25-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

2401. Nepal hukumati ayollarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida, BU IShNI QILGAN erkaklarga 650 dollar miqdorida pul to’laydi. Ostap Bender ham 2 may kuni BU IShNI QILGAN (g’arazli maqsadda). Aytish kerakki, uncha-muncha yigitlar BU IShNI QILISHMAYDI. O’zbek yigitlari ota-onalarining aksariyati ham bunga qarshiligi tabiiy. BU IShNI erkaklar umri davomida sanoqli marotaba QILISh mumkin. “BU ISHNI QILISh” o’rnidagi ikkita so’zni toping?
Javob: Bevaga ( tulga ) uylanish !

2402. Yana Xitoy mahsulotlari haqidagi savol.
Rossiyaga ham o’z mahsulotlaridan ulashuvchi Xitoy mamlakati, o‘zining ham yaxshi ham yomon mahsulotlarini eksport qiladi. Rossiya chegara posponlari mahsulotning usti qismidan yomonini ham yaxshisini ham ajrata olishar ekan. Chegarachilar mahsulot etiketkasidagi qanday ajratib olishadi?

Javob: “Сделано в России” so‘zidan.
Izoh: Mahsulotlarning etiketkasiga e’tiborli bo‘lgan chegarachilar aynan shu so‘zning “д” harfiga nazar solishadi, qizig‘i shundaki aynan shu harf qolgan harflarga nisbatan satrdan pastga tushib qolar ekan.

2403. Rivoyatlarda aytilishicha it kuniga yuzta duo qilsa to’qson marta egasini umrini so‘rab, o’n marta egasining bolasini umri uchun duo qilar ekan. Otlarda esa boshqacha, to‘qson marta egasining umri uzoq bo‘lishini so‘rasa, qolgan o‘ntasida esa… 10 duosida ot nima deb duo qiladi ?
Javob: Yiqilganimda egamni bosib qolmay deb duo qilar ekan.
Mana sizga ot va itning vafodorligi.
? Tangrining yaratgan mo‘jizalari nihoyasiz.

2404. Professor E. E. Fahlman (Scott Fahlman) kompyuterda yozilgan matnni belgilash uchun birinchi marta “U”ni ishga solgan holda ketma-ket matn yozadi. Bu elektron leksikonni jiddiy to’ldirish edi. Lekin bu belgilar shu qadar ommalashdiki, hozir sizning ham qo‘lingizda U bor. U deb nima haqida gap ketmoqda?
Javob : Smayliklar.
Izoh: 1982 yil 19 sentyabrda Karnegi Mellon universiteti professori E. E. Fahlman (Scott E. Fahlman) kompyuterda yozilgan matndagi “jilmayayotgan yuz” ni belgilash uchun birinchi marta ketma-ket uchta belgini ))) qo’llashni taklif qildi. Bu esa emotsiyalarni yozuvlarda jilmayishga majbur qildi.

2405. “America’s got talent” teleko‘rsatuvida bir talant egasi sahnaga chiqadi. Odatdagidek hakamlardan biri ishtirokchiga savollar beradi… Orada shunday savol bo‘ladi.
-Hayajonlanmayapsizmi?
-Xa juda hayajondaman (gapirishidan hayajonlanganligi aniq sezilardi).
-Qani boshlang… va ishtirokchi birdan baland ovozda qo‘shiq aytishni boshlaydi.
Ishtirokchi o’z chiqishini yakunlab bo‘lgach, hakam hayratda ekanligini aytib ishtirokchiga bir mulozamatli gap aytadi.
” X dek bo‘la turib Y ga aylandingiz”.
X-Y ning o‘rnidagi so‘zlarni toping?

Javob. X – sichqon.
Y – sher.
Sichqon bo‘la turib sherga aylandingiz.

2406. X ga berilgan ta’riflardan biri: X uzoq muddat hukmronlik qilmaydigan qirolichadir! X ning telefon raqami 911 bo’lsa kerak. Balki X ning ko’rinishi Marvel qahramonlaridan birontasiniki bilan bir xildir. Diqqat savol: Mashhur bir gapda X dan ustun qo’yilgan Y ni toping?
Javob: Baxt!
Izoh: Suqrot fikricha, Go‘zallik oz muddat hukmronlik qiluvchi qirolichadir. Go’zallik dunyoni qutqaradi – deyishadi. 911 bu qutqaruv raqami. Marvel qahramonlari ham nuqul dunyoni qutqarish bilan band. Mashhur gap esa quyidagicha: Go‘zal bo‘lib tug‘ilma, baxtli bo‘lib tug’il!

2407. Bir xazilga ko’ra SAMSUNG kompaniyasi xodimlari kompaniya ichida BU ISHNI qilishlari mumkin emas ekan. BU ISH o’rnidagi ikki so’zni toping?
Javob: Olma tishlash, olma yeyish
Tishlangan olma APPLE kompaniyasini eslatadi

2408. Bir karikaturaga ko’ra o’g’ri bankga kirib seyfni buzgani hamda ochib turibdi o’g’ri kelishini oldinda bilgan bank xodimlari seyf ichiga pustoy kapilka hamda UNING mashxur rasmini ilib qo’yilgan. UNING so’zi o’rnidagi so’zni toping?
Javob. Eynshteynni rasmi bor tilini chiqargan

2409. Duplet savol
Yunon afsonalariga ko’ra ushbu maxluq qadimgi mif xudolardan biri va dev sabab dunyoga kelgan. U ulg’aygan makon Azgard xisoblanadi. Otasi Loki xiyla nayrang xudosi xisoblanadi. Ushbu maxluq miflar uchun daxshatga aylangan. U sakrasa oyga yetishi,suv ichgan ko’l sahroga aylanishi, qadam tashlashi ikki tog’ orasiga tenglashtilgan. Ushbu maxluqni yo’qotish uchun eng katta yordamni gnomlar beradi ya’niki ular USHBU zanjirni yasab uni yerting tubiga quvib yuboradi”deydi yunon afsonalarida. Endi savol menga ushbu maxluq qanday atalishini toping.

Mahluqni USHBU zanjirini yozing?
Javob: Maxluq -Fenrir
USHBU- Glepnir nomli zanjir.

