50-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

4901. -“Yoshing nechida?”,
-“2 kun oldin 11 da edi, keyingi yil 14 ga kiraman”.
Suhbat qaysi vaqtda bo’lib o’tmoqda va tug’ulgan sanasini ayting?

Javob: Suhbat: 1-yanvarda, tug’ulgan kuni 31-dekabrda.

4902. 5 ta bo’yoqchi 5 metrlik devorni 5 soatda bo’yab tugatadi.
100 metrlik devorni 100 soatda bo’yab tugatish uchun nechta bo’yoqchi kerak bo’ladi?

Javob: 5 ta

4903. 1998-yilgi Futbol bo’yicha Jahon chempionati finalini boshqargan futbol hakamining ismini toping?
Javob: Said Belkola

4904. Qisqa_Savollar_5taligi
1.Karmana shaharchasi Republikamizning qaysi viloyatida joylashgan?
2.Yupiter planetasining tabiiy yo’ldoshi ayting?
3.Atomning planitar modelini birinchilardan bo’lib tajriba asosida ko’rsatgan olimning ismini toping?
4.Mendeleyevning elementlar davriy sistemasida 45-o’rinda joylashgan kimyoviy elementni ayting?
5.”Padarkush” tragediyasining muallifini ayting?

Javob:
1.Navoiy
2.Evropa.
3.Rezerford
4.Rodiy
5.M. Behbudiy

4905. Qisqa_Savollar_5taligi
1.O’zbekiston SSSRning birinchi poytaxti qaysi yili Samarqand shahridan Toshkent shahriga ko’chirildi?
2.”Melburun” qaysi davlatda joylashgan?
3.Havoning vazni borligini birinch bo’lib qaysi olim isbotlab bergan ?
4.Oyda istemol qilingan birinchi meva qaysi ?
5.Dunyodagi eng qadimiy parlament 930-yil tashkil qilingan. U qaysi davlatga tegishli ?

Javob:
1.1930-yil
2.Avstraliya
3.Galiley
4.Shaftoli
5.Islandiya

4906. Qisqa_Savollar_5taligi
1.Qaysi davlatda politsiyachi va uni mashinasini suratga olish taqiqlanadi?
2.Qadimgi g’arb ayolari toshli uzuk taqib yurishgan bu uzuklar nimani anglatgan?
3.Gruziyani birinchi qiroli milodan avvalgi III asrda taxtga o’tirgan. u qaysi millatga mansub bo’lgan?
4.Wiliym Paterson qaroqchilik yo’li bilan topgan puliga Angilyada ilk bor nimaga asos solgan?
5.Angilyada eng mashhur qog’oz ishlab chiqaruvchi kompaniya direktorini familyasi qaysi kino qahromonidan o’g’irlangan?

Javob:
1.Avstriya
2.Bolalar sonini
3.Fransuz
4.Birinchi bankga
5.Batman

4907. Dunyo ilm fan rivojiga ulkan xissa qo’shgan buyuk bobomiz ABU RAYXON BERUNIY
Nomini abadiylashtirish maqsadidi koinotdagi qaysi joyiga uning nomi berilgan?

Javob: Oydagi kraterga

4908. AQSHning sobiq prezidenti Barak Obama hali siyosiy faoliyatini boshlamay turib ilk bor 1995-yil chop etilgan kitobi nima deb nomlangan?
Javob: “Otamning orzulari”

4909. Yaponiya poytaxti Tokio temir yo’llarida ayolarga alogida bir vagon ajratildi.
Bunga sabab nima bo’lgan?

Javob: Ayollarga nisbatan tegajonlik ko’payib ketganligi sababli

4910. Qisqa_savollar_3taligi
1.Buloqboshi tumani qaysi viloyat hududida joylashgan?
2.G’ildirak eramizdan 4000 yil aval qayerda paydo bo’lgan?
3.1902-yil Xyurbert But tomonidan yaratilgan changyutgich dastlab nima deb nomlangan ?

Javob.
1.Andijon
2.Mesopatamiya
3.Shovqinli ilon

4911. Tarkibida kislota ko’p bo’lgani uchun jig’ildon qaynashiga sabab bo’lishi mumkin bo’lgan sabzavot qaysi ?
Javob: Pomidor

4912. Quyidagi rasmda Real Madrid futbol jamoasining 2012-2013 yilgi futbol mavsumidagi asosiy tarkibi keltirilmoqda. 10ta futbolchini tanigan bo’lsangiz, Sizningcha 11-chi yetishmayotgan , yuzi yashirilgan futbolchini kim bo’lishi mumkin?

Javob: Mesut Özil

4913. Yer sayyorasining yoshini aniqlash bilan olimlar qadim zamonlardan qiziqib kelishgan. XVIII asr oxirida tadqiqotchi – Graf de Byuffon sayyoraning mitti nusxasini yasadi va…. .Qanday usul bilan yer sayyorasining yoshini 75ming yil deb tahmin qilgan edi?
Javob: Mitti sharni qizdirib sovush vaqtini hisoblash orqali.

4914. Quyida rasmda nomi qizil rang bilan yashirilgan Yevropadagi davlatni topa olasizmi?

Javob: Moldova

4915. Qisqa_savollar_3taligi
1.“Zarbulmasal” asari muallifini ayting?
2.Imom al-Buxoriy majmuasi Respublikamizning qaysi viloyatida joylashgan?
3.O’zbekiston Republikasi NATO tashkilotiga qaysi yili a’zo bo’lgan?

