haqida bormoqda?

Javob: Uchta cho’chqa bolasi.
Izoh: Hatto bolalar biladigan bu kompaniya nomini yovuz bo’ri ham o’z maqsadi yo’lida ishlatadi.

1610. Agar Buyuk Britaniya hukumati (qirolichasi) bir vatandoshimizni mashhur qilgan qo‘shig‘ini eshitsa hech ikkilanmay unga qarshi urush e’lon qiladi.
Savolimiz hazil tariqasida va tarixga oid ekanini hisobga olgan holda qo‘shiqchini va uni mashhur qilgan qo‘shiqni toping?

Javob: Oq atirgullar
Umida Mirhamidova
Izoh: 1455-1485-yillarda oq va qizil atirgullar urushi bo‘lgan. Qizillar yutgan va hozirga qadar sulola qizil atirgullarga sodiq.

1611. “Ivan Vasilevich o’z kasbini o’zgartiradi” filmidagi saxnalarning birida kichik bir detal sifatida X ni ishlatishadi. Film suratga olish jarayonida X ning qaysi turidan foydalanish borasida bahs boradi. Film ekran yuzini ko’rgandan so’ng bir yil o’tib X kompaniyasi Moskva ko’chalarida aynan o’sha saxna aks ettirilgan afishalarni reklama sifatida o’rnatadi. Yordam sifatida u sahna saroyda bo’lgan voqealar ichida epizod sifatida olingan.
Savol: X ni emas aynan qaysi kompaniya maxsuloti ishlatilganini toping?

Javob: Marlbaro

1612. Bu inson aslida tibbiyotning otasi degan nom olgan va bo’lajak meditsina soxasi vakillari xam unga qasam ichishadi endi esa kutilmagan savoll Ushbu inson kimligini topgan bo’lsangiz u Psixologiya fani hali mustaqil bo’lmasdan avval Psixologiyaga qanday muxim kashfiyotlardan birini qilib ketgan?
Javob. Temperament tiplariga asos solgan.

1613. Yaqin tarixda AQSH ning ba’zi shtatlarida bu amaliyotlarning ommalashuvi juda ko’p daxshatli baxtsizliklarga sabab bo’lgan. Asosan kichkina bolalar itlarning tajovuzidan halok bo’lishdi. Hatto xizmat vasifasidagi politsiyachilarga ham itlarning tashlanish holatlari kuzatildi. Shundan keyin Amerikada bu amaliyotni qonunan bekor qilishdi. Bu qanday amaliyot edi?
Javob. Operatsiya qilib itlarning ovoz naychalari olib tashlash.
Izoh: Ameriklar o’zlarining tinchligini o’ylab itlarining ovoz naychalarni operatsiya qilib olib tashlashardi. Ovozi yo’q it xohlagan odamga akillamasdan to’satdan tashlanadi.

1614. Deyl Karnegining fikricha: Biri faqat beradigan, ikkinchisi esa faqat oladigan insonlardan iborat X ni mustahkam deb boʻlmaydi. Bunday X lardan tuzilgan Y lar deyarli tanazzulga yuz tutadi. Bir biriga bogʻliq boʻlgan X va Y ni toping?
Javob. X- nikoh Y- Oila

1615. Nomogramma bu bir necha o’zgaruvchili funktsiyaning grafik ko’rinishi.
Savol: Sizga taqdim etilgan bu nomogrammaga eʼtibor bergan holda uni nomlang?

Javob: Ko’paytirish jadvali

1616. Amerikadagi yoqilg’i quyish shoxobchalaridan birida quyidagi yozuvni ko’rishingiz mumkin: “Chekmang! Agar hayotingizni qadrlamasangiz,……”
Savol:Nuqtalar o’rnini ikkita so’z bilan to’ldiring?

Javob: … Benzinni qadrlang

1617. X ning murakkabligi uning turlaridan kelib chiqadi. Masalan, ikkilik, uchlik, to’rtlik….. va hokazo. Lekin aynan uchligi bolaligimni eslatadi. 90-yillarda esa undan xabarlarni shifrlashda ishlatilingan va bu narsaning ommalashuvi uning ishlatilishda qulayligidan kelib chiqqan.
Savol: X nima ?

Javob: Kubik Rubik

1618. Musulmon kishidan iqtibos:
“Agar varoq bo’lganimda, Musʼhafdan bir sahifa boʻlishni istardim. Agar mato boʻlganimda joynamoz boʻlishni istardim. Agar tosh boʻlganimda……”
Savol: Musulmon kishi tosh bo’lganida nima bo’lishni istagan?

Javob: Tasbeh

1619. Nuh (alayhissalom) hayvonlarga bir marotaba nido qildi va ular kemaga chiqishdi. Insonlarga esa 950 yil da’vat qildi, biroq ular choʻkishni tanlashdi. Buning natijasida aytish mumkinki: “Sogʻlom X , kasal Y dan yaxshiroqdir” .
Savol: Nuqtalar oʻrnini toʻldiring?

Javob. Instinkt va aql!
Izoh: Insonlardagi kasal aqldan ko’ra hayvonlardagi sog’lom instinkt afzal.

1620. Roʻznomadagi bu ikki kasbni solishtirish boʻyicha olib borilgan soʻrovnomada “Birinchilarni biz tanlaymiz, Ikkinchilar bizni tanlashadi” degan fikr egasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdan. Boshqa yozuvchi esa ularni “Qarama qarshi uslubda bir ishni qiluvchilar ” kabi maʼnoga ega ta’rif bergan.
Savol: Birinchi va Ikkinchini ayting?

Javob: Oʻgʻri va siyosatchilar!
Birinchi ta’rif tushunarli. Ikkinchisi esa hamma biladigan mashxur “Oʻgʻrilar noqonuniy oʻgʻirlashadi, siyosatchilar esa qonun doirasida oʻgʻirlashadi” iboraga qaratilgan, ya’ni qarama qarshi uslubda bitta ish .

