28-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

2701. Alisher Navoiyning “Sab‘ayi sayyor” dostoning 6 -bobidan parcha.
Bo‘yla so‘z fanida chiqorg‘on ism
Qildi uslubini aning ikki qism
Har kishi qilmoq istasa malum
Biri mansur erur, bir mandum
Savol: baytdagi mansur va mandum so‘zlari nimani anglatadi?

Javob. Mansur -nasr
Mandum-nazm

2702. 4 ta yarim oy , har birida yana 4 tadan teshikcha .4 ta yarim oyni
4 ta toshga bandi qildim ,bandi bo‘lguncha 4 ta tosh qon yig‘ladi chunki 4 ta tishning joni bor.
Savol: Yuqoridagi jumboq ostida nima yashiringan?

Javob. Taqa
Izoh :chunki taqa yarim oy shaklida bo‘ladi va mix uchun 4 ta teshikchasi ham bo‘ladi

2703. Bu jonivor suv ichmas ekan lekin bu degani uni suvga ehtiyoji yoʻq degani emas. Bu jonzot suvni shimib suvga boʻlgan ehtiyojini qondirar ekan.
Savol: Bu qanday jonzot?

Javob. Qurbaqa.
U suvni terisi bilan shimib olarkan.

2704. Ludvig van Betxoven qiyinchilikda katta bo’lgan. Uning oilasi kambag’allikda kun kechirgan. Ludvig dastlab otasidan nay chalishni o’rganib ko’cha kuyda nay chalib pul topadi. Betxovenni turli xil musiqiy asboblarni chalishni o’rgangandan so’ng, o’zining birinchi musiqiy konsertini berishni reja qilgan edi. Konsertdan oldin Betxovenning otasi konsertga odamlarni ko’proq kelishini xohlab Betxovenga oid bir ayyorlik ishlatadi.
Diqqat Savol: Betxovenning otasi qanday ayyorlik qilgan?

Javob: Betxovenni yoshini kichikroq ko‘rsatgan.
Izox: Konsert berayotgan insonning yoshi qanchalik kichik bo’lsa, odamlar e‘tiborini shunchalik tortgan. Va natijada konsertga ko’proq odamlar tashrif buyurgan

2705. Kinoda IMITATSIYA uning taʼsirini oshirishda muhim hisoblanadi. Masalan: daryo toʻlqinini imitatorlar togʻoraga suv solib ham hosil qila olishadi. Ingichka ipak lentachani tarang tortib, chertilsa oʻq ovozi chiqadi. Kraxmal solingan qopcha kaftga olib ishqalansa, qorning qichirlashi eshitiladi.
Diqqat Savol: Imitatorlar gugurt orqali qanday ovozni hosil qilishgan?

Javob. Gugurt mikrafonga yaqin tutib chaqilganda aynan Portlash ovozini hosil qilgan.

2706. Insonga tegishli bo‘lgan Uning tarkibida milliondan bir gramm tuz, oqsil, suv va yog‘lar mavjud. Yordam tariqasida shuni aytish mumkinki, o‘ziga xos bo‘lgan uni bilishingiz uchun jinoyat olamining mutaxassisi bo‘lishingiz shart emas.
Diqqat Savol: Mazkur ta‘rif nimaga berilganligini maksimall aniqlikda yozib bering?

Javob: barmoq izlari

2707. Napaleon Bonapart o‘z armiyasining mustahkamligi va jipsligiga katta e’tibor qaratgan. Uning faoliyatida o‘ziga xosliklar ko‘p uchraydi. Shu sabab o‘z davrida uning bir ishini tanqid ostiga olganlarga javoban Napaleon: “O‘yinchoqlar odamlarni boshqaradi” deya javob bergan edi.
Diqqat Savol: O’yinchoqlar deganda u nimani nazarda tutgan?

Javob. Davlat mukofotlari, unvonlari.
Izoh: Napaleon faoliyati davomida Faxriy legion ordenini tashkil etib, uni armiyaning 1.5 mingta harbiy xizmatchisiga topshiradi, qolaversa 18 ta generalga “Fransiya marshali” unvonini beradi va u o‘zi tomonidan berilgan mukofotlarni u o‘yinchoqlar deya, bu orqali armiyani o‘ziga xos boshqarish usuli deya aytib o‘tadi.

2708. Anatol Abragam bir shaxarga naq uch hafta kira olmaganini aytadi. Va “Uch haftalik X – bu oksyumoron deb,” ta’kidlaydi.
Diqqat Savol: X o‘rnidagi o’zlashtirilgan so‘zni toping?

Javob: Karantin

2709. Bir asar qaxramonlari Cherchill juda ko’plab xatolar qilganini ta’kidlashadi. Ammo, bir personaj ba’zi o’rinda Cherchill haq bo’lganini ta’kidlagach, uni esga olishadi. Tush tabiriga ko’ra uni tushda ko’rish ishlarning rivojlanmay qolishi yoki uni egasi vafot etishini bildirishi mumkin ekan.
Diqqat Savol: Tush tabiri nima Uni toping?

Javob. Buzuq, to’xtab qolgan soat.
Izoh: Buzuq soat ham kunda 2 marta vaqtni to’g’ri ko’rsatadi.

2710. Ular butunlay o’z funksiyasini yo’qotmagan. Masalan, yugurush vaqtida Ular balans ushlash va xatto rul vazifasini ham bajaradi. Bundan tashqari ular kelajak avlod vakillarni saqlashda ham katta axamiyatga ega.
Savol: Ularni ikki so’z bilan ayting?

Javob. Tuyaqush qanotlari
Izoh. Qanotlarning asosiy funksiyasi parrandani yerdan ko‘kga ko‘tarishdir. Tuyaqush qanotlari esa bu funksiyani bajarmay qo‘ygan, ammo tuyaqushlar qanotlari yordamida boshqa turli ishlarni amalga oshirishadi, qo‘shimchasiga ular tom ma’noda polaponlarini o‘z qanotlari ostida parvarishlaydilar.

2711. Oson savollar turkumidan.
Yanvar , fevralda bo‘ladi.
Shu bilan uni avgustda ko‘ramiz.
Gap nima haqida ketayapti?

Javob: V harfi

2712. Uni faylasuflar boshi va oxiri yo‘q abadiylik timsoli deb ta‘riflashadi.
BA‘ZI insonlar uni cho‘ntakida olib yurishadi.
Bu nima ?

Javob: Nikoh uzugi

2713. Dunyoda shunday bir maxsulot borki , bu maxsulot dunyodagi 2 davlatdan boshqa barcha davlatdan topishingiz mumkin.
Bu davlatlar Shimoliy Koreya va Kuba
Bu qaysi maxsulot?