2410. Bir yumoristni fikriga ko’ra “U qo’liga pichoq olib bir hayvonni quvlab ketadi” Kolombo serialida bir epizodda u eslab o’tiladi. Bizda esa U o’sha hayvon va bir shaxsni ko’rish xuzur bag’ishlaydi. Siz menga hayvonni emas U ni ayting?
Javob: Nikotin

2411. Koliforniyada o’tkazilgan “Chili kuk of” oshpazlik maxorati ko’rik tanlovida W. Suff g’olib bo’ladi. Undan ushbu ovqat siri nimada deb so’raganida” men sizlarga yoshlikdagi xotirangizni qo’zg’atish uchun qo’limdan kelganini qildim bu sirli maxsulotda jamlangan ” deydi. Oradan 1 yil o’tgach u ma’lum sabablarga ko’ra u sudlanadi va uning Sirli mahsuloti oshkor bo’ladi ushbu sirli mahsulotni ikki so’zda yozing?
Javob: Inson suti
William Suffni Reversaitlik foxishalar qotili sifatida sudlanadi. Ana sizga sirli mahlusot

2412. 5 barobar iqtisodiy foyda, 4 barobar ekologik foyda, 2 barobar dvigatel umrining uzayishi. Savol, bu foydalarni “taqdim etuvchini” toping?
Javob. Metan gaz

2413. XIX asrdagi fotografiyalarni ko’rsangiz hamma o’ta jiddiy va kulmasdan tushgan. Ularni jiddiy rasm tushishlariga bir sabab bo’lgan. Shu tufayli ular bir muncha zerikarli ko’rinishda tushishgan.
Diqqat savol: Nima sabab ular bunday suratga tushishgan?

Javob: Foto ilk bor kashf etilganligi sababli suratga olish uzoq davom etgan. Odamlar kutib turaverib jiddiylashib ketgan.

2414. She’riyatga taklif qilamiz! Qahramon o’g’illar, botir farzandlar, Aziz manglayingiz bo’lsin yaqinroq. Otalik shafqati, o’g’it va pandlar, TOSHBIBINING QALBIDAY bo’lsin sizga oq, Savol, she’rdagi “TOSHBIBINING QALBIDAY” so’zlari qaysi so’zlar bilan almashtirilgan?
Javob: Onaning sutiday
Izoh : Ushbu she’r G’. G’ulomga tegishli ekanligini bilgan bo’lsanggiz , uning ismi Toshbibi ekanligini ham bilgandursiz !

2415. 2011-yilning yoz oylarida uff.uz sayti bir maqolani taqdim qilgan edi. Unda, Ukrainadan keyin yana bir jamoa ham terma jamoamizning kuragini yerga tekkizishga muvaffaq bo’lganligi, o’rtoqlik uchrashuvi mezbonlarning g’alabasi bilan tugaganligi, 65-daqiqada kiritilgan gol yagona bo’lib qolganligi yoritilgan. Maqolaning e’tirborga molik jihati uning ajoyib sarlavhasidir. Sarlavha quydagicha edi: “Yana yutqazdik, … balandlik qildi.” Savol, 3 ta nuqta o’rnini 2 ta so’z bilan to’ldiring?
Javob: Yana yutqazdik , XITOY DEVORI balandlik qildi!

2416. Bundan bir necha asrlar oldin Yevropa zodagonlari o’z qizlariga bir narsa sovg’a qilgan. Ularning maqsadi qizlarining qomati benuqson bo’lishini istagan. Aniqrog’i bu sovg’a ularga qomatni tik tutib o’tirishni o’rganishga ko’maklashgan.
Diqqat savol: Ular nima sovg’a qilishgan?

Javob: Pianino!

2417. Afsonalarga ko’ra, Meksika davlatida ozodlik isyonlari vaqtida qo’zg’olon boshliqlari yig’ilishib, kelgusida mustaqil Meksikaning bayrog’ini qanday bo’lishini muhokama qilishadi. Qo’zg’olon boshliqlari o’sha muhokama vaqtida tanavvul qilingan narsa turibdi. Diqqat savol: nimani tanavvul qilishgan?
Javob: Tarvuz, Yashil, oq va qizil rang aynan tarvuzdan olingan degan afsona bor!

2418. “Sandi Tayms” gazetasi bundan bir-necha yil avval Angliyaning eng badavlat sportchilari ro’yxatini tuzib chiqqan edi. Unga ko’ra, 3-o’rinni sobiq avtopoygachi Jonni Damfrins 110 mln. funt sterling bilan egallagan. 2-o’rinni 125 mln., 1-o’rinni esa 190 mln. funt sterling band etgan. Savol, birinchi va 2-o’rinlarni egallagan hamkasb adashlarning kimligini aniq ayting?
Javob : 1) David Uilan ( blekbern rovers)
2 ) David Bekham

2419. Yaqinda yaponiyada bir kichik but sanam yasaldi, ammo, u boshqa haykalchalardan mutlaqo farq qiladi. U shunday vahimali, mag’rur, kuchli ko’ringani bilan unga sig’inish uchun emas, esdalik sovg’asi sifatida yasalgan. Hint sifatida, Tottenham va Barselona o’yinchilarini ismlarini birlashtirsa, nisbatan u haykalchaning ismi yaqin talaffuz qilinadi. Haykalcha kimning sharafiga yasalgan?
Javob. Balotelli
Izoh : Bale + Tello = Balotelli !

2420. 1992-yilda yaratilgan Bu film “Inson huquqlari bo’yicha islomiy komissiya”si tomonidan musulmonlar hayoti to’g’risida negativ tasavvur hosil qilish, shuningdek yovuz va hasis inson qilib ko’rsatganlikda ayblanib tanqid qilinadi. Lekin baribir film ijodkorlarining tilaklari ijobat bo’ldi: film ikkita Oskarga ega bo’di, 500 mlndan ortiq mablag’ keltrirdi va film evaziga aktyor Robin Uilyams “Oltin Globus”ga erishdi. Bu filmning bosh qahramonini ayting?
Javob. Alloviddin

2421. “Alfiya” ismi ma’nosi bilan qiziqib ismlar kitobini ochgandim. U yerda yozilishicha bu ism Arablarda “Alfi” shaklida bor ekan. Bu ism asosida “ming” ma’nosini beruvchi “Alf” so’zi yotadi. Savol: qadimda Alfi ismi qanday toifa insonlarga berilgan?
Javob. Qullarga

2422. Eng tezkor qush (parvoz nazarda tutilgan) Itelgi hisoblanadi. Uning tezligi 200 km/soatgacha boradi. Burgutlar oilasiga kiruvchi ushbu qush o’ljasini bo’g’izlab, qoni chiqqach yegani uchun uni ALFA deb atashadi.
Savol: Alfa so’zi qaysi so’z bilan almashtirilgan?