1621. “Kahf” surasidagi yigitlar………
Rasulullohga birinchi vahiy tushishi…..
Chuqur egalari qissasidagi rohib…..
Hijratdagi paygʻambar………
Savol: Shu toʻrtda voqeani birlashtirib turgan bitta soʻzni toping?

Javob: Gʻor!
Izoh: Yuqoridagi barcha voqealar g’orda sodir bo’lgan.

1622. Undan foydalanish XVII asrda ham mavjud bolgan. 1931-yilda Coca-cola kompanyasi qadog’ida u yozuv Paydo bo’lganidan bir yil o’tib, U ni ichimliklar bilan sotib ola boshlashgan. Xali hanuz Coca-cola va boshqa ichimliklar qadog’ida bu jumla turgan bo’lsada, 1970-yillarda uni sotib olish kamaya boshlangan.
Savol: yuqoridagi fakt ma’lumotlardan foydalanib “u” ni nima ekanini emas, Coca-cola qadog’ida hanuzgacha yoziladigan jumlani uch so’zda ayting?

Javob: ”Sovutilgan holda iching”

1623. Mahsulot silliq chiqishi uchun, eritilgan “Birinchi” eritilgan “Ikkinchi” bilan rezervuarga quyiladi. “Birinchi” zichroq boʻlgan “Ikkinchi” yuzasiga bir tekis tarqalganda, sovutishni boshlanadi.
Savol: Siz menga “Birinchi” “Ikkinchi” va Mahsulotni ayting)?

Javob: 1 – Shisha
2 – Qalay
Mahsulot: Koʻzgu

1624. Sandiqcha ichidagi narsani “birinchi ishlatishingda tupugingni yutgin, chunki u moxov, peslik va o’limdan boshqa barcha dardlarga foyda beradi. Undan so’ngi tupugingni xargiz yutma! Zero, u vasvasani keltirib chiqaradi.”
Savol: Sandiqcha ichida nima bor?

Javob: Misvok

1625. 1959 ning sentyabr oyida Yaponiyaga dahshatli “Vera” to’foni yaqinlashganda, barcha kemalar uning yo’lidan chiqib ketishga shoshildi. Ammo o’sha paytdagi gazetalar yozganidek, bitta “kema” buni qila olmadi.
Savol: Gazeta muxbirlari qaysi “kema” ni nazarda tutgan?

Javob: Yaponiya
Izoh: Yaponiya orol bo’lganligi
sababli muxbirlar uni kemaga õxshatishgan.

1626. Ona va bola tuya suhbati
-Oyi o‘rkach nega kerak?
-Unda suv to‘plab cho‘lda suvsizlikda qiynalmaslik uchun
-Oyi nega oyoqlarimiz uzun?
-Qumda kuymasdan tez yurish uchun
-Oyi nega kipriklarimiz uzun?
-Ko‘zimizga qum kirib ketmasligi uchun
-hammasini tushundim lekin unda nega biz…
Savol: Bo‘taloqning fikrini yakunlang?

Javob: Nega unda biz zooparkdamiz?

1627. Respublikamizda bu joy nomi kelib chiqishi haqidagi farazlarga e’tibor bering.
1. Bu joy qabila urug‘ nomidan kelib chiqqan
2. Bu joy bir afsonadagi afsonaviy jonzotning rangi nomidan olingan
3. Bu joy nomi shu afsonadagi jonzot nomidan olingan.
Savol: Xalq dostonini eslagan holda bu joyni ayting.?

Javob Qo’ng’irot

1628. Dengizlardan ovlanadigan kashalotlarni terisidan kiyim-kechak sanoatida, go’shtidan oziq-ovqat sanoatida foydalanilsa ulkan oshqozonlarini arablar katta miqdorda sotib oladi va ishlab chiqarishda o’ziga xos mahsulotlari bilan butun dunyoga kirib boradi. Ushbu mahsulot tabiiyligi jihatidan barchani o’ziga jalb qiladi.
Savol: Kashalot oshqozonidan arablar qaysi maxsulotni ishlab chiqaradi?

Javob: Mushki anbar

1629. S.M. Berk, Rumer Goden , Muhammad Haydar Mirzo, Fris Vyurtle, Pirimqul Qodirov. Bu ro’yxatni yana davom ettirish mumkin.
Savol: Ushbu ro’yxatdagilarni birlashtirib turgan hammamiz biladigan mashxur tarixiy yana bir shaxsning nomini yozing?

Javob: Zahiriddin Muhammad Bobur!
Izoh: Ushbu ro’yxatdagi yozuvchilar barchasi Bobur Mirzo haqida asar yozishgan.

1630. “Ikkinchisi huddi birinchi kabi, faqat yangi nashrda, tuzatilgan va to’ldirilgan, va yana bir-biriga juda bog’langan”.
Savol: Dantonning hayotidagi qanday haqiqat yuqoridagi jumlaning paydo bo’lishiga sabab bo’ldi?

Javob: Ikkinchi nikoh (xotini haqida).

1631. Yevropada rohibalar rohiblardan ancha avvalroq, ya’ni III asrdayoq paydo bo’lishgan. Ular biz musulmonlar uchun muhim bo’lgan bir masalaga jirkanib qarashgan. Va hattoki “Ular” ni “ilohiy dur” deb bilib, ” muqaddas avliyolik belgisi” deb atashgan.
Savol: Qaysi masalaga jirkanib qarashganini emas, “ilohiy durlar” nima ekanini ayting?

Javob: Bitlar!)
Izoh:Ma’lumki, musulmon kishi uchun tozalik, poklik g’oyatda muhim masaladir. O’rta asr Yevropasida esa yuvinishga jirkanish bilan qarashgan.
Oqibatda esa mana shunday “ilohiy durlar”ga ega bo’lishgan)
Manba: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning “Olam va odam, din va ilm” kitoblari.