Javob:
1.Muhammad Sharif Gulxaniy
2.Samarqand
3.A’zo emas

4916. Ushbu O’zbek xalq maqolidagi oxirgi so’zni toping?
Baxtiyor bo’lsa zamon,
Noshukur bo’lmas **.

Javob; Yomon

4917. Xitoyliklar undan juda ko‘p zarar ko‘rishgan. Shuning uchun ular uni «Tentak», «Xitoyning sho‘ri», «Ming xil kulfat keltiruvchi» deb atashgan. U hozir qanday ataladi?
Javob: Xuanxe daryosi

4918. Farvardinmoh, 
Ordi – behishtmoh, 
Xurdodmoh, 
Tirmoh, 
Murdodmoh, 
Shahrivarmoh,
……………………….
Gap nima haqida ketayotganligini topgan bo‘lsangiz, Hozirda ularning eng qisqasi qanday ataladi?

Javob: Fevral

4919. Mashhur amerikalik fizik olim Vud bir kuni yo’lda mashinasi bilan ketayotganida svetaforning qizil chirog’iga to’xtamay o’tib ketadi va GAYI xodimi olimni to’xtatib yo’l qoidasini buzganligini va jarima yozishini aytganida, olim aslida qoida buzmaganligini shunchaki Dopler effekti bo’yicha svetaforning qizil chirog’i ko’ziga yashil bo’lib ko’ringanligini aytadi. GAYI xodimi ham Dopler effektidan xabardor bo’lganligi sababli olimni baribir jarima to’lashga majbur qiladi.
GAYI xodimi olimga qanday yo’l qoidasini buzulganligi aytgan?

Javob: Tezlikni oshirgani uchun

4920. Qadimgi Misr hukumdorlaridan biri Kleopatra misrliklar aqidasiga ko’ra 31-yil Misrni Oktavian zabt etganidan keyin Kleopatra o’zini qanday qilib o’ldirgan ?
Javob: O’zini zaxarli ilonga chaqtirgan

4921. Qozoqlarda 371.5, Quvaytliklarda 372, Eronliklarda 435, Ruslarda 540, Xitoyliklarda 600, BU Ko’rsatgich bizda nechi teng?
Javob: 375
Gap teleminoralar balandligi haqida edi?

4922. Quyidagi rasmda magnit sterjen alyumin metal halqaga rasmdagidek yaqinlashtirilsa halqa qanday harakatlanishi mumkin?.

Javob: Magnitga tortiladi.

4923. Qisqa_savollar_3taligi
1.Mendeleyev elementlar davriy sistemasida 116-element nomini ayting?
2.Jahon adabiyotidan “Yolg’izlikning yuz yili” asari muallifini ayting?
3.Marvin Xart-1905,
Jon Sallivan -1882,
Artur Grigoryan-1996,
Rufat Risqiyev-?

Javob:
1.Livermorium
2.Gabriel Markes
3.1974

4924. Fransiyada – Moviy qo’shoyoq,
Xitoyda – 596,
Hindistonda – Kulib turgan Budda,
Buyuk Britaniyada – ?
Qo’shimcha izoh: U narsaning nomini eshitganimizda ob-havo bilab bog’liq tabiat hodisasi ko’z o’ngimizga keladi. Nimaligini topgan bo’lsangiz Buyuk Britaniyada qanday nomlanishini ayting?

Javob: Hurricane (Uragan)
Izoh: Fransiyada- Moviy qoshayoq
Xitoyda- 596
Hindistonda- Kulib turgan budda
Buyuk Britaniyada-Uragan
☝️-Birinchi portlatilgan yadro qurollarining nomlanishi.

4925. Bu “episentr” qurulishi vaqtida binodagi hojatxonalar soni keragidan 2 marta ko’p qilib quriladi, sababi o’sha vaqtlarda ham irqchilik borligi tufayli oq tanlilar uchun alohida, qora tanlilar uchun alohida hojatxona qurilgan edi. U yerda lift yo’q.
Uni qaysi davlatda joylashganligini emas, u joylashgan joy nomini sizga aytamiz: “Do’zah tubi” da.
Savol: Gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Pentagon
Harbiy bino.
Lift yo’q. Pentagon do’zah tubi deb nomlangan joyga qurilgan.

4926. O’tgan asrdan to bugungi kunimizgacha Ispaniyada 134 kishidan ortig’i uning qurboni bo’lganligi qayd etilgan. O’zbek xalqidagi bir maqolda unga bir hayvon orqali munosabat bildirilib, kishining o’zi aybdorligi aytiladi. Gap nima haqida ketmoqda deb o’ylaysiz?
Javob: Buqa jangi
Maqol: G’unajin ko’zini suzmasa, buqa ipini uzmaydi!

4927. Agar ular “qo’rqoq”, ”axmoq” va ”tajribali” bo’lsa, bir birini tushunmasdan ko’plab rejalari barbod bo’lishi mumkin. Ularni mashhur qilgan inson “axmoq” haqida shunday deydi: -“Axmoq, valakisalang, tentakvoy bo’la oladigan odamni qidirish kerak emas, mana o’sha odam ……”.
Gap kim haqida ketmoqda?

Javob: Yuriy Nikulin.

4928. Bu kompaniyaning ilk logotipi quyidagi rasmda ko’rsatilgan. Biz faqat yozuvlarini yashirdik. Kompaniyaga nomi esa, o’sha hududda joylashgan bir daryoning nomi asos qilib olingan. Buni rasmdagi baliq orqali sezish qiyin emas. Siz bizga bu kompaniya nomini emas qanday mahsulot ishlab chiqarishini ayting?