Javob: Coca cola

2714. Lolalar ko‘pchilik xush ko‘radigan gullar sirasiga kiradi. Uni tinchlik ramzi sifatida qadirlaymiz. Ajablanarlisi shundaki , ikkinchi jahon urushida ham lolalarning qadri baland bo‘lgan.
Nima uchun?

Javob. Piyozidan oziq sifatida
foydalanganligi uchun

2715. Britan organizatsiyasi “Action on Smoking” ning xabar berishicha, bu narsaning ommalashuvi O‘SMIRLAR o‘rtasida chekishni 19% ga kamaytirib yubordi. Avval o‘smirlar kattalarga o‘xshash uchun sigaretga ruju qo‘ygan. Hozir esa huddi shu maqsadda ular boshqa narsaga ruju qo‘yishdi va bu oddiy hol sifatida qaralmoqda.
Bu nima bo‘lishi mumkin?

Javob: qo’l telefoni

2716. U haqiqatning onaizori va doyasidir. Haqiqat u bilan tirik.
Haqiqatning tirikligiga sabab bo‘ladigan narsa nima?

Javob. Tanqid

2717. Tibbiyot mutahasislarining fikricha, u predmet sizni kundalik shok xolatiga tushuradi. Kundan kun unga ko‘nikib, tabiiy zavq hissi sizni tark eta boshlaydi.
Asabiy va darg‘azab bo‘lishingizni tezlashtirar ekan. Hozir turli davlatlarda turli ko‘rinishda ishlab chiqarilmoqda. Ammo bizning ongimizda u serjahil ko‘rinishda saqlanib qolgan.
Nima u ?

Javob. Budilnik

2718. Kitob odamni bilag‘on qiladi. Suhbat topqir qiladi. Yozib olish-chi?
U insonga nimani o‘rgatadi?

Javob. Aniqlikni

2719. Bilamizki alifboda “а” harfidan boshlanadi . Lekin shunday harflar jadvali borki “ш” harfidan boshlanadi.
bu alifbo jadvalini qaysi?

Javob. Galovin jadvali.
Ya‘ni ko‘z o‘tkirligini o‘lchaydigan
jadval edi.

2720. Ketishini xohlamaymiz, lekin asta sekin yo’qotib quyamiz..
Unga yetay deganimizda uni butunligiga ishonchimiz qolmaydi..
Lekin hayotda uni umuman topmaganlar ham yo’qotmaganlar ham yo’q emas.
U nima?

Javob: Sog’liq

2721. ILGARI masjidlarda azon aytish uchun baland minoralarga chiqilardi. Aksariyat xolarda azon aytish ko‘zi ojizlarga ishonilar edi.
Nimaga minoraga chiqib aytiladigan azonni ko‘zi ojizlar aytishgan?

Javob. Ko‘zi ojizlarni qo‘yishiga sabab, hovlida yurgan ayollarni ( nomaxram ) ko‘rmasligi uchun.

2722. Bir hazilda aytilishicha Haqiqat egiladi, bukiladi va hatto sinishi ham mumkin ekan, Agar ALFA bo‘lsa,
Hatto hozirgi kunning dolzarb mavzusi hisoblangan Koronavirusni ALFA ekan deb hazillashyaptilar.
Savol Alfani bir necha o‘zbekcha bo‘lmagan so‘zlar bilan yozib bering?

Javob. Made in china

2723. Dunyoda shunday bir jonzod bor. Bu FIL. Bu hayvon boshqa hayvonlar qila oladigan bitta ishni qila olmaydi. Bu nima?
Javob: Sakrayolamaydi

2724. 1910-yilda Charli Chaplin AQSh bo‘ylab gastrolga chiqadi. U o‘zi borgan bir shahar haqida aytarkan, shahardagi hatto eng arzon mehmonxonalar ham yangidan qurilgan ekanini ta’kidlagan.
Diqqat Savol: Bu qaysi shahar edi?

Javob. San Fransisko.
Izoh: Odatda aksariyat mehmonxonalar tarixiy bo’lishadi. Bunda esa Bir necha yil oldin shaxarda ro’y bergan yirik zilzila deyarli barcha binolarni yakson qilgandi.

2725. Afrikaning eng qadimgi davlatlaridan biri bo‘lmish Efiopiyaning poytaxti tez-tez o‘zgarib turgan .Poytaxt 1883 yilda Avstraliyadan EVKALIPT daraxtlari olib kelingandan buyon o‘zgarmay kelmoqda .
Savol: Addis-Abebaning poytaxt bo‘lib qolishiga Evkalipitning qanday xususiyati yordam bergan?

Javob. Evkalipt juda tez o’sadigan daraxt.
Izoh: Avvallari qayerda daraxt ko’p bo’lsa o’sha joy poytaxt bo’lgan. Daraxtlar o’tinga kesilib ketavergach, daraxtlar tugagach , poytaxt ham o’zgargan. Avstraliyadan Evkalipt olib kelishib, Addis-Abebaga ekilavergan. Daraxt bu yoqdan kesilib, u yoqdan o’savergan. Daraxt tugamagach, poytaxt ham o’zgarmay qolgan.

2726. Charli Chaplin
U meni eng yaqin do’stim chunki men unga qarab yig’laganimda u hech qachon menga qarab kulib turmaydi.
Savol :Charli Chaplin nimani eng yaqin do‘stim degan?

Javob. Oyna( ko’zgu)

2727. Ukrain xalq maqolida aytilishicha , ertalab …. bilan uyg‘ongandan ko‘ra, kechki ovqatsiz uxlagan yaxshi. Bu maqol ham sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladi ,ham rejali bo‘lishga davat etadi.
Savol:Uch nuqta o‘rnidagi so‘zni ayting?

Javob. Qarz
Ertalab qarz bilan uyg‘ongandan ko‘ra ,kechasi och uxlagan yaxshi.

2728. Noziktab rassom Rembrantning fe‘l-atvori juda ham og‘ir bo‘lgan.Boshqalar bilan til topishishda anchagina muammolari bo‘lganligi uning asarlarida ham aks etib turadi.
Savol: uning muammosi asarlarida qanday aks etgan?

Javob. Rembrant portretchi bo’lgan. U hamma bilan urushib qolavergan. Portretchi esa kimgadir qarab chizishi kerak. U boshqalar bilan yaxshi chiqisha olmagani uchun uyiga katta ko’zgu olib kelib o’rnatib, ma’lum bir muddat faqat avtoportretlar chizgan. Buni portretlarda o’zini ko’p chizganidan ham bilish mumkin.