1632. Ushbu sport turi birinchi marta o’tgan asr boshlarida Olimpiya o’yinlarida namoyish etildi. Xalqaro qoidalarga ko’ra, ushbu musobaqada ishlatiladigan X ning diametri 10dan 12,5 santimetrgacha bo’lishi kerak. Unda uchta belgi bor. Va bu sport uchun ajratilgan maydonning faqat bitta chizig’i bor.
Savol: Ushbu sport turini nomini toping?

Javob: Arqon Tortish

1633. Tabiatda fillar ba’zan old oyogʻini ko’taradi va bir muddat uch oyoqqa turadi.
Savol: Biologlar va geofiziklarning tadqiqotlaridan ” nima uchun ular buni qiladilar?” degan savolga javobni qizil qalpoqcha ertagini eslagan holda javob yozing?

Javob: Yaxshiroq eshitish uchun
Izoh o’rnida:
Qizil qalpoqcha:
-Buvijon, buvijon quloqlaringiz nega bunaqa katta
Boʻri:
-Seni yaxshiroq eshitish uchun!!!

1634. Arab tilini bilganlar uchun bu atamani qoʻllash oʻzini kamsitilganday his qilishi mumkin.Yaqinda diniy olim Ismda kishiga nasiba bor va yomon ismlar qadarga muvofiq kelib qoladi degan niyatda bu atamani RAIYAT deb oʻzgartirishni maslahat berganini oʻqidim. Shunda uning ma’nosi ” davlat qaramogʻidagi kishi”ga toʻgʻri keladi.
Savol: Bu atamaning hozirgi koʻrinishi yozib bering?

Javob: Fuqaro!
Izoh: Arab tilida faqir kambagʻal soʻzidan olingan fuqaro shu soʻzning koʻpligi sanaladi

1635. Ushbu film uchun eng yaxshi mukofot rejissyor uchun “Oskar” emas, balki har bir seansdan keyin uzoq davom etadigan yozuvlarda tomoshabinlarning joyidan qimir etmasdan oʻtirishlarini zavq bilan tomosha qilish edi. 6 daqiqa davom etadigan bu jarayonni ayniqsa musiqa ixlosmandlari yuqori baholashgan. Albatta, bu nafaqat rejissyorning, balki Uning qadir-qimmatidan . Filmni suratga olishdan oldin ham, rejissyor hech narsani o’zgartirmaslikka va’da berdi.
Savol: U ni bir xil harf bilan boshlangan ikki so’z bilan yozing?

Javob: Motsart Musiqasi
Izoh: Formanning “Amadeus” filmidan so’ng, tomoshabinlar har doim olti daqiqada Mozartning ilohiy musiqasini tinglashadi. Forman so’zning ustidan chiqib, butun filmda Mozartning biron bir notasini oʻzgartirmadi.

1636. Bu “ish”ni bajarish uchun buddaviyga 5ta x, katolikga 3ta x, pravoslavga 5ta x, hinduiyga va musulmonga 10ta x kerak bo‘ladi. Bu ish nima ekanini topgan bo‘lsangiz x o‘rnidagi so‘zni toping?
Javob: Barmoqlar
Gap duo qilish haqida ketyapti.

1637. Uning tarixiga nazar solinsa, ilk paydo bo’lishi davatga ya’ni nasroniy diniga davat etish uchun rohiblar tomonidan qo’llangan. Iso a.s va Bibi Maryam hayotini aks ettirib dinga chorlash, davat etish uchun hizmat qilgan.
Savol: Uni maksimal aniqlikda ayting?

Javob. Teatr

1638. Shu kunlarda “Oriyat-Dono” radiosida Xayrulla Hamidov bilan intervyu bo’lgan. Radio boshlovchi shu intervyuda “O’zbekiston 24” kanali haqida fikrini so’rarkan kanalni bir mashxur ertakdagi “makon” da tashkil etilganmi deya o’xshatish kiritadi. “O’zbekiston 24” kanalida beriladigan ko’rsatuvlardan kelib chiqib, mantiqan bu kanalni qaysi ertaknamo “makon” ga qiyoslaganini ayting?
Javob: susambil

1639. Bu metall qadim zamonlardan buyon insonlarga tanish bo‘lsada uni ko‘pincha kumush bilan adashtirishadi. Uning nomi o‘zi ko‘p uchraydigan orol nomidan kelib chiqqan. Bu metallni nomini toping?
Javob: mis

1640. Ushbu davlat Afrikadagi kam sonli rivojlangan mamlakatlardan biri bo‘lib o‘zi joylashgan materik uchun noodatiy bo‘lgan baliqchilik, dehqonchilik (sholi, tariq, bug‘doy, arpa) bog‘dorchilik yaxshi taraqqiy etgan. Ma’lumot o‘rnida shuni aytishim mumkinki bu davlat yurtimizning janubiy viloyatlarida yetishtiriladigan bir turdagi texnik ekinning vatani hisoblanadi. Ushbu davlatni nomini ayting?
Javob: Misr

1641. Ushbu so‘z arab-fors va turkiy adabiyotda kichik bir she’riy janrni ifodalaydi. Mustaqil adabiy janrni ifodalamasada ma’lum bir qonuniyat asosida ma’lum tugal ma’noni anglatishi kerak. Ushbu she’riy janrni ayting?
Javob. Misra

1642. 2017-yil 17-avgustda Toshket shaxrida o’zbek oshpazlari tomonidan rekord darajasidagi osh damlanadi. 2 yil o’tib “CENTRAL ASIA’S GOT TALENT” ta’lantlarni izlab topish va ularni qo’llab quvvatlovchi shousi Markaziy Osiyoda xayratlanarli shoularini boshlaydi. O’zbek oshpazlari o’zlarini rekord darajadagi palovlari bilan qatnasha olmagan bo’lsada, ularning bir vakili o’z chiqishi bilan xakamlar va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo’ladi.
Savol: u ishtirokchi C.A.G.T da qanday chiqish qiladi?

Javob: Eng kichik oshni damlaydi!