Javob: Musulmon qushi

2423. Bir kino personaji ikkinchisiga savol beradi: “Aytingchi Shvetsariyaga qanday borsam bo’ladi?” va hazilona javob oladi.
Uning javobini esa eramizning 1-asridagi mashhur bir shaxsning fikriga qarama qarshi keladi.
“To’g’riga yurasiz, … sezmaguningizcha”. Ushbu frazani 2 so’zda yakunlang?

Javob: Pulni hidini!
Shvetsariya deyilganda albatta pullarga ishora ))
Mashhur shaxs Rim imperatori Bespasiyan edi. Uning pullarning hidi chiqmaydi degan gaplari bor)))

2424. 2008-yil AQSH matbuotida quyidagi xabar paydo bo’ldi: “ Mars sayyorasiga yo’lga chiqqan havo kemasi eson-omon manziliga yetib bordi”. Ushbu maqola qaysi sanada chiqarilgandi?
Javob: 1-aprel!
Izoh: Jurnalistlar hazillashgan!

2425. Hindlar o’z tassavurlarida Yama hudosini ikki yuzli hudo deb bilishgan.Qadimgi suratlardan ma’lumki, Yama hudosi boylar bilan ko’rishganda kulgan, jilmaygan, yuzidan nur taralib turgan. Kambag’allar bilan ko’rishganda esa, qo’rqinchli tusga kirgan. Savol: Yama hudosi boylar va kambag’allar bilan qaysi “vaqtda ” ko’rishigan?
Javob: O’lim to’shagida o’lim chog’ida ko’rishgan . Ya’ni bu O’lim hudosi?

2426. Erkyul Puaro X ni yoqtirmasligi tufayli bir safar o’limdan qutulib qolardi. X butun dunyoda juda sevimlilardan hisoblanadi. Yaponlar X ni hattoki san’at darajasiga olib chiqqanlar. Bizda X ning xonalari ham bor.
X nima?

Javob. Choy

2427. Bir asar qahramoni, “Menga U juda yoqadi, chunkiy u ko’rkam,
epchil va yana bozorda qadrlidir” degan edi. Undan qadimda janglarda ham “foydalangan” ekan. Shunchalik mashhurlashib ketgan ekankiy hatto O’rta asrlarda Koreyada davlat
ishlarida ham U “qatnashgan” ekan. Xullas uni bir so’z bilan ayting ?

Javob: Toshbaqa edi.
Qahramon E.Xemingueyning “chol va dengiz” asaridan edi. Bilasiz Qadim Rimda Toshbaqa usulidan juda yaxshi foydalangan. Koreyada davlat ramzi (muhri) “toshbaqa” bo’lgan

2428. Aynan ushbu men sizga ta’riflamoqchi predmet Samuraylarda bo’lishi shart ekan. Ushbu samuraylarda bo’lishi kerak bo’lgan, predmetdan biz ham foydalanamiz, faqat ma’lum bir vaqt oralig’ida! Aytingchi gap nima haqida bormoqda?
Javob: Yelpig’ich

2429. Dastlabki ko’zoynaklar quyoshdan saqlanish yoki ko’z nurini tiklash uchun emas, balki yuzdagi emotsiyalarni yashirish maqsadida foydalanilgan.
Savol: Qaysi kasb egalari ko’zoynaklardan foydalangan?

Javob: Hakamlar yoki sudyalar
Izoh: Qadimda sudyalar (hakamlar) yuzdagi emotsiyalarni yashirish uchun ya’ni ko’zlariga qarab fikrlarini o’qib olmaslik maqsadida ko’zoynaklardan foydalanishgan.

2430. Umar Hayyomning “Navro‘znoma” asarida unga «Haq taolo insonni yuksaltirish va shaytonni past qilish uchun uni yaratgan» – deb ta’rif berilgan.
Savol: Haq taolo insonni yuksaltirish va shaytonni inson oyoqlari tagida qolib ketishi uchun nimani yaratgan?

Javob. Otni

2431. Rassom Leonardo Da Vinchini daho rassom bo‘lib tanilishiga o‘tkir aqlu-zakovati sababdir, balki. U qoldirgan risolalardagi fikrlar o‘ta kuchliligi bilan ajralib turadi. Masalan, undan shunday fikrlar qolgan: «Xa, u shaytonning quli, lekin unda go‘zal narsalar yaratish mumkin. Agar uni ishlata olsangiz. To‘g‘ri, kimdir uni bemalol ishlata oladi. Men esa uni majburlab ishlatganman.»
Savol: nimani?

Javobi: chap qo’l

2432. Sitseronning mashxur bir sitatasida aytilishicha x uyatni bilmas ekan. Unda hamma narsa bo’lishi mumkin. Shuni aytish mumkinki, x ning o’rnini hozir umuman boshqa narsalar egallab olgan. Ammo uning o’rinbosarlari huddi u kabi emotsiyalarni o’zida ifoda etolmaydi. Savol. Xni aniq ayting?
Javob: maktub edi

2433. Sten Manro ismli shaxs Tojmaxal maketini yasash uchun 170 litr yelim va 6 mln dona ulardan foydalandi. Nimani?
Javob. Zubachiskalar ya’ni tish kovlagich

2434. XX asr o‘rtalarida yashagan Roy Emerson ismli tennischi qo‘l barmoqlari va kaftining kuchli bo‘lishi uchun bir ish qilgan. Haqiqatdan ham u yordam bergan. U ish nafaqat Roy Emerson uchun mashq vazifasini o‘tagan, balki oilasi uchun ham iqtisodiy foyda keltirgan.
Savol: Roy Emerson nima bilan shug‘ullangan?

Javob: Sigir sog’gan

2435. O’rta asrlarda Fransiyada Qirolning yer-mulklari (domeni) shimolda Parijdan – janubda Orleanga qadar joylashgan edi.
O’sha paytda bir-biridan mustaqil Gersogliklar tashkil topganligini hisobga olib, Normangiya, Burgundiya, Britan, Akvitaniya gersoglari qanday ustunlikka ega edi?

Javob: Ular Qirolga nisbatan ko’proq hudud va aholiga ega edi.