2729. Charlz Dikkens yozadiki, bir qishloq mehmonxonasida noto’g’ri moslashtirilgan ular sababli, filga yo‘lbarsning orqa oyoqlari tushib qolgan bo’lsa, arslonga xartum va qoziq tishlar to’g’ri kelib qolgan.
Diqqat Savol: Ularni toping?

Javob. Gulqog‘oz (oboy)

2730. Bu film haqida gapiradigan bo’lsak, u 1979-yil suratga olingan. Negadir bu filmni ko’pchilik BOSHQACHAROQ nomda ataydi. Lekin ushbu filmni tomosha qilsangiz asl nomini ekranlarda ko’rishingiz mumkin.
Diqqat Savol: Ushbu o‘zbek filmini asl nomini yozib bering?

Javob. Chinor tagidagi duel
(Ostidagi)

2731. Tijorat banklari 2008 yilgi inqirozdan keyin qarz oluvchilarga qo‘yiladigan talablarni kuchaytiradilar. Endi kredit berishdan oldin bank mutaxassislari kreditga da’vogar kompaniya hududiga borishgan. Da’vogar joylashagan joy, moliyaviy xujjatlar yanada diqqat bilan o‘rganilgan. Ba’zan ofis stollarida UNI bor yoki yo‘qligi tekshirilgan. Agar U mavjud bo‘lsa, kredit katta ehtimol bilan berilmagan.
Diqqat: UNI qisqa so‘z bilan yozib bering?

Javob. Chang
Izoh :Agar stollarda chang bo‘lsa, ehtimol ofis ishlamayapti.

2732. Agar sigirlarning o‘tlash jarayonini kuzatadigan bo’lsak, nima uchundir ular temiryo’l relslari bo’ylab o‘tlashni xush ko’rishni kuzatishimiz mumkin.
Diqqat Savol: Bunga nima sabab bo’lishi mumkin?

Javob: Temiryol relslarini antikarroziya maqsadida neft smolasi surtishadi. Bundan chiqqan xid pashsha chivinlarni qochiradi. Bundan esa sigirlar xuzurlanib otlashadi

2733. Tomas Gekslining fikricha inson miyyasi faqat tashqi ta’sirdan keyin ishlay boshlaydi, ya’ni inson ongi vujudga kelishiga tashqi omil sababdir. Bu holatni Geksli mo‘jizaga o‘xshatadi va ikki ertak qahramoni bilan bir predmetni eslaydi.
Savol: Menga ertak qahramonlari va predmetni aytib bering?

Javob. Alovuddin Jin va shamchiroq.
Izoh. Geksli Inson ongini – Jinga, miyyani Shamchiroqqa va tashqi ta’sirni Alovudinning shamchiroqni ishqalashiga o‘xshatgan.

2734. Barchaga ma’lumki, ro‘za riyodan eng xoli bolgan ibodat, boshqa ibodatlarda odamlar bandaning ibodatiga guvoh bo’lishi ehtimoli yuqori, ammo ro‘zada tashqaridan qarab, uning ro‘zador ekanligini bilish qiyin. Mashoyixlar aytadiki, ro‘zador issiq va tashnalikdan hosil bo’ladigan bir holatni bekitib yurmasa, shu arzimagan holatdan ham boshqalar uning ro‘zador ekanligini bilib qolib, ro‘zasining savobi kamayib qolishi mumkin ekan.
DiqqatSavol: o’sha holatni aniq ayting?

Javob. Lab qurishi

2735. Pushkin bir safar balda knyagina Goncharova oldiga kelib, uni raqsga taklif qiladi. Knyagina undan balandroq edi, shuning uchun shoirga yuqoridan pastga nazar solib, kinoya bilan:
-Janob, kechirasiz, ammo menga bola bilan raqsga tushish noqulay, deydi.
Pushkin:
-Kechirasiz, xonim…
Diqqat savol: Pushkin javobini mantiqan yakunlang?

Javob. -Kechirasiz, xonim, homilador ekanligingizni bilmabman.

2736. Vohaga qatnovchi taksichilar yo’l davomida har qanday joydan o’ziga xoslik topib, qiziq nomlar qo’yib olishgan. Jizzaxdagi dovonlar orasining ushbu taksichilar orasidagi nomi bir mashhur xorij seriali nomidan bitta harfga farq qiladi.
Diqqat savol: Ushbu nomni 2 so’z bilan aniq yozib bering?

Javob. “Qurtlar(Kurtlar) vodiysi”
Izoh: Ushbu joyda eng ko’p sotiladigan mahsulotlar asal va qurt hisoblanadi

2737. Qirol Rama I Tailand tarixida o’chmas iz qoldirgan hukmdor hisoblanadi va uning hayoti haqidagi ma’lumotlarni bilish har bir tailandlikning burchi.
Shu tufayli bo’lsa kerak, uning faoliyati bilan bog’liq sanalar Tailanddagi ayrim restoranlarda U sifatida ishlatiladi.
Diqqat savol:Uni 2 so’z bilan yozib bering?

Javob. Wi-fi kodi.
Izoh: Wi-fi kodlari odatda 8 ta raqamli bo’ladi. 1737-1809 qirolning tug’ilgan va vafot etgan sanalari

2738. Kamyuni yozishicha vabo shaharga kirganda eng birinchi bo‘lib .Ushbu kasb egasi vafot etadi..
Savol :Kamyuning falsafasidan kelib chiqib aytingchi ushubu kasb egalari kimlar?

Javob. Kamyuning fikriga bu kasb egalari Darvozabon ya’ni darvozani ochib yopadiganlar

2739. XX asr jahon progressiv she‘riyati namoyondasi Raymon Keno ijodidan.
Agar tanamni o‘z qo‘lim bilan
Tobutga qo‘ya olsam
Bu mening g‘alabam,yutganimdur
Agar o‘z qabrimga majnuntol ekmoq nasib etsa menga,
Qabrim gullariga suv quya olsam
O‘yinning g‘olibi deyavering meni,
Garchi bilmasamda ,neni yutganim.
Shoir bu she‘rning sarlavxasini inson tabiatidan paydo bo‘lgan salbiy so‘z bilan atagan .
Savol: She‘rning nomini toping?

Javob. Xudbinlik

2740. Ko‘pgina yirik paypoq tikish fabrikalari buyurtma asosida maxsulot ishlab chiqaradi.Deylik 100 juft paypoqqa 1 raqami, yana boshqa partiyaga paypoqlar juftliklariga 2 raqami, keyingilariga 3 yo 4 raqamlari qo‘yib tikiladi. Raqamlar soni uncha ko‘p bo‘lmaydi.
Savol:Buyurtmachilar kimlar va raqamlar nimani bildiradi?

