67-qism savol javoblar

Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.

6601. Afsonada aytilishicha, U Zevsning topshiriqlarini bajargan va bir shahardan ikkinchisiga uchib yurgan emish. Siz Uning kim yoki nima ekanligini bilgan bo’lsangiz, aytingchi u qanday qiyofada tasvirlangan?
Javob: Shippak va shlyapa kiyib olgan qanotli kishi qiyofasida.
Izoh: U – savdo-sotiq homiysi bo’lmish xudo Germes edi.

6602. Savolda almashtirishlar bor.
Qum haqida vikipedia maqolasida keltirilishicha qadimda masofa o’lchov vositasi sifatida foydalanilgan ekan. Dum haqida internetdan ma’lumot izlagan savol muallifi Shtutgart shahrida asos solingan kompaniya va gap bo’laklari uchun ona tili darsligiga berilgan havolaga ko’zi tushadi. Xalqimizda mavjud maqollarning birida qumning dumga zarar yetkazishi aytilgan.
Savol. O’sha maqolni yozib bering?

Javob. Osmonga otgan toshing, qaytib tushib yorar boshing.
Izoh. Qadimda toshlar masofani o’lchash uchun ham foydalanilgan ekan. Shtutgartda Robert Bosh tomonidan asos solingan “BOSCH” firmasi filiali urtimizda mavjudligi haqida bilsangiz kerak. Ona tili faniga berilgan havolada gap tarkibidagi bosh bo’laklar haqida maqola mavjud ekan. Savol matnida mos ravishda bir harfga farqlanuvchi ikki so’zni bir harf bilan farqlanuvchi boshqa ikki so’zga almashtirganimiz yordam berdi deb umid qilamiz.

6603. Tarqatma material JAVOB UCHUN!!!
Internetda chiqarilgan karikaturalarning birida ALT Bning sochlarini QIRQAYOTGANLIGI tasvirlangan. Chindan ham ALT va B orqali qirqish mumkin.
Savol. Almashtirilgan belgilarni asl holida yozib bering?

Javob. CTRL X
Izoh: Karikaturada CTRL tugmasi X tugmasining sochini qirqayotganligi tasvirlangan. Savol matnidagi qirqish so’zi sizni javobga olib borishi kerak edi.

6604. San’atkori mohir ko’rsatdi shoh maydonini
Mardikor hosil o’radir to’ldirib har yonini
Yon tomonidan uch bog’lovchi ish birla doim band turur
Quchoq-quchoq poyalarni kichkintoylar keltirur
Dub daraxti salqinida xizmatkorlar kuykashar
Katta-katta qozonlarda lazzatli taom pishar
So’ngra X ga chizilgan podaning rasmi
Ma’rashib yaylovga chiqqan mollarning rasmi…
Siz X nimaligini topgan bo’lsangiz, bizga uning nima ekanliginimas, egasi kimligini aytib bering?

Javob: Axill
X – Axillning qalqoni
Ya’ni yuqoridagi voqealar qalqonda rasm ko’rinishida tasvirlangan.

6605. Savollar qiyinlik qiyinlik qilib hali ochko ishlay olmagan bo’lsangiz, biroz sabr qiling, yengil savollarimiz hali oldinda.
Savol matnida QORA KUMUSH so’zlari boshqa ikki so’zga almashgan.
QORA-KUMUSH — Qirg’iziston Respublikasi Botken viloyati Qadamjoy tumaniga qarashli qishloq hisoblanadi. QORA-KUMUSH qatnashgan maqollarimizdan birida esa QORA KUMUSH Uning tagida ekanligi aytilgan.
Savol. Uni bir bo’g’inli so’zda yozib bering?

Javob. Sabr
Izoh: savol matnida mos ravishda Sariq oltin jumlasi Qora kumushga almashtirildi. Qolaversa savol preambulasida sizdan sabrli bo’lishingizni so’raganimiz bejizga emas edi.

6606. Tarqatma material.
Xitoy davlatidagi Tianji tog’larining suratini ko’rib turibsiz. Ushbu tog’lar dastlab “Janubiy samo ustuni” deb nomlangan.
Savol. 2009-yilgi qaysi voqeadan so’ng tog’ nomi o’zgartirilgan?

Javob. “Avatar” filmi premyerasidan so’ng
Izoh: Tog’lar “Avatar” filmidagi manzara uchun prototip vazifasini o’tagan. Film premyerasidan so’ng tog’ mashhurbo’lgan va nomi “Halleluya, Avatar!” deb o’zgartiriladi.

6607. Tarqatma material. Javobda ham tarqatma material bor. Savol matnidagi bir so’zda ikkita harf tushirib qoldirilgan.
Qarshingizda fransuz rassomi Jan-Fransua Millening 1857-yilda chizgan “Don teruvchilar”  kartinasi. Ommaviy muammolarga bag’ishlangan postlarning birida ushbu surat nomi “Xat teruvchilar” deb almashtirilganligini ko’rishimiz mumkin.
Savol.  Harflari tushirib qoldirilgan so’zni asl holida yozib bering?