Javob: Telefon
Nokia kompaniyasi.
Daryo nomi: Nokianvirta

4929. Quyidagi rasmga e’tibor bering. Bu bir kompaniyaning belgilaridan biri. E’tibor bergan bo’lsangiz bundan oldingi savolda “logotip” ya’ni, o’zbek tiliga oid bo’lmagan so’zini ishlatgan edik. Bu savolda esa kompaniya belgisi. Hammasi milliycha, faqat mahsulotdan tashqari albatta. Kompaniya belgisida Chopar so’zini ko’rishingiz mumkin. Kompaniya mahsuloti bilan chopar orasidagi bog’liqlikdan kelib chiqib, Kompaniya qanday mahsulot ishlab chiqarishini toping?

Javob: Pitsa
Nomi chopar.
Direktori: Farrux Sharipov.

4930. Qisqa_Savollar_5taligi
1.Areometr bilan nima o’lchanadi?
2.“Ichingdagi ichingdadur” asari muallifini ayting?
3.“Shimolga yo’l” ma’noasini beruvchi davlat nomini toping?
4.“Plangton” so’zining ma’nosini ayting?
5.“Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso” – bu ism qaysi buyuk alloma vatandoshimizning ismi?

Javob:
1.Suyuqlik zichligi
2.Mavlono Rumiy
3.Norvegiya
4.Yunoncha planktos- adashib yuruvchi, sayyor) harakat organlari bo’lmagan va suvda oqib yuruvchi organizm.
5.Al-Xorazmiy

4931. Quyidagi o‘zbek xalq maqollaridan birida qoldirilib ketilgan so‘zni toping?
“Otasi *** otolmaganning, bolasi quyon otolmas”.

Javob: Qulon

4932. Buyuk Xitoy devorining qurilishiga, Xitoy tarixiga oid ma’lumotlarda keltirilishicha nima sabab bo’lgan deb o’ylaysiz?
Javob: Ko’chmanchi mo’g’illarning tinimsiz hujumlaridan himoyalanish uchun.

4933. Qog’oz, Rezina va Metal.
Quyidagi 3ta rasmga e’tibor bering. Bu kompaniya yaratilgandan beri ishlab chiqarilgan faqat 2-turdagi mahsulot ko’rsatilgan. Qaysi kompaniya haqida gap ketayotganni sezgan bo’lsangiz 3-rasmda nima tasvirlangan?

Javob: Telefon nokia

4934. Amerikada nashr etiladigan “PLoS Genetic” jurnalida Amerikalik olimlarning bir tajribasi haqida yozadi:
-“Bu taqdiqot natijasining foydasi, voqea joyida qoldirib ketilgan jinoyatchining “Bir tola sochi” orqali uning yuz tuzulishini aniqlash imkonini berishi mumkin.
Yuqorida “Bir tola soch” so’zi qanday so’z bilan almashtirildi?

Javob: DNK

4935. O’rta Osiyo xonliklari davrida eshik og’asi degan mansab bo’lgan. Uning vazifasi oliy hukumdorlarning turli qabul marosimlarini o’tkazish edi, faqatgina Xiva xonligida bu mansab egasi Eshik oqosi deyilgan va vazifasi ham boshqa xonliklarnikidan farq qilgan.
U bir narsaga ega bo’lishi shart bo’lgan, u narsa uning mansabini bildirib turgan.
Gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Oybolta
Eshik oqosi ixtiyorida 46 tadan navkar boʻlgan. Eshik ogʻaboshi saroydagi maʼlum miqdordagi xizmatchilarga boshliq boʻlgan.

4936. Yevropa chempionlar ligasi final: Madridning ikki jamoasi o’yini. Mashhur futbolchi Zlatan Ibragimovich haqida ma’lumot bergan bir gazetaning muhbiri uning chinakam faylasuf ekanligi hazilomus keltiriladi. Muhbirning bunday qarorga kelishiga Zlatanning tanasidagi 14 ta yozuv (tatuirovka) sabab ekan. Biz sizga quyida rasmini keltiramiz. Savol esa o’sha 14-xil ma’noni bildiruvchi yozuvlardan biri 9-chi tatuirovka haqida. Unda Koi balig’I tasvirlangan bo’lib, hujumchi bu baliqning qanday xususiyati uchun tanlaganligini ayting?

Javob: Suvga qarshi suzgani uchun

4937. Qisqa_savollar_3taligi
1.Avstriya-43, Italiya-39, Portugaliya -351, Ispaniya-34, O’zbekiston-?
2.Rasmiy poytaxtiga ega bo’lmagan davlatni ayting?
3.Kapalakning ko’zi o’rta hisobda nechtagacha bo’lishi mumkin?

Javob:
1. 998
Telefon kodi
2.Naru
3. 12mingta

4938. Janubiy Amerikada 2ta davlat, AQSHda 27ta shtat, bular qatoriga O’zbekistonni ham kiritish mumkin. Gap qanday xususiyat haqida ketmoqda?
Javob: Okean bilan tutashmaganligi

4939. Quyidagi rasmga e’tibor bering. Niagara sharsharasi.
Rasmni e’lon qilgan muallif rasmni ta’riflashda uning joylashuvi haqida quyidagi 3 narsani aytadi:
-“Ontarino, Nyu-York va …..”;
3-chisi sizningcha nima bo’lishi mumkin?

Javob: Chegara

4940. Qadimgi Rimda biror odaming to’liq ismi haqida gap ketganida, quyidagi 3 asosiy jihatga e’tibor berilgan ekan:
1) Tug’ulganida ota-onasi qo’ygan ism.
2) Oilasining nomlanishi.
3) ?

Javob: Xarakteri yoki boshqalarning bergan ismi.