Javob. Ko‘zi ojizlar uchun. Raqamlar esa ranglarni anglatadi

2741. She‘riy topishmoq
Ummon osha keldi ikki zot,
Biri g‘anim,birisi mehmon
Mehmonini ko‘kka ko‘tarib ,
G‘animini qiramiz chunon.

Yani okean ortidan kelgan bu ikki narsaning biri yaxshi, ikkinchisi yomon, Yaxshisini boshimizga ko‘tari , yomonini kimyoviy dorilar bilan bo‘lsa ham qiramiz.
Savol:Ummon o’sha kelgan ikki zot nimalar ekanini toping?

Javob. Kaliforniya navli terak
Kalarado qo‘ng‘izi

2742. Ahmad Lutfiy Qozonchining
O‘gay ona asaridan.
Quyoshni bahorni boshi va kuzni ohirida har doimgidan ham ko‘proq suyamiz . Odamlar ilk bahor quyoshini askarlikdan qaytgan o‘g‘linikutgandek kutishadi.
Savol :Odamlar kuzgi quyoshni qanday kutishadi?

Javob. Bayram ta’tilida kelgan mehmon loqal bir kunga qolishini istaydigan suyukli farzand

2743. Angliya qonunlariga ko’ra avtomobilda xarakatlanayotgan haydovchilar hayvonlarni urib yuborganda qattiqroq jazoga tortilishar ekan odamlarni urub yuborganga qaraganda. Ularning fikricha hayvonlar mashinalarga qarshi himoyasizroq ekan.
Savol : Nima uchun hayvonlar odamlarga nisbatan himoyasizroq ?

Javob. Hayvonlar yo’l qoidalarini bilishmagani uchun ular mashinalar oldida himoyasiz.

2744. Katoliklarda besh qirrali yulduz ya’ni ,,Pentakl” shayton ramzini anglatgan. ” Da Vinchi siri” asarida esa Xristian dinidan avvalroq paydo bo’lgan majusiylik dinida besh qirrali yulduz X ning ramziy belgisi hisoblangan deyiladi.
Savol : Majusiylik dinida besh qirrali yulduz nimaning ramziy belgisi hisoblangan ?

Javob: Muqaddas Ayollik ibtidosi ramzi (Mabuda)

2745. Mashhur rassom Salvador Dali uyquga yotishdan oldin qo’liga qoshiq ushlab olar ekan. Aynan shu qoshiq uning ko’pgina shoh asarlarining yaralishiga zamin yaratgan.
Savol: Qoshiq unga nima uchun kerak bo’lgan?

Javob. Uxlayotganida qiziq tush ko’rayotganida qoshiq tushib ketib uyg’onib ketgan va tushida ko’rgan narsasini chizgan.

2746. Quruqlikdagi hayvonlar ichida eng vazni og‘iri – fil. Lekin ba‘zi kishilar otlarning vazni ham filniki bilan barobar bo‘ladi , deyishadi.
Shunday bo‘lishi mumkinmi?
agar mumkin bo‘lsa qayerda?

Javob. Shaxmat taxtasida

2747. Arablar hisobicha aynan ERKAKLARda 50 yoshdan so‘ng unga ega bo‘lishi mumkin. Albatta oilaviy va moddiy holatidan kelib chiqib.
50 yoshdan keyin ayrim arablar nimaga erishdailar?

Javob. Agar boyligi va oilaviy nasl nasabidan kelib ko‘tarsa , 50 yoshida Shayx unvoniga erishadilar.

2748. Qadimgi yunonlar mol go‘shtini bu narsaga nafaqat xomini , balki qovurilgan , qaynatilgan , bug‘langan holini ham ishlatganlar.
bundan nima maqsadda?

Javob. Qurbonlik maqsadida

2749. X Yevropaning eng baland nuqtasidagi poytaxt nomini olgan.
Bu poytaxt suv satxidan 650 metr balandlikda joylashgan.
Aynan shu poytaxt qaysi?

Javob. Ispaniyaning Madrid shahri

2750. Brus Uills Men ayolimga ming martta uni yaxshi ko’rishimni aytganman, ammo hech qachon unga BU ISHNI ni qilmaganman degan. Irlandiyalik bokschi Keti Teylor 2-olimpiada medali bilan uyga qaytmagani uchun BU ISHNIni qilgan.. Ayollar nazdida esa, BU ISHdan erkaklar uzoq turishlari kerak, ammo BU ISHni qila olgan erkak haqiqiy erkak hisoblanar ekan. Uchta hududdagi voqealar BU ISHni trend darajasiga aylantirdi.
Diqqat Savol: BU ISHni topib bering ?

Javob. Uzr so’rash.
Izoh: 2020-yil Uchta hudud bular- Xorazm, Qashqadaryo va Fargona viloyatlari edi. Ularning hokimlari xalqdan uzr sorashdi.

2751. Bu so’z lug’atda quyidagicha ta’riflanadi:
U Inson nafsidagi kishini gunohlardan va muboh pastkashliklardan qaytaradigan malakadir”.
Hozirgi kundagi aktual beshlikning biri ham aynan shudir.
Diqqat Savol: Gap nima haqida ketmoqda?

Javob. Adolat
Izoh: 5 ta partiyadan biri “Adolat” partiyasidir.

2752. O’tmishda bir kasb egalarining maxsus qutisi bo’lgan. Bu qutida qum, yelim, qisqich, latta, suv quyish moslamasi (voronkacha), qayroqtosh, taglik va boshqalar bo’lgan.
Diqqat Savol: Bu quti egasining kasbini yozib bering.?

Javob. XATTOTLAR
Izoh: Xattotlar qutisida qalamni taroshlab turish uchun qayroqtosh, siyohni quritish uchun qum, siyohdonga suv quyish uchun voronka, qalam uchini artish uchun latta, qog’oz ostiga qo’yish uchun taglik bo’lgan

2753. Ariq ostida yig‘ilib qoladigan mayda qumlarni bilasiz. O’sha qumlar “g’ijirqum” deyiladi. Lekin xalq tilida ularning boshqa nomi ham bor. Bu so’zni hammamiz eshitganmiz, ko’proq yigitlarga nisbatan ishlatilib turadi.
Diqqat savol: u so’zni yozib bering?

Javob. Shilqim
“Shilqim” so’zi aslida “shilqum” bo’lib, nam qumni anglatadi. Nam qum kabi yopishqoq kishilarga nisbatan “shilqim” so’zi qo’llanadi.

2754. O‘zbek milliy yakkakurashi 2 turga bo‘lindi: Milliy kurash va Belbog‘li kurash. Mutaxassislarning fikricha “Belbog‘li kurash”ning eng haqqoniy va halol turi ekanligini 2 ta misol bilan isbotlashadi.
Birinchidan, har ikkala sportchiga bir xil imkonyat beriladi, ya‘ni bir xil bel olishishadi, 2-Sababni ko‘proq ruxiy sabab deyishimiz mumkin.
Savol: Ikkinchi sababni toping?