2436. Rossiyada ilk ish boshlashganida ularning yumushlariga : Ko’chalarni tozalash, axlatlarni yo’qotish, botqoqliklarni quritib o’rniga boshqa bino qurish, Shahar chiroqlariga javob berish yumushlari kirgan. Ularni raqiblar asosan bir so’z bilan ataydilar, aslida bu so’z yomon ma’noni anglatmaydi aksincha ularning kiyim turini bildiradi. Diqqat savol: Ular kimlar ekanini toping?
Javob: Politsiyachilar.
1721 yilga qadar Rossiyada politsiyachilar yuqoridagi yumushlarni bajargan. Jinoyatchilar ularni MENT deb ataydi aslida MENT sozi vengercha MENTE so’zidan kelib chiqgan bo’lib Vengriyadagi ilk politsiyachilar uzun plashli kiyimda bo’lganligi sabab PLASH (PLASHLI) degan ma’noni anglatadi

2437. Dastlabki ko’zoynaklarni 1285-yili Florensiyalik shishasoz usta – Salvinyo Armati o’ylab topgan.Aynan u ko’p miqdorda ko’zoynaklar ishlab chiqarishni boshlab bergan kishi sifatida ham qayd e’tiladi.Saqlanib qolgan namunalarga ko’ra, S.Armatining ko’zoynaklari faqat shu toifa kishilari uchun mo’ljallangan ekan. O’sha toifa kishilarini yozib bering?
Javob: Uzoqni ko’ra olmaydigan kishilar! Ko’r javobi ham qabul

2438. 100 qismdan iborat ushbu serial aynan Janubiy Amerikada dunyoga kelgan. Garchi ushbu serial XX asrning ikkinchi yarmida ekran yuzini ko’rgan bo’lsada hozirgacha bu serialni qayta ko’rishni xohlovchilar topiladi. Aytingchi dramma janriga asoslangan ushbu serial bizga qaysi nom bilan tanish?
Javob: Izaura!

2439. ,,Bahorning o’n yetti lahzasi” asarida Shtirlits yo’lda ketarkan u haqida ,,aql yordamchisi, mayda-chuyda hayollardan butkul qutulish imkonini beradi” deb o’ylaydi. Hind kinosida shu nomli film ham bor. Uning ortiqchasi yo’q quvonch, yo qayg’u keltiradi. Ba’zan shoshilish uning onasiga aylanadi. Maktabda olgan bilimlaringizga tayanib uni bitta belgi orqali yozib bering?
Javob: V
Gap tezlik haqida borayapti. Fizikada u v bilan ifodalanadi.

2440. Misr Firavni Feros haqida eshitgan bo’lsangiz kerak, u yoshligida ko’ziga qum kirishi natijasida ko’r bo’lib qoladi. Oradan yillar o’tib ko’zi ko’ra boshlaydi albatta. Biroq u ko’zi ojizlik paytida kohinlarling taklifi bilan ko’zi ochiladi. Lekin unga qadar esa o’sha kohinlar keltirgan “davolash uslubini” sinov natijasida o’z ayolini xiyonatda ayblab qa’til qiladi. Aytingchi kohinlar qanday DAVOLASH USLUBI ni tavsiya qilishgan.?
Javob: Faqat o’zi eriga sodiq bo’lgan ayol peshobi bilan ko’zini yuvishni vaholanki Feros o’z ayolida ushbu usulni qo’llab ko’rganda davo topmagan natija esa sizga ma’lum.

2441. Ushbu multfilm qahramonini bilmagan odam bo’lmasa kerak. Uning amakisi, opasi, jiyanlari va albatta sevgilisi bor. Mana sal kam 80 yoshdan oshgan bo’lsa ham hali ham o’sha navqiron va yosh. Uning nomini oxirini o’zgartirsangiz Amerika davlatining ramzlaridan birining nomi kelib chiqadi. Gap qaysi aktyor haqida bormoqda?
Javob: Donald!

2442. 2018 yilda bo‘lib o‘tkan bir futbol o‘yinidan keyin ushbu o‘yinga bag‘ishlangan memlarning birida bir hayvonni unda ancha kichkina bo‘lgan ushbu turdagi hayvonning boshqa zotidagisi tishlab turgani tasvirlangan. Sizlar menga qaysi hayvon ekanini emas aynan qaysi o‘yin haqida gap ketayotganini ayting?
Javob: Germaniya va Meksika (0:1)
Izoh: Nemis avcharkasini unda ancha jussasi kichkina boshqa bir zotdagi it tishlab turgani tasvirlangan

2443. Farhod: Dunyoda ismi jismiga mos kelmaydigan mashhurlaram bora!Bazilarini ismi bazilarini familiyasi jismiga mos emas!
Misol uchun: Fransiyalik futbolchi, Jahon chempioni Petit.
Farruh: Ha to‘ppa to‘g‘ri.
Bunday mashhurdan biri o‘zimizni O‘zbekistondayam bor. Uni Petitning antonimi desayam bo‘ladi!
Diqqat savol: Farruh aynan kimni nazarda tutyapti?

Javob: Dilshodbek Kattabekov)

2444. Tasavvur qiling siz o’g’risiz! Har bir kasbning o’ziga xos sir -asrorlari bo’lgani kabi, o’g’rilik “kasbi” ning ham o’ziga xos tamoyil va sirlari bor. Siz har kungidek yarim tunda “ishga chiqishingizdan” oldin o’zingiz bilan biron bir idishda suv olib oldingiz.
Savol: Omadingiz kelsa siz bugun uyga nima bilan qaytasiz?

JAVOB. TOVUQ!
O’g’rilar tovuq o’g’irlayotganda tovuq qoqog’lab uy egasini uyg’otmasligi uchun tovuq ustiga suv sepgan. Tovuq esa yomg’ir yog’yapti deb boshini qanotlari ostiga tiqib turavergan!
(G’. G’ulomning ” Mening o’g’rigina bolam” asaridan)

2445. Hazilga ko’ra u faqat tirannazavrlar uchun mahsus ishlab chiqarilgan ekan. Savol. Uni ikkita so’z bilan ayting?
JAVOB. Selfi tayoqchasi. Trinnazavrning kalta qo’llatini eslang

2446. Hazilga ko’ra 2018 Mundialida Ushbu terma jamoaga qarshi to’p surgan jamoa o’yinchilaridan o’ta xushyorlik va oyoq ostiga ko’proq e’tibor berish kerak ekani eslatiladi. Ushbu terma jamoa o’rnida qaysi?
Javob: Kolumbiya.
Izoh: Ehtiyotkorlik oyoq ostiga qarash yerga ko’milgan minadan ogoh . Kolumbiyada porlayotgan Barselona futbolchisi Yerri Minaga atab yozilgan hazillar turkumidan

2447. D. Mertensni fikriga ko’ra u va jamoadoshlari qancha ko’p gol ursa o’z muxlislariga X ni sovg’a qilgan bilan barobar bo’lar ekan. Albatta u toifa muhlislar uchun jamoaning gollari zarurdek. X ni bir so’zda yozing?
Javob: Televizor.
Belgiya elektron tovar savdosining aksiyasiga ko’ra Televizorlar aksiya orqali sotiladi yoki kreditga beriladi. Belgiya terma jamaoai 15 tadan ortiq gol urgan taqdirda Televizor tekinga qoladi berilgan pul qaytarilib beriladi. Mundialni ko’rgani kelolmaganlar va nochor oilalar uchun xayriya aksiyasi.