4941. Turk tilida “At nali”, Alban tilida “patkua”, Ispan tilida “herradura” deb ataluvchi bu narsani biz o’zbek tilida qanday ataymiz?
Javob: Taqa

4942. Britaniyada XIX asrning o’rtalarida amalda bo‘lgan bir qonunga ko‘ra fuqaro, agar u ishni oxiriga yetkaza olmasa, qatl etish bilan jazolangan, agar u ishni oxiriga yetkazsa o’z-o’zidan jazodan ham qutilib qolishgan.
Gap qaysi ish haqida ketmoqda?

Javob: O’zini o’zi o’ldirishga urinish

4943. 2006-yilgi shaxmat bo’yicha jahon chempioni rassiyalik Vladimir Kramnikga Dep Friz bilan blitz o’ynash va g’oliblik uchun 500000 euro taklif qilishadi. Kramnik 47-yurishida bir voqea sabab yutqazib qo’yadi. Qanday voqea ro’y bergan deb o’ylaysiz?
Javob: Esnagani uchun

4944. Brauer o’zining og’irligi bilan rekordlarga kirgan eng og’ir inson ekanligi ta’kidlanadi. Sizingcha amerikalik Brauer necha kilo vazinga ega bo’lgan deb o’ylaysiz?
Javob: 635

4945. Ko’zgu yonida turgan odam o’zining aksidan 2 metr uzoqlashsa, ular orasidagi masofa nechi metrga teng bo’ladi?
Javob: 2 metr

4946. Hindistonda g’ayrioddiy harakatlari bilan ko’pchilikni xayratga solayotgan voqealardan biri Praxland Janidir. U 70 yil davomida bir ishni takrorab kelayotgani ta’kidlanadi. Shifokorlar uning bu xarakatini taqdirlashgan.
Siznincha Praxland 70 yil nima qilib barchani e’tiborini o’ziga qarata olgan deb o’ylaysiz?

Javob: Hech nima yemay, ichmay yashagan

4947. “Bolalar botinkasi sotiladi. Poyabzal hali kiyilmagan…”. Bu tarixdagi eng qisqa va adabiyotning barcha qoidalariga javob beradigan hikoya sifatida takidlanadi. Uning muallifi do’stlari bilan garov o’ynagan va garovda yutib chiqqani haqida ma’lumotlar bor. Bu qaysi yozuvchi ekanligi topa olasizmi?
Javob: Ernest Xeminguey

4948. Ingliz amaldori, graf Uilyam Duglas XVIII asrda yashagan. U bekorchilikdan kartabozlik, aroqxo’rlik, garov kabi yomon odatlarga ruju qo’ygandi. Uni tarixda mashhur qilgan voqea esa garov bilan bog’liq. Bir kuni 50 nil uzoqlikdagi manzilga bir soatdan kam vaqt ichida maktub yetkaza olishini isbotlamoqchi bo’ladi. Raqiblari esa unga agar o’yinda yutib chiqsa, katta miqdorda pul olishini va’da qilishadi. Shuni alohida takidlash kerakki, o’sha davrda xat tashiydigan kaptarlar bir soatda 44 mil masofani bosib o’tishardi. Uilyam esa maqsadga erishish uchun quyidagicha tadbir qo’llaydi. Qanday? Javobni yozma yozing.
Javob: Graf bir qancha kriketchilarni o’sha yo’lda o’ynashini iltimos qiladi va kriket to’pini ichiga maktubni joylashtiradi.

4949. Quyidagi Gerb qaysi davlatga tegishli?

Javob: Beliz

4950. Moskvada nashrdan chiqadigan Vesti axborat agentligi bir necha yil oldin bir jinoyat haqida yozdi. Unga ko’ra Germaniyaning Nyurinberg shahrida yangi ochilgan muzeyining qimmatbaho eksponatlari ichidagi bir eksponat bilan bog’liq “jinoyat” sodir bo’ladi. Jinoyatchi 91 yoshli ayol. Politsiyachilar ayolning bu jinoyatini aqlsizlik deb baholaydi. Yetkazilgan moddiy zarar 80 000 euroni tashkil qilgan.
Sizningcha 91 yoshli, qariyalar uyida yashayotgan bu ayol qanday jinoyat sodir etgan deb o’ylaysiz?

Javob: Tarixiy suratdagi krasvordni ruchka bilan to’g’ri javoblarini yozib to’ldirib qo’ygan.

4951. Eng birinchi tajribalardan biri sifatida Nyutonning yoshligida tengdosh do’stlari bilan uzoqqa sakrash tajribasi keltiriladi. Nyuton yoshligidan nimjon bo’lgani uchun do’stlari uni yutishiga ishonmaydi. Nyuton o’sha kuni tengdoshlaridan ko’ra eng uzoqqa qanday sakragan deb o’ylaysiz?
Javob: Shamol yo’nalishida yugurib sakragan

4952. Nima uchun tez yordam mashinasida AMBULANCE yozuvi teskari yoziladi?

Javob: Oldinda ketayotgan mashina yon oynasi yoki orqani ko’rsatuvchi oynasidan qaraganda AMBULANCE yozuvini to’g’ri ko’rinadi.

4953. Fransiyada Stendal davrida ushbu protsess boshlanishidan oldin 3ta sham yoqib qo‘yilgan va bu jarayon ushbu shamlar o‘chguncha davom etgan. Hozirda bizda ham ushbu jarayonning nihoyasiga yetishi 3 soni bilan bog‘liq. Gap qanday jarayon to‘g‘risida ketmoqda?
Javob: Auktsion (bolg‘achani 3 marotaba zarb bilan urish orqali tugatiladi)

4954. Yunonlar uni sfinks deb atashgan. U ishlatgan qatl uslubi odamlarni jalb qilmaydi. Bir mashhur adabiy qahramon ham bu qatl uslubidan foydalangan. Endi menga uning nomini emas, yunonchada sfinks qanday ma’noni bildirishini ayting?
Javob: Bo’g’uvchi
Izoh: Gap bo’g’ma ilon haqida bormoqda. Adabiy qahramon bu – Otello.