Javob. Qolgan barcha yakkakurash turlarida sportchilar o‘z raqibiga ko‘z bn tazyiq o‘tkazishi mumkun , belbog‘li kurashda esa raqiblarni bir bini ko‘ziga qarashga imkoni yo‘q.

2755. Argentinada mahalliy aholi, va olimlar ham bir gapni har doim shu vaqtda ta’kidlashadi: U keldimi demak “Pampero” keladi, u keldimi demak kurka va tovuqlar tuxumdan qolishadi. Savol u nima?
Javob. To’fon (dovul)

2756. Buyuk Xitoy devori o’zining salobati va ko’rkamligi bilan butun dunyo sayyohlari orasida mashhur. Dunyoning 7 mo’jizasidan biri bo’lgan bu tarixiy obidaning qu’rilish jarayonida mustaxkamligini ta’minlash maqsadida tosh, tuproqdan tashqari X dan foydalanishgan. X aynan bir hususiyati tufayli devorning mustaxkamligini ta’minlagan.
Duqqat savol: X nima ?

Javob. Guruch qaynatilgan suv

2757. XIX asr oxirida Ullis Grifgoni bir roman yozadi. Roman qahramoni Amerikalik inson o’zining oldiga qo’ygan maqsadiga erishish uchun atigi 1 oy sarflaydi. Asar oxirida esa bir ingliz xafa bo’lgancha qazo qiladi.
Savol: Inglizning familiyasi nima bo’lgan ?

Javob. Fileas Fogg
Izoh: Fogg dunyoni 80 kunda aylanib chiqqan. Biroq boshqa bir inson uning rekordini yangilagach alamzada va hafa bo’lgan.

2758. Shaxmat grossmeysterlarining fikricha piyoda barcha figuralardan eng kuchlisi hatto kezi kelganda farzinga ham aylana oladi. Shunday o’xshatishlarga bog’liq bo’lmagan holda aytingchi, ularning fikricha piyodalarni qaysi hayvonga o’xshatishgan? Nega ?
Javob. Timsoh (Krokodil)
Izoh: Timsohlar ham hech qachon ortiga yura olishmaydi huddi piyodalar kabi.

2759. Hindistonda sigirni muqaddas jonzod deb ehtirom ko’rsatishadi. Ular masofani o’lchashda ham sigirdan foydalanishar ekan.
Savol: Hindlar masofani o’lchashda sigirlardan qanday foydalanishlari mumkin ?

Javob. Hindlar uchun sigir ovozi yetadigan joy “Mu” ga teng ekan.

2760. Allomalar u narsa haqida gapirganda quydagi o‘xshatishni qilishadi.
“Ularning ba‘zilarini ozgina totish kerak, ba‘zilarini yutib yuborish lozim. Ayrimlarini yaxshilab chaynab xazm qilib yuborish darkor. Chunki ular turlicha bo‘ladi.
Savol uni toping?

Javob. Kitob
Izoh: uning ba’zilariga amal qilish kerak, boshqalarini chuqur taxlil qilish kerak, ayrimlarini shunchaki varaqlab chiqsa ham bo‘ladi.

2761. Onore de Balzakning ” Muhabbat ostonasida ” qissasi qahramoni uyining derazasiga yangi gazetalardan ilib qo‘yadigan odati bo‘lgan. Gazeta sotib olishga qurbi yetmaydigan odamlar kelib, ushbu gazetalarni o‘qib ketishar edilar.
Savol: Siz menga u bu ishni nega qilganini emas uning kasbi nima bo‘lganini ayting?

Javob. Rassom.
Izoh: Gazetani o‘qigani kelgan odamlarni o‘zlari bilmagan holda suratlarini chizib olgan.

2762. XIX asr oxiriga qadar Angliyada ayrim jentelmenlar saylovlarda uchta ovoz berish huquqiga ega bo’lishgan. Birinchisi turar joyiga qarab. Ikkinchisi Londondagi ish joyiga qarab.
Savol: Uchinchi ovozni qayerda berish mumkin bo’lgan?

Javob. O‘qish joyiga qarab

2763. Mashxur fransuz rassomi
Ogyust Renuar imperessionizm yo‘nalishining yorqin namoyandalaridan biri bo‘lgan. U juda kambag‘al oilada voyaga yetgan .Rassom mashxurlik pillapoyasining cho‘qqsiga ko‘tarilgan paytlari o‘smilik davrini eslab, shaxarga kelgan vaqtlari tosh yo‘ldan emas, iloji borich
turoqli ko‘chadan yurushni maqul ko‘rganligini aytadi.
Savol: Rassom tuproqli ko‘chadan yurushni afzal ko‘rishining sababini toping?

Javob. Oyoq kiyimi sabab
Izoh: Chunki kambag‘al bo‘lgani uchun oyoq kiyim toshda tez yeyilishi sababli tuproq yo‘ldan yurgan.

2764. Tibet davlati mavjud bo‘lgan davrlarda bolalarga 2 bosqichda ta‘lim berishgan. Birinchi bosqichda osonroq fanlar: yozuv , astrologiya , raqs , poeziya , va teatr fanlari o‘tilgan. Ikkinchi bosqich bosqichda qiyin fanlardan dars berilgan. Oliy fanlar deb atalgan 5 ta predmatdan saboq olishgan. Birinchisi – sanskrit , ikkinchisi – mantiq , uchinchisi – falsafa , to‘rtinchisi – hunarmandchilik , beshinchisi – eng asosiysini siz mantiqan o‘ylab toping.?
Javob. Tibbiyot fani

2765. Bir paytlar Xitoyda ularning soni 24000 ta bo’lgan. Hisob-kitoblarga ko’ra hozir ular 4100 ta qolgan. Zamonaviy Xitoyda esa million kishida u bir xil. Yevropadagi bir davlatda esa u yo’q.
Savol :Gap nima haqida ketayapti?

Javob. Familiya
Izoh : Islandiyada insonlar familyadan foydalanmidi

2766. Pirimqul Qodirovning “Avlodlar dovoni” romanida boburiylar davrida bunyod etilgan saroylar ichidagi zinalarning eni juda tor qilib qurilgani yoziladi.Nega zinalar eni tor qilib qurulganiga shu asarda izoh ham berilgan.
Savol: Nima maqsadda zinalarni bunday qurushgan?

Javob: Podshoni qo‘riqlash uchun. Tasavvur qiling, zina tor bo’lgandan keyin, 1 ta qo’riqchi bemalol 50 ta yog’iyni zinada ushlab tura oladi.