1643. Kosa, Asad, Gidra, Qarg’a va Sunbula yulduzlari orasida joylashgan bu yulduz nomining ma’nosi “guruhbozlik” degan ma’noni ham bildiradi. Biz bu nomni bizga tanish “qishloq”da xam ko’p uchratamiz. U qishloqda paydo bo’ldimi uning dushmani ham albatta bo’ladi.
Savol: Menga yulduz yoki “qishloq” dagini nomini aniq ayting?

Javob: sektant

1644. Bu so‘z turkiyzabon xalqlarda kishilik olmoshini anglatsa Buyuk Britaniya qirolligi Va AQSHda ma’muriy hududiy birlikni anglatadi. Yordam tariqasida shuni aytishim mumkinki bu kishilik olmoshini biz har kuni juda ko‘p marta ishlatamiz.
ushbu so‘zni ayting?

Javob: Men

1645. Farzandlar yoshi ulg‘aygani sari ular ota onalaridan asta sekin yiroqlasha boradilar. Ota bobolarimizdan qolgan iboraga asosan aynan uyli joyli bo‘lgan farzandlarga nisbatan ishlatilgan desak mubolag’a bo‘lmaydi. Bu iborani topishda qushlar olamiga tegishli bo‘lgan so‘zni eslash kifoya. Aslida bu ibora shu birgina so‘zdan iborat.
Savol :ushbu ibora yoki so‘zni toping?

Javob. Uchirma

1646. Biologlar qiziqarli faktni aniqladilar: Texas boyo’g’lisi jo’jalari yashaydigan uyga ilonning bir turini olib keladi. Shu bilan birga ular jo’jalar bilan birga uyda yashaydilar. Ayting-chi, bunday noodatiy birgalikda yashashning sababi nima?
Javob: ular indagi mayda hasharotlarni yeb uyani tozalagan .

1647. Ular hid bilmaydilar, ko’rish nisbatan zaif, lekin juda yaxshi eshitadilar. Ular bir-birlariga signal berishadi, yo’nalishlarini va ovni ultratovush bilan topishadi. Urg’ochilar deyarli har doim bir yoshda tug’adilar, egizaklar va uchliklar juda kam uchraydi. Janubiy yarimsharda ular shimoldagi qarindoshlaridan o’rtacha 1 metrga katta. Ularning tanasi ochiq kulrang va koʻk dog’lar va marmar naqshlar bilan qoplangan. Ular ?
Javob: Ko’k kit

1648. 1972-yilgi shaxmat bo‘yicha jahon chempionati finalida Robert Fisher noodatiy ish tutadi. Buning uchun unga 2ta o‘yin kifoya bo‘lib shaxmat va psixologiyani o‘zaro uyg‘unlashtiradi. Lekin bu ishi uchun AQSH hukumati uni qoralaydi. Natijada u umrini qolgan qismini muhojirlikda o‘tkazadi. Savol u 2- o’yinda qanday ishni amalga oshirgan?
Javob: Dastlabki 2 oʻyinga bormaydi!
Izoh: Dastlabki ikki o‘yinga bormagan Boris, Spasskiyning asabini buzib psixologik ta’sir ko‘rsatgan.

1649. 1984-yil Daniya va Shvetsya hamkorligida suratga olingan kitlar xaqidagi multfilmining bosh qaxramoni shunday atalgan?
Javob: Samson

1650. Turkiyani aynan shu hududida anchous (hamsi) baliqlari bilan mashxur. Hamsi balig’ini mashxur qilgan aynan o’sha yurt sotuvchilari bo’ladi. Nega deysizmi? U o’lka sotuvchilari baliqni sifatini ko’rsatar ekan bir kunda 10 lab baliqchalarni homligicha yeb ko’rsatishadi.
Savol: Turkiyaning qaysi Hududi haqida gap ketmoqda?

Javob: Samsun

1651. Bu kompanya Apple uchun amoled displeylari (ekran) larini ishlab chiqargan.
Bu qaysi kompaniya?

Javob: Samsung

1652. Bu Liverpulda joylashgan ko’cha haykali. U shaharning tarixini aks ettiradi, shuningdek, ALFA xavfi haqida ogohlantirishning ramzini aks ettiradi. Alfani ikki so’z bilan ayting?

Javob: Gen injeneriyasi ( Genlar almashinuvi )
Izoh: Hozir genlarini o’zgartirilgan har-hil maxsulotlari ishlab chiqarilmoqda agar shunday davom etsa shunga o’xshagan maxluqlar paydo bo’ladi degani
Endi nimaga aynan banan va qo’zichoq aks ettirilgan degan savolga bu Liverpul tarixiga bog’liq qadimda ularda banan va qo’zi terilari juda ommabop bõlgan ekan.

1653. XIX asrning o’rtalarida Yaponiya va inglizlar o’rtasidagi savdo aloqalari amalga oshirish uchun muloqot jarayonini Satsum knyazligining vositachiligida amalga oshirildi. Shuning uchun ular Yaponiyada “satsumi”deb nomlana boshladilar. Ularni uchta so’z bilan ayting?
Javob: Ingliz-Yapon lug’ati

1654. Angliya premyer ligasi 2019-yil Manchester United va Chelsea klublarining ilk o‘yini Old Trafford stadionida bo‘lib o‘tadi. SHarxlovchi esa yozgi tanaffusda ikki jamoaning ham juda faol bo‘lganini aytib eng X va eng Y lar to‘qnashuvida kim g‘alaba qozonar ekan deydi. Ushbu o‘yin 4-0 hisobida Manchester klubi foydasiga hal bo‘lgach X lar Y lardan kuchli ekani ta’kidlanadi. Ammo bu holat Liverpulga YCHL ni yutishiga yordam berolmaydi. Yurgen Kloppning fikricha x ham y ham kuchli bo‘lmasa natijaga erishish mushkul.
Savol. x va y larni topgan bo‘lsangiz ular qatorida doimo birinchi sanaluvchi ikki insonni ayting?