Javob. Axlat

6608. XVI asrda yozilgan she’r:
Yer o’z o’qidan chiqqandek bo’lib
Yangi shahar insonlaring qo’rquvga solib
Ikki aka-uka bo’lar bu urushga sababchi
Bu urush mantiqsiz ekanin etaman bayon.
Bu Mishel Nostradamusning eng birinchi ijod namunalaridan biri.
Diqqat savol: she’r muallifining bashorati nechanchi yili amalga oshdi

Javobi: 2001-yil 11-sentabrda. XVI asrda bu voqealar bashorat qilingan.

6609. Bu jonivorlar german qabilalarining ramzi hisoblangan. Afsonalarga ko’ra , ularning tuxumi bahor va hosildorlik ramzi bo’lgan.
Diqqat savol: bu qaysi jonivor va ulardan eng ko’p ozor chekkan qit’ani toping?

Javobi: Quyonlar, Avstraliya.

6610. Ilya Ilf yon daftarchisidan:
“Angliyada yosh bolalar, tentaklar va perlar u ishni qilishmaydi”.
Diqqat savol: qanday ish so’ralmoqda?

Javobi: Saylovda ovoz berishmaydi. Per unvonidagilarning ham saylovda ovoz berishga huquqi yo’q.

6611. Vengriyadagi eng kenja shaharning nomi Duna uy varosh deb ataladi. Bu atamadagi ” Duna” so’zi Dunay daryosini bildiradi.
Diqqat savol: “uy varosh” so’zlari qanday tarjima qilinadi?

Javob: Yangi shahar
Aslida esa: Dunaydagi yangi shahar

6612. Uzoq bir mamlakatda ajoyib kedr o’rmonida dahshatli mahluq Xumbobo istiqomat qilar edi. U ana shu o’rmonga kirib qolgan hamma narsani yo’q qilib yuborarkan. Bahaybat Xumbobo bilan olishishga hechkim jur’at qilolmas ekan. Lekin faqat U og’ir kurashda yovuz mahluqni mag’lub etdi.
Siz U ning kim ekanligini bilgan bo’lsangiz, endi bizga uning qaysi davlatda yashaganligini ayting?

Javob: Messopotamiya
Izoh: U – Gilgamish ( Uruk shahri podshosi ) edi

6613. Xitoyliklar itlarni qo’riqchi, ovchi va yesa bo’ladigan turlarga ajratishgan. Rimliklar ham uch turga ajratishgan. Birinchisi jangovar. Ikkinchisi tez yuguruvchi. Uchinchi turini siz ayting?
Javob: Aqlli

6614. Bu narsaning yaratilishi juda katta muammo edi. Lekin XX asrning ikkinchi yarmiga kelib axiri hamma kutgan voqea ro’y berdi va bu sana tarix lavhalaridan joy oldi. Hozirda undan ko’pincha 14-18 yoshgacha bo’lgan yoshlar foydalanadi. Uni o’ziga xos “alifbe” deb ham atashimiz mumkin. Ayniqsa yilda 1 kun unga bo’lgan talab juda ko’payib ketadi. Diqqat savol: siz menga “U” ni emas,uni yaratgan mashhur insonni ayting?
Javob: D.I Mendeleyev
Izoh: Bu narsa hammamizga ma’lum davriy jadval edi. Uni 7-sinf yani 14 yoshdan boshlab o’rgana boshlaymiz kimyo fanida. U kimyogarlar uchun alifbe!) 1-avgust kuni esa imtihon payti unga talab juda ko’payadi. Chunki imtihon vaqti u oltin bilan barobar!

6615. Fessaliyada otlarning alohida zotlarini yaratishgan. Qadimgi greklar bu otlar ho’kiz boshli bo’ladi deb hisoblashgan. Shunday otlardan birining egasi bo’lgan mashhurni ayting?
Javob: Aleksandr Makedonskiy. Butsefal-ho’kiz boshli degani.

6616. Bilamizki Misr iyerogliflarini sirini ochishda Shampalyonga Rozetta bitigi katta yordam bergan. Yozuvda “Ptolmessu” degan so’z ramkaga bilan o’ralgandi. Grek va boshqa qadimgi tillarni yaxshi bilgan Shampalyon bu so’zdagi har bir iyeroglif alohida bir harfni bildiradi deb tahmin qiladi. Bu ishda unga boshqa bir toshdagi topilma yordam beradi.
Savol: bu topilmada qanday so’z yozilgan edi?

Javob: KLEOPATRA
Qabul emas Ptolmessu
Izoh: Ptolmessu – bu fir’avn Ptolomey edi.

6617. Yevropadagi bu davlat gimnida shunday so’zlar bor : “Sendan minnatdormiz, qadrdon otamiz, o buyuk Karl. Sen bizni arablardan xalos qilding”.
Savol: bu so’zlar qaysi davlat madhiyasida uchraydi?

Javob: Andorra davlatining.