2767. X haqidagi fikrlarni eshiting:
X – yillar va sinovlar mevasi.
“X” – “haqiqiy” , “soxta” va hatto “vaqtincha”lari ham bo’larkan hayotda.
“Insonga parvoz qilish uchun qanotlar shart emas. Agar X haqiqiy bo”lsa U hech qachon yiqilmaydi”
Savol: X kim yoki nima?

Javob. Do’st

2768. Qadimgi Yunonistonda talabalar pul to‘lab o‘qigan. To‘lov vaqti mart oyining oxiriga to‘g‘ri kelgan. Chunki mart oyining oxirida bir jonivor uyqudan uyg‘ongan. Yordam tariqasida shuni aytish mumkunki bu jonivorga donishmandlik , donolik ramzi va ilk mabuda sifatida qarashgan .Lekin bizda u xosiyatsizlik ramzi hisoblanadi..
Savol: Bu jonivor nomi va nega aynan shu vaqtda to‘lov amalga oshirilgan?

Javob. Boyo‘g‘li
Aynan shu vaqtda to‘lanishi mabudga hudoyi qilish uchun bo‘lgan.

2769. Misrshunos olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, miloddan avvalgi ikkinchi ming yillikda qadimgi Misrda 100 tonnalab mis eritilgani qayd etilgan.
Bora -bora u ish butunlay yo‘q bo‘lib ketgan. Buning to‘xtashi boisini olimlar yozib qoldirishgan.Yordam sifatida aytishim mumkinki bunga misrda “Alfani” kamligi sabab bo‘lgan.
Savol: Mis olishni to‘xtashga asosiy sabab nima bo‘lgan va alfa nima?

Javob. O‘tin
Izoh: Mis eritish uchun ular Nil daryosi yonidagi palma, xurmo va boshqa daraxtlarni yoqib tugatishgan. Mis eritishni tugashiga sabab o’tinning tugagani bo‘lgan.

2770. Hozirgi kunda kosmosga chiqish unchalik katta muammo bo‘lmay qoldi, xatto sayohatga ham chiqishayapti. Ayrim kosmonavtlar u yerda oylab yashashadi Orbital stansiya ichida hamma narsa , xattoki 2 xil changyutgichgacha bor. Biri bilan xonaning ichi tozalanadi, ikkinchi changyutgich bajaradigan vazifa esa biroz boshqacharoq.
Savol: ikkinchi changyutgichni nima maqsada ishlatishgan?

Javob. Ular kosmosda 6-7 oylab yashaydi.Ularni televizorda ko‘rsatishganda soch-soqollari chiroyli qilib olingan xolda ko‘ramiz. Kema ichidagi vazinsizlik tufayli soch tolalari ham uchub yurishi mumkin. Shuning uchun ular soch soqolni oladigan moslamadan foydalanadi. Ikkinchi changyutgichni vazifasi soch-soqolni olish bo‘lgan.

2771. AQSH dek katta davlatda millionlar o‘yini bo‘lmish futbolni yaqin -yaqindan o‘ynay boshlashgan. Bu sport turi AQSHda o‘tgan asrning 70 -80-yillaridan keyin ommalasha boshlagan. Yaqin -yaqingacha Sokker, ya’ni futbol o‘ynaydigan stadionlarda , dunyoning boshqa davlatlarida kuzatilmaydigan statistikaga duch kelinardi.
Savol: Bu qanday statistika?

Javob. AQSH liklar haligacha o‘zlarining futbollarini yuqori qo‘yishadi. Ayniqsa, erkak muxlislar Yevropa futbolini xushlamaydi. Shundan bo‘lsa kerak. AQSHda o‘tkaziladigan Yevropa futboli o‘yinlariga tomashabin sifatida erkaklardan ko‘ra ayollar ko‘proq tushushar ekan.

2772. Dante o’z asarlarida sevgilisini shunday tasvirlaydi: “Oq yopinchiq ostida zaytun chambaraklarida yashil mato o’ragan ayol paydo bo’ldi. Ko’ylagi alvon-olov rangda”. Oradan 500 yil o’tib italyanlar bu misralardan ilhomlanib X ni yaratdi.
Savol: X ni 2 ta so’z bilan yozib bering?

Javob. Italiya bayrog‘i

2773. Botanika fanida qayd etilishicha bu borada poytaxt shaharlar ancha oldinda turar ekan , chunki poytaxtda odam ko‘p yashaydi . Masalan , uning ko‘rsatkichi Jizzaxda 21ta bo‘lsa, Navoiyda 23ta, Toshkentda esa 88 ta .
Haqiqatdan ko‘z yumib bo‘lmaydi, chunki deyarli barcha poytaxtlarda shu muammo bor.
Savol: Bu raqamlar nimani bildiradi?

Javob. Qizil kitobga kirgan o‘simliklar soni bo‘yicha

2774. XIX-asrning 2-yarmidan to XX-asr boshlarigacha ishlab chiqarilgan avtomobillarning rangi qora bo‘lgan. Avtomobillarni ikkita sababga ko‘ra qora rangga bo‘yashgan ekan. Birinchi sababi uning tez ko‘zga tashlanishi bo‘lgan.
Savol : Siz menga nega aynan qora rangga bo‘yalishining ikkinchi sababini ayting?

Javob. Chunki o‘sha vaqtlarda qora rang nisbatan arzonroq bo‘lgan.

2775. Jahon otin Uvaysiy juda ajoyib chistonlar yozgani barchaga ma‘lum.Uning bir chistoni qalbga bag‘ishlangan.
Ul na qush ko‘rinmaskim, shafaq bo‘lupari.
Misli ul raf-raf suvoru bilsangiz yo‘q tirtani
Voqif erur kecha-kunduz xizmatda to‘rt g‘ulom,
Qon ilan ermush murossa, bul chiyiston maskani.
Savol: Shoira chistoning 3-misrasida To’rt g‘ulom deganda nimalarni nazarda tutgan?

Javob. Qalbning xizmatini qiluvchi g‘ulomlar ko‘z, quloq, burun, og‘iz.

2776. Gyote durdonalaridan birida shunday deyiladi: “U joyga yagona bir inson sifatida qarash mumkun. U yuz yil o‘zi bilan o‘zi gaplashadi va ba‘zan mohiyatan bemani tuyulsada , hech bir narsa mutloqo ko‘ngliga urmaydi”.
Savol: Gyote bu fikrni qayerga nisbatan aytgan?

Javob: maktab

2777. Zamonaviy latifani eshiting:
Bir kuni afandidan so’rashibdi:
-aytchi, sen o’ta va o’ta darajada beg’am odamni qanday tasavvur qilasan?
-mmm, nima desam ekan. Men bunday odamni yoshi 40 ga kirsa ham oyog’ida U bo’lgan odam deb tasavvur qilaman.
Savol: U ni bitta so’zda yozib bering?