4955. Fransuz qiroli buyuk Karlning portreti uzoq vaqt davomida bahs munozaraga sabab bo’lgan, sababi unda Karlga tegishli bo’lmagan bir odat xato chizilgan deyiladi. Portret qanday xatolik bor deb o’ylaysiz?

Javob: Karl chapaqay bo’lgan ot jilovi o’ng qo’lda ushlab turilibdi.

4956. 1942-yil ikkinchi Jahon urishiga kirgan AQSH, prezident Ruzvelt uchun zirhli, o’tishma va suiqasdlardan himoyali mashina izlash ishlarini boshlaydi.
O’sha vaqtlarda Amerikada mashina sotib olish bilan bog’liq bir qonun bu ishni amalga oshirishga to’sqinlik qiladi..
( Undan oldin maxfiy xizmatning bir xodimi AQSH xazinasida, izlanayotgan mashinaga o’xshash mashina borligini bilib qoladi.
U mashina 1931-yilda AL Kapone nomli mafiya boshlig’iga tegishli edi va u soliqdan yashirgani uchun bu mashina davlatda musodara qilingan edi. Al Kaponening yashil rangli Kadillak Town Sedan nomli bu mashinasi 1928-yilda ishlab chiqarilgan, og’irligi 4 tonndan oshardi. Oynalari o’q o’tmaydigan 2sm lik qilib yasalgan edi. Mashinani yuvib, tekshirib, ishchi holatida ertasi kuni Prezident Ruzveltga olib keltirishadi. Ruzvelt bu mashinadan 1939-yilgacha foydalangan edi.
Shunday qilib qonun ham buzulmagan va Prezident ham himoyali mashinaga ega bo’lgan edi. )
1942-yilda Ruzvetga yana xuddi shunaqa mashina izlash boshlanadi.
Savol yuqorida qanday qonun haqida gap ketmoqda?

Javob: Mashinalar narxi 750$ dan oshmasligi haqidagi qonun edi.

4957. Uni Kiprda vasiylik, Ruminiyada nashtariniy deb atashadi.
Savol uni o’zimizda kim deb atashadi?

Javob: Qorbobo

4958. Amur Temur qayerga yurishi chog’ida puli qolmaganligi tufayli hayvonlarning suyagidan pul o’rnida foydalangan?
Javob. Eronda
Izoh. Amur Temurni eronga yurishi chog’ida jangchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlashga oltinlari yetmay qoladi. Keyin Temur nima qilishini bilmay O’z yurtiga ahvoli haqida xat yozadi. Buni o’qigan Saroymulki xonim Amur Temurning xatiga javoban “Sizning oltininggiz tugagan bo’lsa siyosatingiz ham tugadimi” deya javob yozadi buni o’qigan Temur Eronda vaqtinchalik suyaklardan pul o’rnida foydalanish haqida farmon qiladi.

4959. Portugaliya qiroli Juan Vl ortiqcha odatlarni uncha xush ko’rmagan lekin. Arz bilan kelganlarni taxti yonida bir sherning haykaliga qarab gapirishni talab qilgan.
Savol u nega bunday qilgan?

Javob: Juanning qulog’I og’ir bo’lgan. sher haykali ichida eshitish moslamsi o’rnatilgan bo’lgan. odamlar qirolni ustidan kulmasliklari uchun aynan shunday yo’l tutgan.

4960. Quyidagi o’zbek xalq maqolidagi qoldirib ketilgan so’zni toping?
Gapning yomoni ***

Javob: Pichir

4961. 1911-yil 21-avgust kuni Luvr muzeyidan mashgur “Mona Liza” asari muzeyi ishchisi Vinchesso Peruja tomonidan o’g’ilanadi. Politsiya bir necha yil qimmatbaho, nodir asarni topa olishmaydi. Butun Fransiyadagi juda ko’p insonlar so’roq qilinadi va eng asosiy gumondor deb bir insondan shubhalanishadi. U inson o’zining yozuvchi do’sti Gaymom Appolinerum bilan yozishgan bir haqida “Luvr yondi” degan mavzudagi xati sabab bo’ladi. Sizningcha bu gumondor kim edi?
Javob: Pablo Pikasso

4962. Birinchi jahon urishi davrida odamlar urishga bog’liq turli xil ishlarni qilib foyda olishadi, masalan hozirda arxivda saqlanayotgan quyidagi rasm 1918-yilda tushirilgan. Unda ikkita qiz ulkan muz bo’laklarini aravaga yuklamoqda.
Sizingcha bu muz bo’laklarining haridorlari kimlar bo’lgan deb o’ylaysiz?

Javob: Harbiylar, omborlarda saqlanadigan go’sht mahsulotlarini uzoq saqlanishi uchun

4963. Ikkinchi Jahon urushi davrida polsha askarlari Eronda joylashgan vaqtida armiya tarkibiga bir hayvon rasman Polsha qurol yarog’ taminotchi 22-chi rotasining a’zosi sifatida qabul qilingan edi. U hayvondan qurol yarog’ni jang maydoniga yetkazib berishda foydalanishadi. Keyinchalik bu hayvonga e’tibor ortadi va keyinchalik nafaqat Polsha balki butun dunyoga ma’lum bir mahsulot etiket, yorliqlarida paydo bo’ladi. Sizningcha bu qanday hayvon edi?
Javob: Ayiq

4964. 1960-yillarda Shvetsariyada “Verdingkinder”(Tanlangan bolalar) degan termin bo’lgan.
Bu “tanlangan bolalar”dan tekin ishchi kuchi sifatida foydalanilgan va boqilgan.
Verdingkinder hisoblanishi uchun quyidagilar bo’lishi kerak bo’lgan:
a) Yetim bolalar
b) Oilasi juda nochor bo’lsa
c) Ota-onasi ajralishgan bo’lsa
d) ?