JAVOB: X -Fabio Kannavaro
Y -Lev Yashin
Izoh :X bu himoyachi. Y bu darvozabon. O‘sha mavsum ikkala klub ham transfer oynasida juda faol bo‘lib eng qimmat himoyachi Hary Mcguire va eng qimmat darvozabon Kepa Arizabalagani sotib olishadi. Liverpool esa Virgil Van Dijk bn YCHL ni yutolmaydi sabab esa Darvozabon Lores Kariusning “qovun”lari edi.
Tabiiyki darvozabonlar ichida birinchi deb ataluvchi va yagona oltin to‘p sohibi Lev Yashin va himoyachilar ichida oltin to‘p sohibi Fabio Kannavaro doimo o‘z sohalarida birinchi bo‘lib kelishgan.

1655. Insonni butun hayvonlardan yuqori qoʻygan, uni dunyoning butun sirlaridan voqif etgan toʻrt narsa bor. Kalila va Dimnada:
1. Ilm olish , savod chiqarish – hikmatga;
2. Hayo , oliyjanoblik, oʻzini qoʻlga olish – qanoatga;
3. Toʻgʻrilik , vaʼda vafo, ezgu ishlar qilmoq va hosiyatli boʻlmoq – X ga tegishli .
Savol: X-?

Javob: Adolat

1656. Odessada Sasha degan elektrik bor edi. U xar qanday nosozlikni bartaraf etib chiroqlarni yoqib bera olardi. Uni mehnatidan xursand bo’lgan odamlar ishdan keyin spirtli ichimlik bilan mexmon qilishardi. Yillar o’tib kasalxonaga yotib qolganida, ko’rgani bordik. Sashadan xol axvol so’rasak, u o’z dardini ayta turib, o’zini bir qadimiy, afsonaviy X ga qiyos qildi.
Uni gapida jon bor edi.
Diqqat savol: X ni kimligini topinglar?

Javob Prometey.
U ham odamlarga yorug’lik ulashib, zanjirband etilgan, va jigarini xar kuni qush cho’qiganini eshitgansizlar.
Sasha xam ichaverip jigari ishdan chiqib yotkanini aytib bergandi.

1657. Rossiyadagi bir maktabda 25 – may bitiruv kechasi kuni yigitlarga otalari X ni sovg’a qilar ekan. Bu bilan go’yo sen endi mustaqilsan, ozodsan degan ma’no kelib chiqarkan.
Bir personaj esa Taygada adashib qolib, X ni yeb jon saqlab qoladi.
Diqqat savol: X ni nima ekanligini toping?

Javob. Kamar.( Кожанный ремень )
Taygada och qolib kamarini bo’lib bo’lib yeb tirik qoladi.

1658. 1936-yil Germaniya mezbonlik qilgan olimpiya o‘yinlari ko‘p davlatlarning fashist davlatini tan olganini anglatar edi. Lekin doimgidek AQSH bu vaziyatda ham Gitler germaniyasiga qarshi ekanini Gitlerning aqidalariga keskin qarshi chiqish bilan ifodalaydi. SSSR buni olimpiadani boykot qilish orqali ifodalasa AQSH o‘zgacha usulda amalga oshiradi. Bu usul Panamerika va inson huquqlariga monand bo‘lsa Fashizm g‘oyasining aynan aksi edi.
Savol : AQSH hukumati o‘z noroziligini qanday ifoda etganini bir necha so‘z bilan yozib bering?

Javob. Qora tanli sportchilarni olimpiadaga olib borgan.
Tabiiyki Fashizmning eng muhim omili o‘ta darajada irqchilik va millatchilik edi. Ruzvelt buni Nemislar qora tanlilardan ham kuchli emasligini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan.

1659. XIX asr Rossiya imperiyasida yashagan yevreylar aka- uka bo’lsa ham ularni familiyasi har xil bo’lar ekan. Bir oilada 2 – o’g’il tug’ilsa uni o’g’il farzandi yo’q, qarindoshlari nomiga rasmiylashtirishar ekan. Bu bilan ular ikkinchi o’g’lini X qilishga muyassar bo’lishar ekan.
Bunday qilishiga o’sha paytdagi Rossiya imperiyasining qonunlari sabab ekan.
Bu savolga javob topishda yevreylarning yumshoq yerga yumalashni yaxshi ko’rishligini inobatga olishingizni aytib o’tamiz.
X lar zakovatchilar orasida xozir xam borligini extimoli juda ko’p.
Diqqat savol: X ni ikki so’zda ayting?

Javob: Katta o’g’il. (Yolg’iz o’g’il)
Imperiya konunlari bo’yicha katta o’g’il armiyaga chaqirilmas edi.

1660. Betxoven, Motsart bu mashxur kompazitorlarni musiqalarini O’zbekistonda hamma maktab o’quvchilari ham bilavermaydi, ajrata olmaydi. Lekin Turkiyada xar qaysi o’quvchilar bu kompazitorlarni kuylarini juda yaxshi bilishadi. Bunga sabab 1997-yildan buyon O’rta Ta’lim muassasalarida bu ishni joriy qilishganligi.
Savol: Bizning maktablarda bu ish oddiylikdan iboratligini inobatga olib “BU ISH” ni toping?

Javob: Darsga kirish , chiqish qo’ng’iroqlariga shu kompazitorlar kuylari o’rnatilgan.

1661. O’zining husn- u jamolining qadrini va yoshligining bebaholigini anglamagan yigit, bu fazilatning samarasidan bebahra qoladi. Bir keksa kishi yoshlar bilan suxbat qurganda ularga doimo shunday der edi: O’z yoshligingizning qadrini biling, undan g’ofil bo’lmang, ertaga keksalik navbati yetgach, nadomat bilan BU ISHNI qilishdan foyda yo’q.
BU ISHNI biz juda ko’p ko’rganimizni etiborga olib uni maksimal aniqlikda ayting?