Javob. Birka (Chaqaloqlarga osib qo‘yil, chaqaloq haqida ma‘lumot yozilgan)

2778. Eronning Yazd mintaqasi atrofi sahro bo‘lishiga qaramasdan o‘zining eng shirin anorlari bilan mashhur. Yazdliklar o‘z anorlarini odatda antiqa usulda iste’mol qilishadi. Dastlab anorni obdon ezishadi, so‘ngra uning tepasidan teshikcha ochib suvini ichishadi.
savol, nima sababdan Yazd aholisi anorni shunday iste’mol qilishini aniq ayting?

Javob. Suvni kam isrof qilish uchun .
Izoh :Bu anorlarning shunday hususiyati borki ular qoldirgan dog‘ uzoq vaqt ketmaydi va ketkazish uchun ko‘p suvni talab qiladi. Shuning uchun mahaliy aholi cho‘lda suvni tejash uchun shu yo‘lni topishgan.

2779. Mashhur pedagog,jamoat arbobi,shoira Gabriela Mistral o’z kasbini juda yaxshi ko’rgan.Va uning fikricha ALFASI bo’lmagan xalq misoli ruhsiz tana deb ta’kidlagan.
Savol: Alfa nima yoki kim?

Javob. Shoir

2780. Yirtqich hayvonlarni o‘rgatuvchilar o‘z hayvonlariga nemis, irland, golland tilarida buyuruq berishadi.
O‘zbek, rus, xitoy hayvon o‘rgatuvchilariyam shu tillardan foydalanishadi.
Savol : Aytingchi nega hayvon o‘rgatuvchilar o‘z tilida emas boshqa tilardan foydalangan?

Javob. Agar hayvonlarni o‘z tilida qo‘lga o‘rgatsa tomashabinlar ham buyuruq berishlari mumkun bo‘ladi.

2781. Diqqat! Savolda “Dollar” so’zi o’zgartirilgan.
“Birinchi muhabbatim” hajviy she’ridan parchani tinglang.
Nazarim har tushganda unga
Yuragim tez uraverardi.
Qo’shiluvchi nima bo’lsa ham
Yig’indi DOLLAR bo’laverardi.
Diqqat Savol: DOLLAR o’rnidagini yozib bering?

Javob. “S” [es]
Nazarim har tushganda unga
Yuragim tez uraverardi.
Qo’shiluvchi nima bo’lsa ham
Yig’indi “S” bo’laverardi.
O’quvchilik davrimizda B + M = S kabi amallarga ko’p ko’zimiz tushgan.
Dollar belgisida ham “S” borligi katta yordam edi.

2782. Qadimgi Farg’onaga kelgan Xitoylik elchilar Farg’onaning otlarini samoviy otlar deb atashgan, bunga sabab ularning tez chopishi bo’lgan. O’sha paytlar otlar terisi ostiga kirib oladigan kanalar bo’lgan ekan. Bu otlarni yugurganidan so’ng ko’rgan Xitoyliklar ularga yana bir ta’rif berishgan.
Diqqat Savol: ular bergan ta’rifni bir nechta so’z bilan ayting?

Javob. Qon bilan terlaydigan otlar.
 Izoh: otlar chopganida teri tortilib teri ostiga kirib qolgan kanalar qisilib o’lgan va bunda ot terisi ostida qontalash dog’lar paydo bo’lgan buni ko’rgan xitoyliklar bu otlarni qon bilan terlaydigan otlar deb atashgan ekan

2783. Garry Potterning Borliq mavjudotlari ensiklopediyasida ushbu mavjudotlar haqida “Ularda noodatiy sehrli himoya xususiyati mavjudligi sababli ular o’zlarini Janubiy Gretsiyada ham, Shimoliy Angliyada ham qulay (komfortno) his qila olishgan bo’lsa kerak” degan fiklar yozilgan. Shuningdek, ensiklopediyada ularda yurak bitta bo’lganmi yoki ikkitami degan savolga javob berish qiyin ekanligi keltirilgan.
Diqqat savol: Ular mifologik ekanligini hisobga olib ularni qanday mavjudotligi ayting?

Javob. Kentavr

2784. “Krafta” servisi hand made ya’ni qo’lda yaratilgan mahsulotlarni birinchi qo’ldan sotish va sotib olishni taklif etadi. Tovarlarning unikal ekanligiga ishora sifatida, servis logotipda ULAR ning tasvirini ko’rish mumkin.
Savol: ULAR ni ikki so’z bilan yozib bering?

Javob. Barmoq izi

2785. O’rta asrlar shifokori Andreas Vezaliy cherkov ta’qibiga uchragan, sababi Vezaliy barcha insonlarda ULAR bir xil bo’ladi degan fikrni ilgari surgan. Cherkov ruhoniylari esa u erkaklarda bittaga kam degan xato fikrga ishonishgan.
Savol :U deganda nima nazarda tutulgan?

Javob. Qovurg‘a
Izoh :Chunki Momo havoni Odamatoning bir qovurg‘asidan yasagan shu sabab erkaklarda qovurg‘alar bitta kam deb hisoblashgan.

2786. “Soadat asri qissalari” asarida yozilishicha arablarda qadimda shunday odat bo’lgan ekan: shahar aholisi bolalari sog’lom, baquvvat, har xil kasalliklarga bardoshli va toza arab tilini go’dakligidanoq o’rganishlari uchun SHUNDAY yo’l tutishgan.
Savol :Arablar bolani sog‘lom o‘sishi uchun qanday yo‘l tutushgan?

Javob. Boshqa qabila ayollari sutlari bilan oziqlanishgan.

2787. Zamonaviy chiston
Kim oldin topar ekan,
Qani aytsin ko‘ramiz.
Nimadan biz bir yilda ,
To‘rt, besh hosil olmiz.
Yordam sifatida aytishimiz mumkinki bu narsa meva ham sabzavot ham emas?

Javob. Beda

2788. Ushbu hunar yoki kasb kimyogarlar bilan yonma yon turib mehnat qilinadigan kasblardan biri hisoblanadi. Aytish mumkinki, bu kasb mamlakatimizda hali rivojlanmagan va ayni vaqtda yo’qolib borayotgan kasblardan hisoblanadi. Ushbu kasb asosan Sobiq Ittifoq davrida ancha ommalashgan. Lomonosovning shunday fikri ham bor: Shunday hunari bo’lmagan kimyogar kimyogar emas”.
Diqqat savol: Qaysi kasb yoki hunar haqida ketmoqda?