6618. Uning na tug’ilgan yili, na o’lgan yili ma’lum.
U umri davomida ko’p jasoratlar ko’rsatgan, ko’p yovuzlarni yenggan; mushti yo kuchi bilan emas, intellekti va ichki ovozi bilan. Turli siquvlar oqibatida o’z yurtini tashlab, boshqa davlat fuqarolari uchun xizmat qilgan. Xarakteri nozik, qaysar va biroz kiborli.
Savol: Ta’rif kimga berilmoqda?

Javob: Erkyul Puaroga.

6619. Bu kishi 1946-yilda Massachusets shtatida tug’ildi, chiroyli qomati tufayli avval modalyerlarning diqqatini tortdi. U avval Vitse prezident, so’ng AQSH prezidenti bo’ldi.
Savol: U kim?

Javob: Aktyor Harrison Ford.
Bu aktyor vitse prezidentning ham, prezidentning ham rolini o’ynagan.

6620. Alfa- fransuzchadan olingan so’z hisoblanadi. Alfalar G’arbiy Yevropa afsonalarida tasvirlangan, yerosti g’orlarda yashovchi va quyosh nuridan qo’rqadigan, qisman inson tanasiga o’xshash tanaga ega bo’lgan afsonaviy maxluqlar hisoblanishadi. Alfani toping?
Javob: Goblin

6621. X- temirchi, miskar va zargarlarning qizdirilgan metallga ishlov berish (bolg’alash)da uning ostiga qo’yadigan asbobi hisoblanadi. X- forschadan-” temir kunda” degan ma’noni anglatadi.
Diqqat savol: X ni yozib bering?

Javob: Sandon.

6622. X ga qadimdan odamlar e’tibori kuchli bo’lgan. Ayniqsa qadimgi misr ayollarida buni yaqqol ko’rish mumkin. O’rta asrlarda X ga qarab, insonlarni qaysi tabaqa vakili ekanligini payqab olish ham mumkin bo’lgan ekan. Bizga mashhur asarda esa, X insonni o’zligini yo’qotishdagi vositalardan biri bo’lgan.
Savol: agar siz X ni topgan bo’lsangiz, undan “lift” o’rnida foydalangan personajni ayting?

Javob: Rapunzel
X-bu soch, asar “asrga tatigulik kun”

6623. Ikkita ismi bor odamlar haqida bilsangiz kerak. Ya’ni pasportda boshqa ism, do’stlari boshqa ismda chaqiradigan odamlar. Rossiyada shunday akamiz bor. Bir kuni militsiya xodimlari shu akani dokumentini tekshirayotganda, do’stlari uni boshqa ismda chaqirishdi. Shunda militsionerlar “iye seni isming boshqa ekan, nega bizga birovni pasportini ko’rsatding” deganda, akamiz hazillashib, “chunki meni 2 ta xotinim bor, shuning uchun shunday chaqirishadi” deb javob berdi.
Savol: shu akamizni do’stlari qanday ism bilan chaqirishini ayting?

Javob: Sulton
Yuriy Nikulin aytgan qo’shiq esingizda bo’lsa kerak: Yesli ya bil Sultan.

6624. A. Jomiy bir baytida “Agar yolg’iz bo’lsang hamdam U dir” deydi. Ma’lumot uchun Uni eng og’iri 320 kg bo’lib, eng kichigini 6 tasi bitta qo’shiqqa jo bo’lar ekan. Ayni paytdagi eng qimmati esa 100 mln. ko’hna frankka baholangan ekan. Menga U ni ayting?
Javob: Kitob

6625. Quyidagi ro’yhatni yozib oling.
Novgorod
Krasniyarsk
Sankt-Peterburg
Moskva
Arxangelsk
Yaroslavl
Xabarovsk
Ushbu shaharlarni Ularda uchratishimiz mumkin. Ulardan Abxaziya, Janubiy Osetiya va Qrim ham foydalanadi?

Javob. Rossiya Rubli
Qa’bul. Aniq Javob
Izoh: Yuqoridagi shaharlar rossiya rublining ma’lum nominallarida tasvirlangan.

6626. Savol matnida Alfa boshqa bir so’zga almashgan.
Abdulla Oripovning “Alfa” nomli hazil sheridan parchani tinglang:
“Kavsardan gapirdim unda avvalo,
So’ngra maqtab ketdim shir-u sharbatni.
Dam o’tmay u yig’i boshladi rosa,
Topib bergin, dedi, o’sha ALFAni.”
Savol. Xalqimiz maqollaridan birida aytilishicha ALFA qayerda bo’lishini 3ta bir xil harf bilan boshlanuvchi so’zlarda yozib bering?

Javob. Onalar oyog’i ostida
Izoh. Alfa bu Jannat.
Manba. Abdulla Oripov, “O’zbekiston Vatanim manim” she’riy to’plami, “Ziyo-Nashr” nashriyoti, Toshkent, 2022-yil, 114-bet

6627. Isroillik shaxmatchi Alik Gershon shaxmat turnirilarning birida bir vaqtning o‘zida 523 ta doskada seans o‘tkazdi. Ushbu o‘yinlar 18,5 soat davom etgan. Seans davomida u Iksni amalga oshirdi. Boshqa bir Iks esa g‘oliblikka erishilgani natijasida kelib chiqqan. Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib Iks deb nima nazarda tutilganligini toping?
Javob: marafon yugurishi
Izoh: shaxmatchi 18,5 soatlik o‘yin davomida marafon yugurishiga teng bo‘lgan masofani bosib o‘tgan, marafon yugurishi atamasi esa yunonlarning Marafon jangidagi g‘alabasi haqidagi xabarni yetkazish voqeasidan kelib chiqqan.