Javob: Ota onasi sigan bo’lsa

4965. 1000-yilda Viking Leyf Eriksson 35 kishilik kema ekipajlari bilan Amerikaga borib qolishadi va borgan joyida hozirgi Nyufaundlendda X meva ko’p yetishtirilgani uchun u joyni “X yeri” deb nom beradi. X-ni toping?

Javob: Uzum

4966. 1944-yilda Britaniya va Amerika Normand kelishuvidagi yerlaridan nemis fashistlarini batamom tozalash rejasini ishlab chiqadi. Reja mutlaqo sir edi lekin Britaniyaning “The Daily Telegraph” gazetasida bu reja tasodifan chop etiladi. Rejadagi so’zlar quyidagicha edi:
«Utah»(Yuta), «Omaha»(Omaxa), «Gold»(Oltin), «Juno»(Yunon), «Sword»(Qilich)va hakazo. Bu shaharlar va NASAning joylashtiriladigan yerlarining nomi edi.
Gazeta muhbirlari buni tasodifiy deb aytishadi. Sizingcha gazetada bu Kodlar qanday ko’rinishda e’lon qilingan edi deb o’ylaysiz.

Javob: Krasvord ko’rinishida

4967. 2012-yilda Nasa agentligi Appalon-17 kosmik kemasining Oydan olib tushirilgan “X”lari yo’qolganini e’lon qiladi. Prezident Richard Nikson bu “X”larni 135 ta davlatda sovg’a sifatida yuborgan edi lekin keyinchalik bir qancha “X”lar yo’qolgani ma’lum bo’ladi. Tezda qora bozorda aynan o’sha “X”lar sotuvda kilogrammi 5mln dollarga sotilganida ushlanadi. Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Oydan olib kelingan toshlar

4968. Amerikaning Merkuriy deb nomlangan shaharchasiga kiraverishda quyidagi rasmdagi e’longa ko’zingiz tushadi. Sizingcha bu hududa kimlar yashaydi?

Javob: Yadro quroli tajribasi bilan shug’ullanuvchi olimlar

4969. 2008-yilda Janubiy Amerika davlatlaridan birida chiqarilgan ushbu tanga 2 yil amalda bo’ladi va faqat 2 yildan keyingina tangada bir xatolik borligi sezib qolinadi. Sizingcha bu tangada qanday xatolik bor?

Javob: xatolik CHIIE ya’ni CHILE bo’lishi kerak edi

4970. 1963-yil 31 dekabr kuni SSSR ning markaziy telekanalidan to’g’ridan – to’g’ri namoyish etilayotgan ” Goluboy ogonyok” yangi yil bazmi ko’rsatuvi chog’ida diktor sayyoramizning birinchi fazogiri Yuriy Alikseevich Gagarindan -“sizning eng yoqtirgan xonandangiz kim ” deya so’raydi.
Savol. Boshlovchiga Gagarin qaysi mashhur xonanda nomini aytgan ?

Javob: Botir Zokirov

4971. Qisqa_savollar_3taligi
1.Psixologlarning fikricha jahldor va sabrsiz insonlar.
Nimaga ko’proq o’ch bo’lishadi?
2.Terinad va Tobago orollarini kim nechanchi yilda kashf etgan ?
3.Uning joni yo’q ammo ishlab chiqarishda eng yaxshi hodimlardan ham yaxshi.
Savol u nima?

Javob:
1.Yangi poyabzal
2.1498-yil X.Kolumb
3.Reklana

4972. Badiiy nasrning ajoyib namunalaridan bo’lgan “Ziynat ul-majlis” (ziynatni ortturuvchi majlislar) asari kim tomonidan yozilgan ?
Javob: Majdiy

4973. Kanadalik olimlar eng hotirasi past jonzotlarni ya’ni ularni o’rmonlarni asrab qolishda o’rni juda katta deyishadi.
Savol bu qaysi hayvonlar va ular o’rmonga qanday foyda keltiradi?

Javob: Olmaxonlar, yerga ko’mgan yong’oqlari esidan chiqishi Natijasida daraxtlar o’sib o’rmon kengayadi.

4974. Aholining soni ko’payashi, tarkibi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy omillarga bog’liqligini o’rganuvchi fanni ayring?
Javob: Demografiya

4975. Bu restoran hodimlari stollarga dasturxonni xo’llab yoyishadi. Ammo bu restoranga dasturxonni xo’llab yoyishni vaziyatni o’zi taqozo qiladi .
Savol bu qayerda joylashgan restoranlar?

Javob: Kema restoranida

4976. “Qirq uydan etagim to’ldi”
“Bir uydan …..
Maqolni davomini toping?

Javob: nimam to’ldi

4977. Mard o’glidir elga yozar daturxon,
To’g’ri so’z ustiga berar shirin jon,
Umrini o’tkazar, aytmaydi yolg”on,
Jaxd aylab, yolg’on so’z aytuvchi bo’lma.
Ushbu misralar kimning qalamiga mansub

Javob: Maxtumquli

4978. Qisqa_Savollar_5taligi
1.Mashhur Fransuz futbolchisi Zeniddin Zidan Fransiyaning qaysi viloyatida dunyoga kelgan?
2.O’zbekistinning mashhur kurashchilaridan biri bo’lgan Cho’li Begimqulov qaysi viloyatdan chiqqan ?
3.O’zbekistonda dastlabki radioeshittirish tajribalari nechanchi yilda Toshkentda amalga oshirilgan ?
4.O’zbekiston Respuplikasi “Mehnat shuxrati” ordeni qachon ta’sis etilgan ?
5.O’zbekiston armiyasi dunyoning eng qudratli qurolli kuchlari reytingida 2016 yili nechanchi o’ringa ko’tarildi ?