Javob: Shishasozlik
Kimyogar uchun eng kerakli predmet probirka va idishchalar. Ular esa shishadan tayyorlanadi.

2789. Mamlakatimizda ushbu mahsulotni tayyorlashning o’ziga xos maktablari bor. Har bir hudud o‘z uslubiga ega. Ayrim tarixiy manbalarga ishonadigan bo’lsak, ushbu mahsulot zardushtiylik ya’ni otashparastlik dini rivojlanishi natijasida Qadimgi Xorazm hududida paydo bo’lgan va keyinchalik boshqa hududlarga ham keng tarqalgan. Biroq ushbu mahsulotning Xorazmda tayyorlanganlari asrlar davomida Buyuk ipak yo’li karvonlari orasida ayniqsa mashhur bo’lgan. Bunga bu yerda tayyorlangan mahsulotning bir xususiyati sabab bo`lgan?
Diqqat savol: Bu mahsulot va uning xususiyatini ayting?

Javob. Non . Yupqalik
Izoh: Otashparastlikda olov muqaddas hisoblanadi va dastlabki tandirlar ham aynan ularda yaratilgan degan qarashlar mavjud. Karvonlar Xorazmdan uzoq yo’lga yetadigan non harid qilishgan. Ular yupqaligi bois ancha vaqt aynimagan va qotgan taqdirda ham yeyishga oson bolgan

2790. Tibbiyotda shu usulning paydo bo’lishi kamon o‘qlaridan yaralangan askarlarni davolash jarayonida kelib chiqqanligi aytiladi.
Diqqat savol: Qaysi usul?

Javob. Akupunktura (igna bn davolash)
Izoh: Xitoytliklar ba’zi o‘q yegan askarlarning boshqa kaslliklardan o’z o’zidan xolos bo’lganliklarini ko’rib hayron bo’lishgan va shu usulni yaratishgan.

2791. Rui Gonzales De Klavixo Amir Temurning saltanatida har yili ot poygalari o‘tkazilishini qayd etgan. G‘olibga uchqur tulpor sovg‘a qilishib , hozirgi til bilan aytgandav, ” Yog‘liq” ish bilan ham ta‘minlashgan.
Savol: G‘olibni qanday hizmatga joylashtirishgan?

Javob. Choparlik

2792. Yapon aforizmi:
Sovuq choy va sovuq guruchga chidash mumkin, lekin sovuq X(iks) va sovuq Y (igrek) ga chidab bo’lmaydi. X va Y ning odamga tegishli ekanini inobatga olgan holda X va Y ni toping?

Javob. X Sovuq so‘z
Y sovuq ko‘z

2793. Hindistonning Panjob shtati mahalliy sutdan juda koʻp mazali boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish bilan mashhur.Bu yerda tadqiqot olib borgan sosiologlar qiziq bir holatga guvoh boʻlishdi.
Bu shtatda qaysi maishiy texnikaninig soni aholi soniga nisbatan koʻp?

Javob. Kir yuvish mashinasi
Izoh: Qo‘l mehnatini yengillashtirish va bir vaqtning o‘zida ko‘p saryog‘ olish maqsadida oddiy kir yuvish mashinasiga sut quyishar va separator sifatida foydalanishar ekan.

2794. Taniqli fransuz sharqshunosi Jan-Pol Runing yozishicha, Hindistonga yurish vaqtida, Temur askarlari tomonidan qoʻlga olingan radjalardan biri, oʻz hayotini Islomni qabul qilish yoʻli bilan saqlab qolgan ekan. U oʻzining sodiqligini koʻrsatish uchun BIR ISH qilgan.
Uning Hind ekanligini va oʻz eʼtiqodlariga boʻlgan hurmatini hisobga olib BU ISHNI uchta so’zda ayting?

Javob. Mol go’sht yegan

2795. Har yili millionlab odamlar haj amalini bajarishadi. Makka shahriga bu tadbirni o’tkazish uchun xavfsizlik masalalarida, xizmatkorlar, taksistlar va boshqa yollanma ishchilar jalb etiladi. Turkiya davlatidan bir, kasb vakillaridan 30 minglab kishilar chaqiriladi.
Savol: bu qaysi kasb vakillari va ular qanday ishni bajarishadi?

Javob. Qassoblar
Izoh: Ularni qurbonlik keltirush uchun olib kelingan jonliqlarni so‘yish uchun chaqirishgan

2796. Bu xalq o‘zini “oq quyoshning farzandlari” deb hisoblashadi. Xattoki ularning
bayrog‘ida ham oq quyosh tasvirlangan. Bu xalqning nomini eshitganimizda bizning hayolimizga
keladigan qimmatbaho tosh esa oq rangli emas.
Savol : Siz menga bu tosh qaysi rangda bo‘lishini ayting?

Javob. Qizil (yoqut).
Izoh: Yoqutlar o‘zlarini aynan shunday atashadi. Yoqutiston bayrog‘ida esa oq quyosh
tasvirlangan.

2797. Tarixiy shaxslarni zamonaviy pop-madaniyatni rivojlantirish uchun jalb qilishga bag’ishlangan bir muzokarada shunday fikr aytib o’tiladi: Agar Amir Temur va Abu Ali ibn Sinoni birlashtirsa o’rta asrlar o’zbek IKSi paydo bo’ladi.
Diqqat savol. IKS kim ekanini ikki so’zda yozib bering?

Javob. Doktor Xaus

2798. “Iliada” dostonida qadimgi bir topishmoq keltiriladi:
“Bu narsa yo‘lida nima uchrasa yeb ketaveradigan, yemishi tugagach , u bilan birga o‘ladigan daxshatli maxluq” bu maxluqni hamma odam paydo qila oladi. Tarix bu maxluq jabridan juda katta aziyat chekkan.
Savol : Topishmoqda keltirilgan maxluq nima?

Javob. Olov

2799. Bitta qulfga tushadigan bir nechta kalitga ega bo‘lishni albatta, ko‘pchilik xohlaydi. Fransuz faylasufi Volter buning uchun nima qilish kerakligini bir iborasida ramziy ma‘noda keltirib o‘tgan.
Savol:Bitta qulfga tushadigan bir nechta kalitga ega bo‘lish mumkinligini Volter ramziy ma‘noda nimaga o‘xshatgan?

Javob. Bir necha tilni bilish

2800. Unda maxsus magnit sezgilar bo‘lib , yerning aylanishini va magnit maydonining o‘zgarishini sezib turadi. Shundan kelib chiqqan holda , undan sutkaning aniq vaqtini bilish bo‘yicha inistink paydo bo‘ladi va u hech adashmay bu narsaga rioya qiladi.
Savol: U nima ?

Javob. Xo’roz