2448. U odamni yoshligida Otasi shirinlik yegani qo’ymagani uchun, uydan chiqib ketgan va keyinchalik o’z uyini yaratgan va yoshi o’tayotgani ko’rib tanlov o’tqazgan 5 kishilik lekin faqat 1 kishi yutuqni qo’lga kiritishi mumkin.
Savol: Bu shirinlikni xush ko’ruvchi insoni ismini ayting?

Javob: Willy wonka!

2449. Yaqinda bir filmda katta “Baliqchi” bir necha marotaba eslanadi. Filmning yosh qahramoni xuddi katta “Baliqchi” kabi raqiblarini osonlikcha mag’lub etaveradi. Boris Spasskiy “Baliqchi” o‘yinini kompyuter o‘yiniga qiyos qiladi. Siz menga “Baliqchi” kimligini emas film qanday yozilishini ikki so’z bilan yozib bering?
Javob: Kichkina Fisher!

2450. U dengizchi bo‘lgani uchun ham chuqurlikning o‘lchov birligi atamasini o‘ziga taxallus qilib olgan. U kim?
Javob: Mark Tven

2451. U ham Oskar sovrini, ham Nobel mukofoti olgan yagona adib sanaladi?
Javob: Bernard Shou

2452. U hammomda to‘pponchadan o‘q uzishni yaxshi ko‘rgan. U otgan devorlardagi teshiklar hozirgacha saqlanib qolgan. Kim U?
Javob: Pushkin

2453. X ning chap ko’zi g’ilay, sochi qalin. Uning jannati va do’zaxi bor. Aslida, do’zaxi jannat, jannati esa do’zaxdir. Ikki ko’zi o’rtasiga ” Y ” deb yozilgan. O’qishni bilgan-bilmagan har bir mo’min uni o’qiy oladi!
X ni nomini va Y da nima deb yozilganini toping?

Javob: Dajjol, Kofir!

2454. Hozirda futbol juda rivojlanib ketdi. Masalan kartochkalar hushtak va hokazo. Siz hozir hakamning, shunday ish qurolini aytingki hakam uni 90 daqiqa o’yin davomida umuman ishlatmasin?
Javob: Tanga

2455. Eramizdan avvalgi I-asrda yashagan faylasuf, Mrk Trensiy mehnat qurollarini 3 turga bo’lgan.
1 Gapiradigan qurollar,
2 Gapirmaydigan qurollar,
3 Jonsiz mehnat qurollari?

Javob.
1) Qullar!
2) Ho’kizlar!
3) Arava omochlar!

2456. Diqqat, mumtoz asarlari bir sitata “hisoblash, mo’tadil va sanoat: o’sha o’sha kuni ertalab mening kapitalini hisoblash shuning uchun menda uch g’alaba fazilati bor, va menga tinchlik va mustaqillik berish” Aslida, “fazilatlar” so’zining o’rniga – qaysi so’z?
Javob: Uch tuz
Izoh kartalar.
Pikovaya Damadan Hermanni so’zlari

2457. Qadimgi Xitoyda shunday ibora bo’lgan: har bir X da peshona teri mavjud. Xitoyning turmush tarzi sizga ma’lum ekanini bilgan holda X ni 2 so’zda yozing?
Javob: Guruch donasi

2458. Bir hazilga ko’ra yaxshi darvozabonga yolchimayotgan Real prezidentlar shtabi Navas o’rniga U ni olib kelishni rejalashtirmoqda biroq hozirda uning qo’llariga X yopishib qolgani muammosi ko’rilmoqda siz menga Uni emas X ni toping?
Javob: Gitara.
U -Hugo Iglesios ushbu qo’shiqchini tanimaydigan odam yo’q bo’lsa kerak.
H. Iglesios sobiq Real M darvozaboni hisoblanadi. Qo’lidan qattiq jarohat olib safdan chiqgan

2459. 1933 yil oxirida yozgan maktubda Marina Tsvetayeva she’r o’rniga nasr yozishi kerakligi haqida shikoyat qildi va u shunday dedi: Men kuchli shoir bo’laman xuddi boshqalar kabi butun dunyo bo’ylab ketadigan kabi she’r yozaman. “Men shoir bo’laman” degan so’zlar bilan bir necha so’zni almashtirdik?
Javob. Men Nobel mukofotini qo’lga kiritaman.
Izoh: Men daromadlar uchun ko’chib yurishda nasrni yozishi kerak edi. 1933 yilda sovrin shoir va muhojir Ivan Bunin tomonidan qabul qilindi.

2460. San’atshunos S. B unga shunday ta’rif beradi “So’nggi kunlaringda ham men biz yoningda bo’lamiz xayr Ikki marta janob X ” X ni bizga tanish nom bilan yozing?
Javob: 20 asr
2 marta janob deb aytdi X XX esa 20 bo’ladi

2461. Bir firma reklama bannerida Biz kelajak haridorlari uchun xizmat qilamiz deyilgan. Ushbu firma nima ishlab chiqarishini yozing?
Javob: Bolalar o’yinchoqlari
Kompaniya: Citreon

2462. Savol:
Bugungi kunda ularning 50 mingdan ortiq turlari ma’lum. Masalan, ular “qurtlarni”, “otlarni” va boshqalarni o’z ichiga olishi mumkin. Eugen ilk marotaba 1989 yilda yuzma-yuz bo’lib, keyinchalik ularning qasdkor dushmani bo’ldi. Hozirda u “Ford”, “Motorola” va “Nokia” kompaniyalari bilan faol hamkorlik qilmoqda. Bu Evgeniyning nomi nima?

Javob: Kasperskiy
Izoh: Antiviruslar xaqida edi.

2463. Futbolda darvozabon formasi albatta jamoa formasidan rangi ajralib turishi kerak. Lekin 1913-yilgacha faqatgina bir detal ajratib turgan holos?
U nima?