6628. Savol matnidagi bir so’z tarkibidagi ikki harf boshqa ikki harfga almashtirilgan.
Osiyo xotin-qizlar soch turmaklarida ishlatiladigan paxta yoki ipak ipdan tayyorlangan bezak KAPALAK deb ataladi. KAPALAK turli xalqlarda turli koʻrinish va shaklda boʻlib, hozirda KAPALAKni kichik qishloqlarda, etnografik madaniyat guruhlari va muzeylarda uchratish mumkin.
Savol. Almashtirilgan harflarni o’z o’rniga qo’yib so’zni asl holida yozib bering?

Javob. Jamalak
Izoh. Yuqoridagi malumotlar soch turmaklari uchun foydalaniladigan Jamalak haqida edi.

6629. Abdulloh ibn ummuMaktum ikki ko‘zi tug‘ma ko‘r bo‘lgan sahobalardan biridir. U shaxid bo‘lishni orzu qilgan. Shu sababli hijriy 14 yilda forsga qarshi jang boshlanishi aniq bo‘lganda janga borishni aytadi va o‘ziga u vazifani berishlarni so‘raydi. Diqqat savol: ikki ko‘zi ko‘r sahoba jangda qanday ishni o‘z zimmasiga oladi?
Javob: Askarlar orqasida bayroqni ko‘tarib turish.
Izoh: “Agar yengsangiz ham yengilsangiz ham men bir joyda turaman. Chunki qocha olmayman: degan so‘zlari mashhur. Jang yakunida Abdulloh ibn ummu Maktumning qonga belanib bayroqni quchoqlagan holda shaxid bo‘lganini boshqalar ko‘rishadi.

6630. Dunyadagi mamlakatlarda juda qiziq qonunlar bor. Masalan Ogayoda shtatida politsiyachilar “bu ishni” yakshanba kunlari va mustaqillik kuni qilishlari mumkin emas ekan. Bu ishni ayting?
Javob: Hibsga olish

6631. Savolni Chetin Tekindor beradi.
Orif Tolib fikrini tinglang: “U oilaning xaqiqiy a’zosiag aylangan, boshqalarning qizi ekani bilinmaydigan kelinga o’xshaydi”. U arabcha so’z bo’lib, asli o’zagi “aylantirib turish” ma’nosini bildiradi. 2016-yilda premyera qilingan bir serialda bosh qahramonlardan birining laqabi ham U edi.
Savol. Uni yozib bering?

Javob. Kabob
Qa’bul. Kabobchi
Izoh. Orif Tolib kabobga yuqoridagi kabi tarif bergan. 2016-yilda premyera qilingan “Ichkarida” serialining qahramonlaridan biri Jalol Kabobchi obrazini turk aktyori Chetin Tekindor gavdalantirgan.

6632. Sharofiddin Turob kitoblarining birida shunday yozadilar: “Bir zabardast shoirni bilaman. “Uni” obdon yomonlab she’r yozadi-yu lekin, shu she’rini aynan “Uning” yonida o‘tirib yozgandi. She’r tugul “Buxoro jallodlari”, “Sudxo‘rning o‘limi”, “O‘tgan kunlar”, “Mexrobdan chayon” kitoblari ham uning yonida yozilgan-a!” Diqqat savol: gap nima haqida bormoqda?
Javob: Tancha
Qabul: Sandal
Manba: Sh. Turob. Hangomalar. T -1994. 18-bet.
Savol muallifi: Baxtishod Umarov

6633. Tarqatma material.
Siz ko’rib turgan suratdagi qush  1350-yillarda London shahrining muhrida tasvirlangan bo’lib, qush shahar aholisi uchun muqaddas hisoblangan.
Savol. Hozirgi kunda bu qush tasvirini qayerda ko’rishimiz mumkinligini ikki bir xil harf bilan boshlanuvchi so’zlarda yozib bering?

Javob. Liverpul Logotipi
Izoh. Londonning ramzi bo’lgan qush “Liverpul” klubining logotipida tasvirlanishi ajablanarli holat emas.

6634. Diqqat: Savolda bir so‘zdan ayrim harflar tushirib qoldirilgan! Statistikaga ko‘ra 2023 yilda eng ko‘p gullagan klublar ro‘yxatida
1.Inter Mayami
2.Los Anjeles Leykers
3.An-Nasr
o‘rin olgan ekan.
Diqqat savol: harflari o‘zgargan o‘zbekcha bo‘lmagan so‘zni ayting?
Javob: Gugllangan…

6635. Tarqatma material. Savol matnida AChi so’zi boshqa ikki so’z bilan almashtirilgan.
Siz tarqatmada AChi tasvirlangan qalqonni ko’rib turibsiz.
Savol. Ushbu qalqonning tepa qismiga Qirollik tojini qo’yish orqali nimani hosil qilishimiz mumkinligini bir-biriga JUFT bo’lgan ikki harf bilan boshlanuvchi so’zlarda aniq qilib yozib bering?