Javob:
1.Marsel
2.Qashqadaryo
3.1926
4.1995-yil 6 -may
5.48-o’rin

4979. Sho’rolar davrida ajdodlarimizning qiyofalari,
jumladan Amir Temur ko’rinishi atayin noto’g’ri tasvirlangan , buni Moskvalik antropolog boshlab berdi.
Hatto ba’zi Sho’ro gazeta jurnallarida Sohibqiron bobomizning bo’ylari 144 sm bo’lgan deb tasvirlashdi.
Savol bunday yolg’on tasvirlashlarni kim birinchi bo’lib boshlab bergan?

Javob: Gerasimov

4980. Gongkong va Xitoy orasini daryo ajratib turadi. Bu chegarani bog’lovchi ko’prikni esa siz rasmda ko’rib turibsiz. Dizayn ajoyib, shunday emasmi?!
Siz menga bunday dizayn orqali qanday muammo hal etilganligini topib ayting?

Javob: Bu ikki davlatda mashina yo’nalishi ikki xil. Birida chap tomonda birida o’ng. Ko’prikdan o’tayotganda mashinalar yo’nalishi o’zgartiriladi.

4981. Tush haqida ko’plab maqollar mavjud.
Masalan, “Fil tushida Hindistoni ko’rarmish”
Degan maqol bor.
Yana nimani orzu qilsa, o’sha narsani tushida ko’radi.
Bir hazilga ko’ra, u tushida janubni ko’rarmish uni ayting ?

Javob: Kompas. Chunki kompas faqat shimolni ko‘rsatadi.

4982. Xitoy tilida “Turmushga chiqqan ayol” so’zlari 2 ta Iyeroglifdan tashkil topadi.
Ulardan birinchisi tabiiyki ayol, siz ikkinchisini toping?

Javob: Supurgi

4983. Bu ayol haqida so’z 1861 yildan boshlanadi. Uning onasi fransuz aristokrat oilasidan chiqqan. Otasi urushqoq irland bo’lgan . Savol ayolning nomini toping?
Javob: Skarlet O’Hara

4984. Ularni bir birisiz tasavvur qila olmaymiz, uni “sevimli hunar” qilib olgan qizlar buni parol qilib muhabbat uchburchagiga taqqoslashadi biri oshiq biri ma’shuq biri esa hasratdoshmush….
Aytingchi Braziliya yoshlari mahfiy qilib aytishayotgan bu uchlik nima?

Javob:
1-Sigaret,
2-Gugurt yoki zajigalka
3-Kuldon

4985. Bu ukrainadagi shahar nomini 1962-yilda qo’yishgan. Ukrainlar hazillashib bu shaharni nomini 40% ga qisqartirib qo’yilsa ham bo’lardiyu unda bu yerda ukrainlar emas ispanlar yashashi kerak bo’lardi deb aytishadi . Siz u shaharni 100% li nomlanishini yozib bering?
Javob: Ivano Frankovskiy

4986. Uyimni to‘rida o‘tirgan gulim,
Sen ila musaffo uyginam so‘lim,
Xushbo‘y bo‘ylaringla o‘zim tarovat,
Bu nima javobi ahli Zakovat?

Javob: Xushbo‘ylashtirilgan avtomatik vosita xonani xushbo‘ylantirish uchun

4987. Daniyaliklar fikriga ko’ra xohlagan xo’rozni tuxum bosib yotishga va ochishga o’rgatsa bo’lar ekan Ammo … marhamat yarim hazil fikrni davom ettiring ?
Javob: Xo’rozni bundan ham muhum ishlari bor qichqirish.

4988. Hozirda deyarli har davlatda mavjud bo‘lgan bu kasb egalari bo‘lmagan,dastlab uni zo‘ravonlar va poraxo‘rlar to‘dasi sifatida tanilgan. Bir Xorij ko‘chalarida ularni guruhini bir xil libosda ko‘rishgach butun dunyoga shov-shuv bo‘lishiga va biz sizdan so‘ramoqchi bo‘lgan kasb egalari qaysi kasb egalari,va qaysi davlat?
Javob: Politsiyalar!
Ha politsiyalar,albatta bu kasb egalari ilk bora Fransiya ko‘chalarida maxsus kiyimlarda ko‘chaga chiqishgan,lekin balki ishonmassiz,o‘shanda politsiyachilarni kuchi faqat etikdo‘zlarga yetgan,ularni haydab solayotgan vaqtda bir poyafzalchi ularga pora berib qutulib qolgan ekan

4989. Savol. Rasmga e’tibor qarating. London va boshqa mashhur shaharlar ko’chalarida yo’laklar, yo’l chetlaridagi trotuarlar va shunga o’xshash joylar chetida shunday temir uskunlalar o’rnatilgan. Bu birnimaga qarshi chora hisoblanadi.
Diqqat, savol: nima sababdan bunday temirlar o’rnatilgan?

Javob: skeyt uchuvchi yoshlarga qarshi chora edi bu. Ular yo’l chetlarida turli tryuklar qilish chog’ida jarohatlar olganliklari uchun o’sha joylarga shunday uskunalar o’rnatilgan.