Javob: bosh kiyim

2464. Barchaga ma’lum-ki, rivojlangan mamlakatlarda mavjud muammolarni bartaraf etishda turli yo’llar o’ylab topiladi. Bir postga ko’ra, baland binolar qurilishi natijasida hududlarni iqtisod qilish koeffitsienti yuqori bo’lar ekan. Nyu-York shahrida hozirgi paytga kelib, bo’sh yerlar muammosi kelib chiqishi boshlanmoqda ekan. Bu muammoning hal qilinishi yo’lida, bir necha yillardan so’ng, hattoki, ULAR ham ko’p qavatli bo’lishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilingan.
Diqqat savol: Tasavvur qilishimiz qiyin bo’lgan, ko’p qavatli ULAR deganda nimani nazarda tutdik?

Javob: Qabristonlar
Izoh: ​​Nyu yorkda bo’sh yer maydonlari yetishmovchiligi sabab, 2035 yildan boshlab Ko’p qavatli Qabristonlar qurish boshlanadi!

2465. Futbol
Brazilyaning mashhur mittigina o‘rmon qushchasi kim?

Javob: Garrincha

2466. Futbol
2004-2005 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, Angliyaning eng yaxshi yosh futbolchisi?

Javob: Runi

2467. FIFA talqini bo’yicha 2001 yil “Dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi?
Javob. Figu

2468. Venaga sayohat qilamiz.
“Konserthaus” konsert zaliga kirayotganingizda sizga bir turdagi maxsus tabletkalar tekinga beriladi. Qiziq-a? Lekin san’at shaydosi bo’lsangiz bu fikrda jon borligiga shubhangiz bo’lmaydi.
Diqqat savol: Sizga qanday turdagi tabletkalar berilganligini maksimal aniqlikda ayting?

Javob: Konsertni maroq bilan tinglayotganingizda kimdir yo’talib yuborsa ?, bu Sizga yoqmasligi aniq! Demak, aniq javob – yo’talga qarshi tabletkalar.

2469. «Boemiya» jurnalida adib Gabriel Garsia Markes bilan suhbat uyushtiriladi. Suhbatda berilgan savollarning brirga adib quyidagicha javob beradi- Men shu paytgacha nima yozgan bo‘lsam ularning barchasi real voqelik asosida yaratilgan. Agar bunday bo‘lmaganida asarlarim fantaziya bo‘lib qolardi. Fantaziya esa UNDA bo‘ladi. Adib fikricha fantaziya egasini toping?
Javob. Uolt Disney!

2470. Yosh diabetlarni shifokorlar insulinterapiya bilan shunday davolaganki, bu paytda diabetlar albatta vaqtincha jazavaga tushishgan. Lekin davomiy davolashlar orqali, 3-4 haftada kasallarda bu og’ir davr o’tib ketgan va natija kutilganday foyda bergan. Keyinchalik esa kasallar shirin mevalardan o’zlarini bemalol tiya olganlar.
Agar diabetlar uchun bu davr og’ir kechgan bo’lsa, shifokorlar uchun bu davr nima deb ataladi?

Javob: Asal oyi

2471. Bu so’z Ispan tilidan olingan bo’lib, o’rta asrlarda Ispaniyadagi
risarlarning mayda va o’rta tabaqasi shunday atalgan ekan.
Ispaniyaga qarshi milliy ozodlik urishiga aylangan xalq qo’zg’oloni raxbarining ismi ham shunday ekan. Shuningdek Mexsikadagi shtat ham shunday atalar ekan qadirli bilimdonlar. Endi diqqat savol shu so’zni toping?

Javob: Idalgo!

2472. Aleksandr juda baxtli inson. Uning yoshi 29 da, u ishlaydigan kompaniya juda ham katta va uning filiali butun dunyoda mavjud. Lekin u juda ko’p sayohatga chiqadi, eng qimmat samalyotlarda, eng zo’r mehmonxonalarda to’xtaydi. U hech narsa sotib olmaydi va sotmaydi, uning ishi ayg’oqchilik, tanqidshunoslik yoki reklama biznesi emas, lekin uning o’rni juda mashhur insonlar orasida, hattoki prezidentlar bilan birga. Qachonki u gapirganda hamma butun vujudi bilan butun diqqat e’tibori bilan uni eshitadi. Aytilgan joyga yetib kelganidan so’ng u vaqtini, basseynda suzish yoki do’kon aylanish bilan o’tkazadi. Oradan bir necha kun o’tgandan so’ng, u o’sha yerni tark etadi, hech bir ish qilmasdan.
Aytingchi bu qanday kasb?

Javob: Uchuvchi, Pilot!

2473. Bir rus gazetasida “Dunyodagi eng yaxshi odam kim?” mavzusida tanlov o’tkazildi. Ushbu tanlovga kelgan ikki mingdan ortiq xatlarda turli qiziqarli nomlar mavjud bo’lib, ular orasida ikkinchi o’rin 25 % foiz ovoz bilan Iso Masih egallagan. 30 % ovozni qo’lga kiritgan holda aynan U birinchi o’ringa loyiq ko’rilgan.
Diqqat savol: Balki siz ham bu fikrga qo’shilarsiz. Tanlov g’olibi U ni toping?

Javob: ONA (Ota-ona javobi ham qabul)
Izoh: Fikrimcha, O’zbekistonda bu tanlov o’tkazilsa, boshqa hech qanday shaxs ONAJON larimizga raqobat ham qila olmas edi.

2474. Bu rezina ovozli tovuq o’yinchoq bo’lib, AQSh politsiya ofitserlari, kursantlarni tayyorlov paytida shu o’yinchoq bilan sinovdan o’tkizar ekan. Bu sinov bor yo’g’i bir necha sekund vaqt oladi. Sinovdan ba’zilari o’tarkan, qolganlari esa otjimaniya>(shu so’zni o’zbekchasini bilsanglar yozib keting) qilar ekan.
Bu qanday sinov?

Javob: Kursantlarni yuz ifodasi!
Izoh: Ular har qanday vaziyatda yuzlari toshday qattiq bo’lishi kerak. Bu o’yinchoq o’zidan kulgili ovoz chiqaradi va ofitser o’yinchoq bilan turli qiliqlar qilib kursantlarni kuldirmoqchi bo’ladi. Ularni kulgi emotsiyalarini sinovdan o’tkizadi

2475. XIX asrda Angliyada bir futbol matchida tortishuv paytida hakam bitta golni hisobga olmaydi. O’sha payti futbol tomosha qilayotgan muhlis-sotuvchi shu zaxotiyoq bu tortishuvga o’z molini tavfsiya qilib yakun yasaydi. Buning oqibatida futbolning qonun qoidalariga ham o’zgarishlar kiritiladi.
U nima tavsiya qilgan?