Javob: Barmoq tishlash

1662. Men o’zimning his-tuyg’ularimni ifodalash uchun kichik eskizlar yaratdim … Bu mening his-tuyg’ularim kundaligini saqlash kabi, his-tuyg’ularim qanday rivojlanganligini tasvirlab berishga o’xshardi. Avvaliga bir tomchi chizdim, u qizga aylandi va bu men edim. Bu ajoyib hayajonlarni boshdan kechirdim. Keyin yana bir tomchi chizib oldim – bu esa hissiyotning sababi bo’lgan bir bola edi.
Bu so’zlar muallifi hammammizga tanish bo’lgan bir komiks asoschisi hisoblanadi.
Savol qaysi komikslar?

Javob Love is..

1663. Buyuk Britaniya qirolichasining eng ishonchli do’sti bu uning Sumkasi. U doim sumkasi bilan yuradi. Yana qiziqarli ma’lumotlarda keltirilishicha u suhbat chog’ida sumkani o’ng qo’lidan chap qo’liga olsa suhbatdan zerikkanligi belgisi,
Agar sumkani polga qo’ysa suhbat mavzusi yoqmaganidan darak berar ekan. Sumkaning ichida doimiy bo’lgan 3 narsa:
Lab bo’yog’i – Elizabeth Arden
Konfet va ”U ” bo’ladi.
Savol u nima ?

Javob: Durbin

1664. Paola Koeloning asarida qahramon bir gap aytadi.
“Bir marotoba bo’lgan ish ikkinchi marotoba takrorlanmasligi mumkin, lekin ikki martta bo’lgan ish albatta uchinchi martta takrorlanadi”.
bu so’zlar qaysi asarga tegishli?

Javob: Alkimyogar

1665. X — bu adolatsizlik qilmaslik emas, balki hattoki adolatsizlik qilib qo’yishni xohlamaslik hamdir.
©Demokrit
X ni toping?

Javob: Yaxshilik

1666. Dunyoda eng bebaho, ammo benazir tarqatiladigan xazina bor .
Bu — X
X ni toping?

Javob: Ona mehri

1667. O’rta asrlarda inkivizitsiya sudi a’zolari ularni shaytonning do’stlari va xudo qarg’agan maxluqlar deb atashgan… Injilda bu jonzotlarni ovlash va yeyish man etilgan… Hindistonda ularni qorong’u tunda yolg’iz yo’lovchini qo’rqitib, botqoqqa chorlovchi ruhlar deb hisoblashgan… Qadimgi yunonlar ularni o’liklar va soyalar hukmdori Aidning rafiqasi Persefonaga qiyoslaganlar… O’z sinfiga kiruvchilar ichida yagona bo’lgan xususiyatga ega bu mavjudotlarni ayting?
Javob: Ko’rshapalaklar

1668. XVI asrda Italiyada haftalik yangiliklar haqida xabar beruvchi varaqalar mavjud bo’lgan. Bu varaqalarni sotib olish uchun X deb nomlanuvchi tanga to’langan. Keyinchalik tanga mana shu varaqalar nomiga aylanib ketgan.
X o’rnidagi so’zni toping?

Javob: gazeta

1669. Biz hayotimiz Davomida juda ko’p telefonda gaplashamiz shunday emasmi? Misol uchun kimdir Amerika bilan yana kimdir Rossiya va hakozo..
Lekin Rechart Nikson
Qilgan qo’ng’iroq ya’ni 21•05•1969-yilda qayd etilgan bu qo’ng-iroq barcha qo’ng’iroqlardan bir jihati bilan farq qilgan ya’ni U eng Uzoq masofaga qilingan qo’ng’iroq sifatida qayd etilgan
Diqqat Savol U Qayerga qo’ng’iroq qilgan edi?

Javob: Oyga

1670. Bir tarixchining nazarida, qora qutida samimiy suhbatlar va shu bilan birga qizg’in faoliyat, Qadimgi Sharq va shu bilan birga zamonaviy Evropa, aniq fan va she’riyat, zafar va fojia, umid va umidsizlik, nihoyat. , hayot va o’lim.
Qora qutida nima bor?

Javob: Shaxmat

1671. Chechen ertaklarida kelgan topishmoqni tinglang: “Menga asal bilan pishiradigan ovqatni olib keling – u shirin bo’lmaydi, tuz bilan pishirasiz – sho’r bo’lmaydi, yog ‘bilan pishirasiz – yog’li bo’lmaydi”.
Diqqat savol u nima?

Javob: Tuxum

1672. Volter Skott romanlarida xonimlar sevimli ritsarlarini topishni niyat qilib, ularni atayin tushurib qo’yishlari yohud ritsarlar musobaqasida o’z suyuklisiga taqdim etgani bayon qilingan. Xonimlar shu yo’l bilan o’z muhabbatini g’oyibona tarzda anglatishga harakat qilishgan. Uni olishga muvaffaq bo’lgan yigit xoniming ushbu tuhfasini ko’z qorachig’idek asrab, uni qo’lga olganda yor vasli ko’z oldida namoyon bo’lgan. Shunday ekan, ularni ma’lum ma’noda muhabbat tumori deya atash mumkin?
Javob: Qo’lqop

1673. Milliy xokkey ligasining afsonaviy xokkeychisi Martin Brododan bir muxlisi dastxat oladi va o’sha kuni bu ishni qiladi.
Savol: Nima qilgan?

Javob: tatu

1674. U shu qadar ulug’vorki uning nafasidan buyuk zevsning haykali ham omon qololmas. Uning ko’rinishi ham ifori ham mavjud emasdir ammo qoldirajak izi mavjud (Ptolamey)
U ?