Javob. Kataloniya gerbi
Izoh. Tarqatmada sizlarga Aragon Chiziqlari tasviri tushirilgan qalqonni taqdim etdik. Savol qismidagi Qirollik toji jumlasi sizni Ispaniyaga yetaklashi kerak edi, qolaversa, Tarqatmadagi ranglar sizga Barcelona futbol klubining libosi va klub logotipini eslatib yuborgan bo’lsa ajab emas. Achi Aragon Chiziqlari jumlasidan tuzilgan Yershonim. Barchangizga malumki Barselona Kataloniya jamoasi.

6636. The Atletik nashri muxbiri Joze Mourinoni X ga o‘xshatib shunday ta’riflaydi: “Garchi bu hech qanday yaxshilik keltirmasligini bilsangiz ham, uning yorqinligidan ko‘zingizni uzolmaysiz va u sizga beradigan kuchga berilib ketasiz”. Diqqat savol: X nima ekanligini topgan bo‘lsangiz 1954 yilda X haqida asar yozgan yozuvchini toping?
Javob: Djon Ronald Ruel Tolkin.
Izoh: X bu uzuklar hukmdori asaridagi uzuk. Mourino aynan shu uzuklardan biriga o‘xshatilgan. Uzuklar hukmdori asari muallifi esa Djon Ronald Ruel Tolkin.

6637. 2013 yilda chiqarilgan “Qochish rejasi” filmining dastlabki qismida Rey Bresbin har qanday qamoqxonadan ustamonlik bilan qochishi haqida hikoya qilinadi. Lekin yangi bir qamoqxona loyihasi tajriba uchun yo‘lga qo‘yiladi. Qamoqxonada hech bir davlat ushlab turishni xohlamaydigan butun dunyodagi eng xavfli jinoyatchilar saqlanishi reja qilingan. Bu qamoqxonada mahbuslar asosiy vaqtini o‘z shaffof kabinasisa o‘tkazadi. Ovqatlanishda va ba’zi boshqa holatlarda bir bo‘limga to‘plab turiladi. Diqqat savol: mantiqan o‘ylab ayting, asirlar to‘planadigan bo‘lim qanday nomlangan?
Javob: Hamma mahbus to‘planadigan qismi Bobil deya nomlangan.
Izoh: Savol matnida aytib o‘tildi. Mahbuslar bir qancha davlatlardan olib kelinadi. Turli millatga mansub mahbuslarning so‘zlashuv tili ham turlicha bo‘lgan.

6638. Savol matnida SHUNDAY so’zi alifboda yonma-yon kelgan harflar bilan boshlanuvchi boshqa ikki so’zga almashgan.
Qo’lingizdagi tarqatmada keltirilgan dars jadvalini ko’rgan savol muallifi 1936-yilda yozilgan, voqealari SHUNDAY davom etgan asar nomini yodga oladi.
Savol. O’sha asar muallifini yozib bering?

Javob. Agata Kristi
Izoh: Tarqatmadagi jadval alifbo bo’yicha jopylashtirilgan. 1936-yilda Agata Kristi tomonidan yozilgan “Alifbo bo’yicha qotillik” asarida ham qotilliklar alifbo bo’yicha amalga oshirilgan.
Manba: Muallif g’oyasi

6639. Uni yozilishi bir xil uslubda boshlanadigan uch so’zda yozib bering?
Javob. Segoe Script Shrifti
Izoh. Segoe Script Shrifti Brayan Allen husnixati asosida yaratilgan. Tarqatmada ham segoe script shriftidan foydalandik.

6640. Markaziy Afrika Respublikasi gerbida x tasvirlangan bo‘lib, u Afrika va Avstraliyaning quruq tropik savannalarida o‘sadi. DARYO.UZ saytining o‘zbek tilidagi afrikalik so‘zlar maqolasida ham X haqida alohida to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib, uni arabcha “abu hibob – urug‘lar otasi” birikmasidan yasalgan bo‘lishi mumkinligi aytiladi. Diqqat savol: X deganda nima nazarga tutilmoqda?
Javob: Baobab

6641. Germaniyalik futbolchi Mesut O‘zil o‘z intervyularidan birida kiyinish xonasidan chiqish vaqtida doimo Bu Ishni Qilishini aytib o‘tadi. Kunlardan bir kuni esa Ronaldo O‘zilni kuzata turib, unga Bu Ishni Qilishi kerakligini eslatib yuborgan ekan.
Savol: Bu ishni qilish o‘rnidagi ikki so‘zni alifboda yonma-yon kelgan harflar bilan boshlanuvchi so‘zlarda yozib bering?