Javob: Darvoza uchun to’r!
Izoh: 1890-yilda Liverpullik injener Brodi darvoza uchun to’r o’ylab topadi, birinchi martta 1891-yil 23-mart o’sha matchda ishlatiladi.

2476. Bilamizki Hindistonda suv quvurlari mavjud emas. Shuning uchun uning halqi Gang daryosida cho’milishadi. Bu epidemiya asosida kutilgan kasalliklarni keltirib chiqarmaydi. Hattoki issiqning +40° da ham suv o’z hususiyatini yo’qotmaydi. Doim o’zidan o’zi tozalanib turadi.
Bunga sabab nimada?

Javob. Suv ostida ma’lum miqdorda kumush bor. U suvni distirlab turadi.

2477. Gladiatorlar jangida urf odatga ko’ra, imperator mag’lub bo’lgangga nisbatan g’olibga bosh barmog’ini tepaga qilib ko’rsatsa jonini omon qoldirishi, aksincha pastga qaratib ko’rsatsa o’limga mahkum et degan ishora qiladi.
Aytingchi musht ichiga bosh barmoqni yashirib ko’rsatgani, qanday ishora?

Javob: Qurolsiz jang qilish.
Izoh: O’sha paytda bosh barmoq qilich ma’nosini anglatgan.

2478. X Myanma Ittifoqi Respublikasi (Burma) shaharlaridan birini nomi va undagi daryo ham shunday nom bilan ataladi. X hozirgi paytda insonlar uchun juda foydali hisoblanadi. Bu nom bilan Qozog’iston Respublikasining Qoragand viloyatidagi ko’l ham shu nom bilan atalar ekan. Faktlar asosida menga X ni ayting?
Javob: Basseyn

2479. Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutaffakirlarning mutaffakiri, shoir desak shoirlarning sultonidir.
Bu gaplar kim tomonidan aytib o’tilgan?

Javob: O’zbekistoning birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevch Karimov

2480. Sharafuddin Ali Yazdiy X kitobida: «Yo Alloh! Kambag’alni badavlat kishiga aylantirding», deb yozadi
X qanday kitob?

Javob: Zafarnoma

2481. Savol: “1866”, “kichik uya” “1996”, “70 da 500”, “2002 da 22 mln. Bu so’z va sonlar nimani anglatadi.?
Javob: “Nestle”.
Izoh. 1866 yil Shevetsalyada “nestle” kompaniyasiga asos solingan. Hozirda 70 ta davlatda 500 dan ortiq kompaniyasi faoliyat yuritmoqda. 1996 yil birinchi marta O’ZBEKISTON ning Toshkent shahrida nestle kompaniyasi faoliyatini boshlagan. Nestle so’zining ma’nosi shvet shevasida “kichik uycha”.
Izohga qo’shimcha 2002 yil 22 mln litr suv ishlab chiqarish texnalogiyasini yaratdi.

2482. Biologik qiymati eng yuqori mahsulot deb X tan olingan ekan. yordam uchun X ko’pchiligimizga yoqmaydi.
X nima?

Javob: Baliq yoģi!

2483. Hazil savol
Aytishlaricha u hayvon sen bilan doim ham do’st ham dushman do’stlik tarafi u doim sen bilan kechqurun 00:00 dan keyin ham ovqatlanaveradi seni yolg’iz tashlab qo’ymaydi lekin dushman tarafi sen semirib ketishinga sababchi bo’ladi
U qanday hayvon?

Javob: Mushuk
Izoh: Chunki mushuklar qizlar kabi ovqat iste’mol qilishni sevishadi lekin semirib ketishni o’ylashmaydi shu sababdan qizlarni ham do’sti ham dushmani

2484. Bu o’zbek xonandasini 1 qo’shig’ida shirin bir bolachani o’ynatgan boshqa ashulasida esa ikkita bir biridan shirin bo’lgan bolachalarni o’ynatgan va qo’shiq so’ngida ikkovi ham shirin uyquga ketgan qaysi xonandaligi esingizga kelgan bo’lsa qo’shiqlarni nomini ayting?
Javob: chicco chicito

2485. O’lchami tirnoq bilan teng meduzalar Avstraliya suvlarida suzib yuradi. Tanasida 5000 tamayda ignachalar mavjud bo’lib uning zahari kobranikidan 100 martta kuchli. Agar odamni chaqib olsa qanday vafot etadi?
Javob: Miyaga qon quyilib!

2486. Ushbu o’yin turi kattalarga ham bolalarga ham tavsiya e’tiladi. U insondagi mantiqni, diqqatni jamlashni, xotirani hamda aniqlikni kuchaytiradi. Bu o’yin bolalar uchun maxsus kichkina o’lchamda bo’ladi, kattalar uchun esa 50sm kvadratdan yuqori bo’ladi. Bu o’yinning 3D ko’rinishi ham mavjud. Bu turi ko’proq bolalarga tavsiya qilinadi. 2010 yilda uning 32256 ta elementdan iborat bo’lgani chiqarilgan. 2012 yilda esa 20×15 m bo’lgan eng katta o’lchamlisi yasalgan. Lekin ikkoviga ham teng keladigani hali mavjud emas. Diqqat savol! Bu qaysi o’yin ekanligini yozib bering?
Javob: puzzle.

2487. 100 ta sayyoh sayohatga chiqishibdi. 10 tasi ulardan Nemis tilini va Fransuz tilini bilishmas ekan. 75 tasi Nemis tilini bilishar ekan. 83 tasi esa Fransuz tilini bilisharkan! Diqqat savol: Nechta sayyoh ikkala tilni ham bilishadi?
Javob: 68 tasi!

2488. Ispaniya ayollari shu darajada erlariga vafodor ekanki, agarda baxtga qarshi ularning turmush o’rtoqlari vafot etishsa, bir kichkinagina idishcha ularning vafodorlik ramzlarini belgilar ekan. Eng qizig’i shundaki beva ayollar har safar erlarining qabriga borishganda, o’sha idishchalarini to’ldirib qaytishadi. Diqqat savol! Vafodorlik ramzi bo’lgan idishcha ichida nima bor?
Javob: ko’z yosh

2489. Syurixning “Teges Anzeiger” gazetasida chop etilgan ushbu maqolada yozilishicha, Vashingtonda olimlar va shu soha mutaxasislari o’rtasida anjuman bo’lgan va unda Aqsh aholisi odamlarining semirish, kasalligiga chalinishi ko’rib chiqilgan. Unga ko’ra agar shunday davom etaversa, 2030-yilga kelib Aqsh aholisining 42 % shu kasallikka uchrar ekan. Maqola nomi esa “… lar davlati yo’ldan adashdi” deya nomlangan. Maqoladagi nuqtalar o’rnini 3 harf bilan faqat aniq to’ldiring?
Javob: XXL
izoh: XXL eng katta kiyim o’lchovi.