Javob: vaqt

1675. O’tgan asrlarda Buyuk Britanyada bu turdagi Pedagoglarni tayyorlash dargohlarida, nomzodlarni alohida imtixon qilish bilan bir qatorda, ularni barmoqlarini ham ma’lum uzunlikka qo’yib o’lchab olishgan. Qanchalik sinovlarda baland natija ko’rsatmasin barmoqlari kalta bo’lsa ularni qabul qilishmagan. Diqqat savol: Bu turdagi sinovlardan o’tgan va maxsus o’qitilgandan so’ng bu pedagoglar kimlarga dars bergan?
Javob: Kar-soqovlarga.
Logoped o’qituvchilari asosan qo’l va barmoqlar bilan dars o’tadi o’quvchilarga qaysi harakat ko’rsatilayotganini aniq ko’rsatishi uchun barmoqlar uzun bo’lishi lozim bo’lgan.

1676. Zardushtiylikdan qolgan ba’zi Udumlarga ko’ra:
Uchurma qizlarni ortidan Alfa otdilar…
Alfa-?
Safarga ketayotganlar ortidan Betta otdilar…
Betta?
Mayyitlari ortidan gamma otdilar…
Gamma?
Hamma javob bitta postda?

Javob: Tosh suv tuproq

1677. Go’rda
Eplolmayapman
Hozir…
Lekin tez emas.
Gap nimada ketayotganini anglagan bo’lsangiz oxrigini o’zimizga yod bo’lganini ayting?

Javob: 4G

1678. Quyonlar haqidagi bir zamonaviy multfilmda mobil telefon ustki tomonida U ni ko’rishimiz mumkin edi. Uni 2 ta so’z bilan ayting?
Javob: Tishlangan sabzi
Izoh: Tishlangan olma oʻrniga sabzi rasmi qoʻyilgan edi!

1679. Britaniyalik rieltorlarni kuzatishicha, X siz uylarga talab ancha past bo’ladi va bunday uylar odatdagidan 20% arzonroqqa sotilar ekan.
Savol – X ni toping?

Javob: Wifi

1680. Olimlar aniqlashicha o’simliklarda ham har xil xarakterlar bor ekan. Misol uchun atirgulga e’tibor qilib kunda maqtab turishsa o’sishi yaxshilangani aniqlangan. Bir poliz ekini esa ancha sho’x bo’lib, kuni bo’yi sho’x qo’shiqlar tinglasa yaxshi o’sar ekan.
Qaysi oʻsimlik?

Javob: Pomidor

1681. 1999-yilda asos solingan bu kichik axborot vositasiga, “Qaldirg’och”, “Elchi” “Samarqand gulshani” nomlari orasidan aynan hozirgi nomi tanlab olingan. Hozirda eng ommabob axborot vositalaridan biriga aylanganligini inobatga olib, gap nima haqida ketyotganini ayting?
Javob: Darakchi

1682. Suzib ketishga ruxsat soʻzini Fransuzcha tiliga tarjima qilsa qanday bizga tanish soʻz chiqadi ?
Javob. Passport

1683. X eng yuqori cho’qqisida ko’z yosh bilan qarshilanadi.
X-?

Javob: Kulgu

1684. Navoiyni ruboiylariga nazar solsak,
“G’urbatda g’arib shodumon bo’lmas emush”
Shu misrada “G’urbat” o’sha davrdagi ma’nosini ayting?

Javob: Shahar

1685. Julien Bendaning “Intelektuallar hiyonati” kitobida “Uni yevropalik bo’lmay turib, yevropaliklar tomonidan rag’bat ko’rgan yagona insondur degan”
U-?

Javob: Iso a.s

1686. U XIII asrda tug’ilgan. Tug’ilgan paytida unda X lar soni 4 ta bo’lgan. 1642 yili X lar 5 ta bo’ldi. XVIII asr oxirida esa Bazilio 6 – sini qo’shdi. Uning uzoq hayoti davomida lotincha, mavritancha, viuello va boshqacha nomlashgan.
Savol – U xozir qanday nomlanadi?

Javob: Gitara

1687. Taxminlarga ko’ra bu so’z “Alloh” so’zidan kelib chiqqan. Bu bola tarbiyasi uchun bitilgan Shoh asardir deya ta’rif berishgan.
Savol: bu so’zni yozib bering?

Javob: Alla

1688. Hikmatlar to’plamidan:
“ Ovqatning barakasi ovqatdan oldin va keyin bu ishni qilishdadir”. Savol bu ish deganda nima nazarda tutilgan?

Javob: Ovqatdan oldin va keyin qo’lni yaxshilab yuvish.

1689. Janubiy Amerikaning g’arbiy yoqalari Chili qirg’oqlaridan 600 km uzunliktagi orol dunyoga juda mashhur. U yerda bir insonning yashaganligi haqida aytilib ma’lumot berilgan. Bu kim?
Javob: Robinzon Kruzo

1690. Bugungi kunda Callenge lar shu darajada ko’pki 7 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan yoshu qarilar ishtirokini ko’rish mumkun. Tinib tinchimagan bloggerlar yoki vertual qiziquvchilar bir cellenge da onasini qornidagidan boshlab sal kam 100 yoshlilarni ishtirokidagi fotolarni xavola etishgan. Aynan shu chellengeni 94 yoshli ishtirokchisi kim?

Javob: Yelizaveta 2

1691. 1950-yillarda urf bo’lgan kostyumlardagi bu kichik detalning aynan nima uchun osib yurishlarini aniq ayting?

Javob: Sigaret uchun kuldon

1692. Ko’rib turganingiz 1961-yilda SSSRda chiqarilgan 1 rubllik kupyuraning old tomondan ko’rinishi.
Savol: siz bizga kupyuraning ort tomonidagi maxsus ajratilgan joyda (toʻrtburchakda) nima borligini mantiqan o’ylagan holda ayting?

Javob: 1 rublning shu davrda SSSR tarkibida bo’lgan davlatlar tilida ya’ni 14 ta tilda yozilishi.