Javob: Bismilloh aytish.
Qabul: Bismilloh deyish.
Izoh: Mesut O‘zil asli turkiyalik ekanligini bilsangiz kerak. Uning o‘yin oldidan bismilloh aytishi nafaqat o‘ziga balki jamoasiga ham yordam berishini intervyusida aytib o‘tadi. Musulmon ahlini hurmat qiladigan Ronaldo shunchaki O‘zilning yodidan kotarilgan jumlani aytishini eslatib qo‘ygan. Biz ham bugungi savollar paketimizni bismilloh bilan boshlashni niyat qildik…

6642. Arablarni e’tirofiga ko’ra, agar U bo’lmaganida o’z tilimizni qonun qoidalarini to’liq bilmas edik deyishadi. U odam kim laqablari Jorulloh bo’lgan?
Javob: Az Zamaxshariy

6643. Kelajakda shifokorlarni bemorlarga yozib beradigan dori resepti musulmonlarni tutgan ro’zasi va o’qigan namozlari bo’ladi deb aytgan yevropalik adib kim?
Javob: Bernard Shou

6644. Rivoyatlarga ko’ra Muhammad Payg’ambarni amakilari Abbos roziyallohu anhuni 5 ta o’g’illari bo’lgan. 5 o’g’il ham dunyoni turli davlatlarida vafot etgan ekanlar. O’g’illaridan birlari O’zbekistonda vafot etgan ekan
Savol. Qaysi o’g’illari ismini ayting?

Javob: Qusam roziyallohu anhuga
Samarqandning Shoxi zinda

6645. O’zbekistonda Ulug’bek nomi bilan ataladigan 3ta madrasa bor.
Savol qaysi shaharlarda?

Javob: Samarqand. G’ijduvon. Buxoro.

6646. Hazrati Ali r.a shunday degan ekanlar: Juda og’ir og’ir toshlarni kutardim. Og’ir yuklarni kutardim. Lekin uni kutarib yurishdan ko’ra og’irroq narsani ko’rmadim. Hazrati Ali r.a aytgan yukni ikki so’z bilan ayting?
Javob: Qarz yuki

6647. Allohni nazdida darajalari ulug’ zotlar. Ikki amallari evaziga jannatni sotib oladilar.
Qanday ikki amal?

Javob: Mollari va Jonlari

6648. Dunyoda shunday ukalar bor akalariga yaxshiliklar qilishgan
Masalan Saudiyada bir uka Ko’zi ojiz akasiga uyidan masjidgacha arqon tortib bergan arqon yordamida masjidga borib kelgan
Endi tarixda bir uka akasiga shunday yaxshilik qilganki bunday yaxshilikni hech kim qila olmagan bundan keyin ham qila olmaydi
Qanday yaxshilik?

Javob: Muso a.s akalari Xorun a.s ga payg’ambarlik so’rab berganlar Allohdan

6649. Ularda sher, ilon, bo’rsiq va burgut tasvirlarini ko’rishimiz mumkin. Ularning ba’zilarini mard, jasur, sarguzashtdan qo’rqmaydiganlar tashkil etadi, ba’zilarini aqlli, dono, zukkolar tashkil etadi, ba’zilarini mug’ombir, kalondimog’, kibrlilar tashkil etadi, ba’zilarini oddiy, hamma uchun teng ko’rilaveradiganlar tashkil etadi.
Diqqat savol: Menga ularning to’rtalasini ham yozib bering?

Javobi: Griffindor, Slizerin, Xafflpuff, Rovenklov.
Izoh: Gap Garri Potter filmidagi fakultetlar nomi bilan ketayotgan edi.

6650. Shunday bir o’yin borki , sport desa ham bo’ladi, uni o’ynash uchun yugurishingiz ham shart emas, kurashishingiz ham shart emas, suzishingiz ham shart emas, sakrashingiz ham mumkin emas, tepishingiz ham shart emas va hokazo. Unday o’yinni boshlash uchun avvalambor bir ishni qilish kerak.
Diqqat savol: bu o’yinni o’ynash uchun dastlab nima qilish kerak?

Javobi: Uchish. Qabul: Supurgida uchish.
Izoh: Gap Garri Potter filmidagi kvidich o’yini haqida ketayotgan edi.

6651. Quyidagi rasmda erkaklar va ayollar uchun velosipedlar berilgan.
Diqqat savol: nima uchun ayollarning veligida ko’rsatilgan qism erkaklarnikidek tekis emas?

Javob: ayollar uzun ko’ylaklar kiyishadi shuning uchun ularga qulayroq.

6652. Gitler o’z davlatida alfa ni taqiqlagan ekan. Alfa past tabaqa vakillari, yahudlarga xos deb bilgan. Bir karikaturada esa, alfa dan qutilish uchun bolalar so’rg’ichidan foydalanayotgan odam tasvirlangan. Agar siz alfani nimaligini anglagan bo’lsangiz, mashhur iboraga ko’ra alfa ning “qurboni”ni ayting?
Javob: ot
Izoh: X-bu sigaret
ibora esa “bir gramm nikotin otni o’ldiradi”.

6653. Walt Disney kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan Uch cho’chqa bolasi haqidagi multfilmda, cho’chqachalarning birining uyida devorga turli rasmlar ilinganini ko’rish
mumkin. Rasmlardan biriga “Ota” deb yozilgan lekin rasmda cho’chqa emas alfa tasvirlangan. Savol: alfa ni toping?