2490. Bir oddiy odamga gipnoz orqali sen mashhur shaxmatchisan senga teng keladigani yo’q deya miyyasiga singdirishgan. Keyin esa unga shaxmatdagi partiyalarni yutib berishini taklif qilishadi. Buning natijasi hayratlanarli, ajoyib darajada o’z kuchini ko’rsatadi. Bundan hamma hayron qoladi.
Qanday natija edi?

Javob: Har bir partiya uchun ganorar so’ragan. Kamida 1 million $.

2491. Bir odam avtomobilini yo’lda qoldirib bir binoga kirib ketadi. Qo’lida bir chelak suv bilan qaytib chiqadi, lekin suvni avtomibiliga emas, yo’lga sochib yuboradi.
Nimaga?

Javob: U odam avtomobilini yuvmoqchi bo’ladi. Avtomobili esa o’g’irlab ketilgan bo’ladi.

2492. A. Qahhorning “o’tmishdan ertaklar” asaridan parcha
“kuzda qo’lning orqasi barmoqlar yoriladi gugurt cho’pi siqquday undan ham kattaroq bo’lib yoriladi. Buning birdan bir davosi “X”.
“X” ni o’tga toblab yoriqqa bosiladi” .(parcha tugadi)
Savol: Adib nazarda tutgan X ni ayting ?

Javob: Qora saqich!

2493. Rim Papalarining an’anaviy majburiyatlarida ramzlar bisyor. Ho’sh, masalan, sutana (diniy kiyim)larida 33 ta tugma yillar hisobi, ya’ni Iisos Xristosning yer yuzidagi yashab o’tgan davrini anglatadi. Har bir yangi Rim Papalari uchun tillo suvi yugurtirilgan alohida “baliqchi uzugi” yasaladi. Unda Petrning suvga baliq to’ri tashlanayotgani aks etadi. Bu bilan Iisos so’zlari bilan, shogirdlari inson ruhini ovchisi bo’lishsin degan ma’noda.
Bunday uzuklarni Rim Papalar o’limidan so’ng nima qilishadi?

Javob: Rim Papalari o’limidan so’ng uzuklar yo’q qilinadi.

2494. Bu sport turi 90-yillarda Olimpiada o’yin programmalaridan o’chirib tashlangan, keyinchalik esa “qisqartirilgan” holda yana qayta kiritilgan. 2016-yilda Braziliyada Fidji sportsmenlari oltin medalni aynan shu o’yinda olgan. Bunday g’alabadan so’ng yurtida ular sharafiga 7 dollarlik kupyuralar chiqarilgan.
Bu qanday sport turi?

Javob: Bu sport turi Regbi.
Izoh: Olimpiada o’yinlari Rioda aynan “regbi-7” bo’yicha bo’lgan. Bu o’yinda Avstraliya va Okean orti sportchilari ustun albatta. Lekin bu safar g’alaba Fidjichilarga nasib qiladi va antiqa kupyuralar chiqariladi. Bu kupyuralarda butun bir komanda aks etgan.

2495. 1685-yilda Monmut gertsogini rasmi chizilishi kerak edi. Ammo rassomga ishni boshlamasdan oldin igna va ip kerak bo’lib qolgandi.
Gertsogning kiyimi joyida va hech qayeri yirtiq emasligini hisobga olsak, rassomga igna va ip nima uchun kerak bo’lgan?

Javob: Uzilgan boshni tikish uchun.
Gersog ingliz taxtiga da’vo qilgan, lekin 1865-yil 15-iyulda Sedgemur jangida mag’lub bo’ldi va boshsiz qolgan.

2496. XIX-asrning 50-yillarining oxirida Londonda ikki gazli shohchadan iborat antiqa fonar o’rnatilgan. U faqatgina tuman va qorong’u paytida ishga tushgan.
Bu qanday antiqa ixtiro edi?

Javob: Svetafor

2497. Qadimda bir lofchi bo’lgan ekan. Bir kuni u bir majlisda qatnashayotgan edi. Majlisda dengizlar, baliqlar to’g’risida gap ketibdi. Shunda lofchi “Dengizda mana men bo’lganman. Baliqlarni ko’rganman, baliqlar xuddi tuyadek ikki shoxli bo’lishadi” deb qolibdi. Shunda majlisdagilarning hammasi kulib yuborib, hulosa chiqarishibdi.
Xo’sh aytingchi, lofchining gapidan keyin majlisdagilar qanday to’g’ri xulosaga kelishdi?

Javobi: Bu lofchi baliqni ham, tuyani ham ko’rmagan ekanda?.

2498. Dubayda bir millat vakillarini obrusi uncha yaxshi emas! Sababi ularni-aksariyati ko’proq o’z vadasini ustida turmaslik, egoist va moshennik bo’lgani-uchun mahaliy va kelgindi xalqlar orasida xurmati past! Diqqat sizningcha ular kimlar?
Javob: Misrliklar

2499. Ikkinchi jahon urushiga qadar AQSh HXB (Harbiy Xizmat Bo’limi)ga uchuvchi-daltoniklar qabul qilinmagan, lekin 1941-yilda vaziyat tubdan o’zgarib- ularga afzalliklar berila boshlandi.
Nimaga?

Javob: Chunki ular yashirin ob’ektlarni juda yaxshi ko’ra oladilar.

2500. Bir ayol zoodo’kondan to’tiqush olgani boradi. Sotuvchi bir to’tiqushni ko’rsatib, bu qush eshitgan so’zlarni takrorlashini aytadi. Bir necha kundan so’ng ayol, o’zini aldangan his qilib qaytadi va pullarini qaytarib olmoqchi bo’ladi. Natijada to’tiqushni uyiga qaytarib olib ketadi, pullarini esa qaytara olmaydi.
Nimaga?

Javob: To’tiqush garang bo’lgan!
Chunki to’tiqush haqiqatdan so’zlarni eshitsa takrorlaydi, agar u garang bo’lmasa. ???