4990. Siz ko’rib turgan bu suratda jinsi shimining old cho’ntagi ichidagi ixchamgina to’rtburchak kichik cho’ntakcha tasvirlangan. Buni qarangki, bu cho’ntakcha ham o’z tarixiga ega ekan. Bugungi kunda unga nima solib yurish bizga muhim emas. Siz bu cho’ntakka dastlab, ya’ni u yaratilgan paytda nima solib yurilganligini toping. To’g’rirog’i bu cho’ntakcha aslida nimaga mo’ljallanganligini toping?

Javob: Cho’ntak soat

4991. Fransuzlar juda madaniyatli va manaviyatli bo’lishgani tarixdan ma’lum.
X dan malikalar va xonadondagi qiz bolalarni madaniyatni bir turini o’rgatishga juda ham zarur bo’lgan ammo biz X ni boshqa maqsadda ishlatamiz.
Savol – X ni toрib undan nima maqsadda foydalanganini izohlab bering?

Javob : O’qlo’v(Xamir qiladigan Yog’och) ni malikalarni to’g’ri o’tirish madaniyatiga o’rgatganlar.

4992. Ushbu suyuqlikni XVIII asrda Yevropalik zodagon yigitlar bir choy qoshiqdan, qariyalar esa 2 choy qoshiqdan ichib yurishgan. U yurak urishini me’yorlashtirib bosh og’rig’idan halos qilgan. Uni Gyoti va Otto Bismark ham yoqtirgan. O’z vaqtida anchagina qimmat bo’lgan ushbu mahsulotni ko’pchilik sovg’a sifatida Gemaniyadan olib ketgan!
Lekin biz o’zbeklar bu mahsulotni iste’mol qilmaymiz. Gap qaysi mahsulot haqida ketmoqda?

Javob; Odekalon

4993. Sergeevich Aleksandr Esenindan Umrini oxirida bir do’sti undan qanday yashayapsan deganida
U shunday javob bergan ekan ” Uch tomli She’rlar to’рlamini tayyorlayabman va …..
Savol : nuqtalar o’rniga maxsimal aniqlikda Eseninni fkrini ayting?

Javob: Sevmagan ayol bilan yashamoqdaman degan ekanlar

4994. Qiziq ma’lumot fransuz oshxonasida uni yong’oq mag’zi bilan kurka ,o’rdak go’shtiga o’rab pishirishni xush ko’rishadi ekan. Haqiqatda ishtaxa ochadi Pod. Angliya aholisining bayramona dasturxonini uning piroglarsiz tasavvur etish qiyin bo’lib ,piroglar tayyorlab belashadilar. XITOYDA ham unga alohida extirom bilan qarashadi. U nima?
Javob: Olxo’ri

4995. Qisqa_savollar_3taligi
1.Nechanchi yilda tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi tuzildi ?
2.”Lubob ul-albob” kitobi kim tomonidan yozilgan?
3.1824-yilda Vyoler qanday moddadan oksalat kislotasi olgan ?

Javob:
1.1948-yil
2.Muhammad Avfiy Buxoriy
3.Ditsian

4996. Taksofonlar odatda 2 xil rangga bo’yaladi. Tashqarisi sariq rang, ichkari tomoni to’q qizil rangga bo’yalgan, yoki aksinsa tashqarisi to’q qizil ichkarisi sariq rang bo’lgan. Ikkalasi ham diqqatni tortuvchi ranglar. Nega taksofonlar aynan shu ikki ranga bo’yalishiga bir sabab bor. O’sha sababni toping?
Javob: Sariq rang va to’q qizil rang juda asabga tegadigan rang. Olimlarni aniqlashicha U ranga sal uzoqroq termulsa odamni asabi buzilib boshlarkan va tezroq tark etarkan taksofonni. Navbat ko’payib ketmaskan va kirgan odam bemalol uzoq gaplasha olmaskan.

4997. Buyuk faylasuf Aristotel u narsa haqida juda ko’p fikr yuritgan, u qanday paydo bo’ladi, u nima o’zi, qayerga borib yo’qoladi? Lekin javobi topolmagan, afsonalarga ko’ra u narsa Aristotelning o’limiga sababchi bo’lgan. Sizga savolni topish uchun yordam: U narsa bilan bog’liq hozirda zamonaviy sport turi mavjud. Bizda esa shu sport turiga bog’liq qo’yiladigan ism ham bor? Savol, u narsa nima?
Javob: To’lqin

4998.
1.Korney Chukovskiy uni dunyodagi birinchi raqamli veterinar deb atagan. u kim?
2.Styuardessalar ishga qabul qilinayotkanda albatta bir sohaning diplomi bo’lishi shart ekan qaysi soha?

Javob:
1.Doktor Aybolit
2.Hamshiralik diplomi

4999. U Gollivuddagi eng g’ayritabiiy aktyor. Mashhur bo’lishiga qaramasdan uni ko’p narsasi Yo’q, qo’riqchilar bilan yurmaydi hatto uni doim metroda uchratishingiz mumkin. U 3 yoshligida otasi narko biznesi bilan qamaladi. Onasi bilan Avstraliyaga keladi keyinchalik esa AQSh, Kanadada yashaydi. Bu Gollivud yulduzi hokkey o’ynashni juda yoqtirgan ammo u ba’zi nuqsoni sababli hokkey bilan shug’ullanolmagan.
Savol: Hozir siz bu aktyor kimligini emas unga mashhurlik keltirgan filmni toping?

Javob: Matritsa (Matrix, aktyor Kianu Rivz)

5000. 30 yilcha oldin Ispaniyada bir klub rasman ish boshladi. Bu klubning bir qancha imtiyozlari bor. Masalan teatrlarga oldingi qatordan bilet ular uchun sotilishi shart va hokazo.
u qanday yoki kimlarning klubi?

Javob: Pakanalar klubi