Javob: Sosiskalar

6654. Yunon Rum Kurashi ustasi Aleksandr Karelin deyarli mag’lubiyat nimaligini bilmagan ekan. Karelinning eslashicha, uning kichik o’g’li bir kuni undan taajub bilan “Dada K nimaga oq” deb so’rabdi. Savol: K ni toping?
Javob: Kumush Medal
Izoh: Sidney Olimpiadasi finalida Rulon Gardnerga mag’lub bo’lgach, Karelin oltin emas, kumush medal sohibiga aylangan. Ungacha uning kichik o’g’li faqat sariq rangdagi oltin medallarni ko’rgan.

6655. 1952-yilda Londonni bir necha kun davomida kuchli tutun (Великий Смог) qoplab oladi. Shaharni tutun shu darajada qattiq o’rab oladiki, natijada BIRINCHI lar tez-tez IKKINCHI vazifasini bajarib beradi. Davlat qonuniga ko’ra Yurtimizda nafaqat BIRINCHI, hatto IKKINCHI ham ma’lum bir to’lovdan ozod etilgan.
Savol: BIRINCHI va IKKINCHI ni toping?

Javob: Ko’zi ojizlar va Yetaklovchilar.
Izoh: Smog ta’sirida ko’zi ko’radigan insonlar ham hech nimani ko’ra olmay qolishadi. Bunday holda shaharni yaxshi bilgan ko’zi ojizlar oddiy odamlarni yetaklab yurishadi. O’zbekistonda ko’zi ojizlar va ularni yetaklab yurgan odamlardan jamoat transportlarida yo’l kira olinmaydi

6656. Dunyoda hozirgi paytda faqatgina ikkita davlatda rasmiy 4 ta til amal qiladi. Birinchisi Yevropa davlati bo’lib, unda – fransuz, nemis, italyan va retoromancha, ikkinchisi Osiyo davlati bo’lib, unda – malay, xitoy, ingliz va tamil (yapon) tillari rasmiy muomalada ishlatiladi. Bu ikki davlatni ayting?
Javob: Shvetsariya va Singapur.

6657. X- urug’i, mevasida asosan efir moyi, shuningdek , oqsil va boshqa moddalar bo’lgan ,ziradoshlar oilasiga mansub bir yillik o’simlik hisoblanadi.
Diqqat savol: X ni yozib bering.

Javob: Bodiyon.

6658. Garri Potter romanida keltirilishicha Albus Dambldor ushbu shirinlikni yaxshi ko’rishi va ushbu shirinlikni magllarning eng yaxshi shirinliklaridan biri deydi. Hatto Albus Dambldor ushbu shirinlik nomidan xonasiga kirmoqchi bo’lgan insonlar uchun parol sifatida ham foydalanadi?
Diqqat savol: Ushbu shirinlikni toping?

Javobi: Limonli obakidondon.
Qabul: Limonli chupachups.

6659. Ularning barchasini birgina narsa birlashtiradi. O’sha birlashtiruvchi narsaga loyiq bo’lish uchun inson ,sofdil mehribon, sodiq, har qanday holatda ham do’stlarini tashlab ketmaydigan bo’lishi kerak. 2008-yil efirga chiqqan televizion serialda ham uni ko’rishimiz mumkin.
Diqqat savol: Uni ikki so’zda yozib bering?

Javob: Aylana stol.
Izoh: “Afsungar” teleserialida Qirol Artur o’ziga o’xshagan sofdil, mehribon, sodiq insonlarni aylana stol atrofida jamlaydi.

6660. Qadimgi Gresiyada X ni davlatdan chetga olib chiqish qa’tiy man qilingan. Xatto o’limga ham xukm qilganlar. X ni muqaddas hisoblaganlar. X ni toping?
Javob: Zaytun

6661. Garri Potter filmidagi u qahramon hammadan ajralib turadigan, kam sonli insonlar ko’radigan narsalarni ko’radigan, hech kim ishonmaydigan narsalarga ishonadigan g’alati qahramon sifatida e’tirof etilgan. Bu qahramon tufayli Garri Potter ko’plab yutuqlarga erishadi, hattoki u qahramon tufayli omon qoladi.
Diqqat savol: Ushbu qahramonning kinodagi ismi sharifini yozib bering?

Javobi: Luna Lavgud.
Izoh: Luna Lavgud kinoda kam sonli insonlar ko’ra oladigan testrallarni ko’ra olar edi va u Garri Potter 5 filmida Garri Potterga yovuzlikka qarshi chiqishga yordam beradi, Garri Potter 6 filmida avtobus ichida qolib ketishidan asrab qolgan edi

6662. Alfa – Yunonlarning chertib chalinadigan torli musiqa asbobi hisoblanadi. Bir adabiy atama ham aynan alfa so’zidan olingan
Diqqat savol: alfani yozib bering?

Javobi: Lira.
Izoh: Lirika atamasi lira so’zidan olingan.