1693. Qo’qon xonligini xarbiy-general gubernatori Mixael Skobelev Farg’onaning olimu fuzalolarini yig’ib, rus madanyatini namoish etish maqsadida ularga balet qo’yib beradi.
Ko’p ulamolar balet boshlanishi bilanoq boshlarini quyi egib, to yakunlanmaguncha yerga qarab o’tirishadi. Ularni ichida xazrat Xaziniy ham bo’lgan. Gubernatorning rafiqasi bu insonlarning e’tiqodi xurmati eridan ularni jazolamaslikni buyradi. Skobelev esa “Mayli tong otguncha xonlikni tark etsinlar” deydi. Va o’sha kecha bir mashxur g’azal dunyoga keladi.
Savol: Xalq orasida deyarli yod bo’lib xirgoya qilinadigan g’azalni uch mashxur so’zini yozib bering?

Javob: Farg’ona tong otguncha

1694. Siz ko’rib turgan bu rasm XIX asr boshlarida Yevropaning ayrim davlatlarida yer ostiga dafn qilingan tobutlarni chizma ko’rinishi. Ko’rib turganingizdak marxumlarning qo’llariga ip bog’langan. Savol bu ip tobutda qanday xizmat uchun qoldirilgan?

Javob: Tirilgan o’liklar yuqoridagilarni ogohlantirishi uchun.
XIX asrning boshlarida Evropada odamlar tabib, yoki folbin hatoligi sabab tez-tez tiriklayin ko’milib qolishlari mumkinligi malum bo’lgan. Shu sababli tobutlarda “tirilgan o’liklar” qo’ng’iroq chalishlari uchun maxsus mexanizm bilan jihozlangan.

1695. Karantin davri ko’pchilikka bir imkon bo’ldi desak adashmaymiz albatta, men ham shu kabi bazi narsalar haqida o’ylab ko’rdim va har kuni ishga borish yo’llarimni o’ylab xa U larning soni juda ko’p ekan dedimu, ammo zudlik bilan fikrimni o’zgartirdim. Keyin kulimsirab U lar asosan 2 ta xalos ekanku deb qo’ydim.
Diqqat Savol:Siz U larni topgan bo’lsangiz, Uni asosini tashkil qiluvchi 2 usulini yozib bering?

Javob: Oʻngga va Chapga burilish!
Izoh: U lar Burilishlar edi, bizning hayotimizda qancha koʻp burilishlarni koʻrmaylik barchasi chapga yoki oʻngga burilishdan iborat boʻladi.

1696. Payg’ambarimiz Rosululloh s.a.v ning vasiyatlari qayd etilgan kitobda. Motam bo’lgan oilada 3 kunga qadar qozon osmasdan azadorlarni mayitning gunohlariga kafforot bolishi uchun toat ibodat bilan mashg’ul bo’lishlari aytilgan. Lekin bir taomga ruhsat bergan. Bizning yurtimizda ham bu taom ko’p tayyorlanadi. Quvvat beruvchi ochlik xisini yoqotuvchi bu shirin taomni nomini ayting?
Javob: Holvetar

1697. Qashqirlar makoni seriali qahramoni Po‘lat Alemdar kuchli stress va holsizlik oqibatida kasalxonada 5-6kun xushsiz yotishga majbur bo‘ladi. Hushiga kelgach esa uning oldida hal etilishi kerak bo‘lgan masalalar qalashib yotardi. Jumladan dushmanlar hujumi, olib qochilgan farzand, turli guruh yetakchilari uni uchrashuvga taklif etishgan. SHunga qaramay Po‘lat Alemdar eng birinchi u joyga boradi.
Savol :aynan qayerga?

Javob: Sartaroshxona

1698. “Insonlar savob ishni har kuni qilish kerak va har kim qilish kerak”,- deb ko’p takrorlar edilar Birinchi Prezidentimiz.
Agar siz savob olish uchun “bu amal”ni qilsangiz dastlab tuya qurbonlik qilingan savobni topar ekansiz. “Bu amal”ni ikkinchi qilgan inson sigir, undan keyingi inson qo’y savobini, keyingisi tovuq va oxirgi inson tuxum savobini topar ekan.
Diqqat savol: “Bu amal” deganda qaysi ishni nazarda tutdik?

Javob: Juma namoziga borish.
Izoh: Juma namoziga birinchi borgan odamlar tuya, undan keyingilar esa sigir, qo’y, tovuq va oxirgi kelgan insonlar tuxum savobini olar ekan

1699. O‘rta asrlarda katta kichik dengiz port shaharlarda mehmonxonalar ikki toifaga bo‘lingan. Birinchi toifa rasmiy shaxslarga tegishli bo‘lib o‘z xizmatlarini faqat rasmiy hujjatli insonlarga taklif etgan. Ikkinchi toifa esa aholining quyi tabaqasiga xizmat qilsa da birinchi toifadagi mehmonxonalardan ko‘ra tez rivojlangan ya’ni boyib ketavergan. Hukumat buni bilsada oshkora qarshilik u darajada kuchli bo‘lmagan.
Buni siyosatchi va vazirlar quyidagicha izohlashgan :
Bunday mehmonxonalar bizga x larning ham kapitalini olish imkonini beradi.
Savol :X o‘rnidagi ma’lum toifa (kasb)kishilarni maksimal aniqlikda ayting?

Javob: qaroqchilar.
Izoh: Yirik mehmonxonalar rasmiy tashrif qog‘oz hujjatlariga e’tibor bergani uchun qaroqchilar u yerlarga kira olishmagan. Kichik mehmonxonalar esa bunday noqulaylikni bartaraf etib qaroqchilardan katta foyda ko‘rgan. Tabiiyki soliqni ham katta miqdorda to‘lashgan.

1700. Qatag’on davrlarda Toshkentning yovuz hokimlaridan bo’lgan Azizbek xalqqa bir turdagi soliq joriy etadi. Har oy ayni soliqni to’lash zamonida xalq juda qiyin axvolga tushadi. Bu soliqni to’lash uchun hatto eski devorlarini ham yiqitishga majbur bo’ladi. Diqqat savol: bu g’ayrioddiy soliq nomini aniq ayting?
Javob: Chayon solig’i