6663. Ozod frank uylanganida kelinning qo’liga uzuk taqqan, so’ngra , endi mening izimdan yurasan, degan ma’noda oyog’iga yangi poyafzal kiygizgan.
Diqqat savol: kuyov xo’jalikning barcha yumushlari senga, deya kelinga nima topshirgan?

Javobi: Kalitlar shodasini topshirgan.

6664. Garri Potter romanida keltirilishicha, Professor Rimus Lyupin bilasizki bo’ri odam bo’ladi. Rimus Lyupin ushbu dardga boshqa bo’ri odam tishlashi oqibatida chalingan. Yoshligida Rimus Lyupin har oy to’lishgan payti bo’ri odamga aylanar edi. Rimus Lyupinning bo’ri odamga aylanib boshqa odamlarga zarar yetkazmasligi uchun BU ISH qilingan ekan. BU ISHNI qilishgandan so’ng hech kim Rimus Lyupinning oldiga kelolmasdi ham, uni oy to’lishgan paytda ko’rolmasdi ham.
Diqqat savol: BU ISHNI QILISH o’rnidagi so’zlarni yozib bering?

Javobi: Urishqoq majnuntol ko’chatini ekish.
Izoh: Urishqoq majnuntolni bilasiz juda xavfli daraxt shu sababli uning oldiga kela olmagan Rimus Lyupin esa Urishqoq majnuntol ichidagi kulbada har oy to’lishgan paytda o’tirgan va o’zi ham tashqariga chiqa olmagan.

6665. Garri Potter filmida Ron Uizli Akasi Charli haqida gapira turib, akasi Charlini ajdarlar bilan shug’ullanishi uni hozir BU davlatda ekanligi haqida Garriga aytib beradi. BU davlat Yevropaning janubi -sharqida joylashgan bo’lib, yarim- prezidentlik mamlakati hisoblanadi?
Javob: Ruminiya.

6666. U 1839 yili Rigadan Londonga yelkanli kemada sayohatga otlanadi va dengizda juda kuchli bo’ronga duch keladi. Ushbu bo’ron unga mashhur asarini yaratishga ilhom bag’ishlaydi va ilk qoralama nusxasini yaratadi. Bir necha yildan so’ng yani 1843 yili bu asar muhlislarga taqdim etiladi.
Savol: siz menga bu asarning “antonimi” kim ekanligini ayting?

Javob: mashhur futbolchi Denis Bergkamp
Izoh: U inson Rixard Vagner bo’lib, sayohatdagi taassurotlari unga “Uchar Golland” operasini yaratishga muvaffaq bo’ladi. “Uchar Golland” antonimi “Uchmas Golland” edi. Bu laqab esa Denis Bergkampga berilgan.

6667. Kolumbiyacha anekdotga ko’ra, yugurayotgan IKS – atlet, yugurayotgan IGREK – o’g’ri, ichayotgan IKS – degustator, ichayotgan IGREK – alkogolik, qurolli IKS – mafioz, qurolli IGREK – bosqinchi.
Savol: IKS va IGREK ni ayting?

Javob: Boy va Kambag’al.

6668. Lev Tolstoy “Iqrornoma” asarida “sharq masallari” dan quyidagi masalni aytib o’tadi: “bir yo’lovchi cho’lda ketayotsa bir yirtqich hayvon oldidan chiqadi. U shoshganicha yirtqichdan qochish uchun o’zini suvsiz quduqqa tashlaydi. Ne ko’z bilan ko’rsinki quduq tubida katta ajdaho og’zini ochib turgan bo’ladi. Yo’lovchi bir amallab quduq labidan o’sib chiqqan butaga ilashib oladi. Bir necha daqiqadan so’ng esa ikki sichqon butani kemira boshlaydi. Yo’lovchi esa butoqdan o’sib chiqqan barg ustidagi asalni yalashga urinadi…..”
Savol: siz menga yuqoridagi masaldagi ikki sichqon nimaga qiyoslanganini ayting?

Javob: kun va tun
Izoh: masal inson umri haqida edi. Ajdaho o’lim. Yo’lovchi o’limi aniqligini bilib turgan bo’lsada o’sha asalni yeyishga urinadi lekin endi u asal unga huzur bag’ishlamaydi…

6669. “U” ning asosiy “kasbi” butunlay boshqa bo’lsada, bazi hollarda o’z xukmdorining askarlariga kamondan otish bo’yicha “dars” bergan. Undan xatto Napoleon askarlari ham “ta’lim” olgan. Yana bir ma’lumotga ko’ra esa u xatto bir Shoxni ham “imtixon” dan o’tkazgan. Lekin uning shuncha yaxshiliklariga qaramay o’z xukmdori uni burnidan ayirdi. Inglizlar esa soqolidan maxrum qilishdi. Savol: siz menga uning asosiy “kasbi” nima ekanligini ayting?
Javob: Piramidalar qo’riqchisi
Izoh: gap Sfinks haqida Edi. Misr xukmdorlari o’z askarlariga Sfinksga qarab o’q otib mashg’ulot o’tkazishga buyruq bergan va natijada uning burnidan ayirgan. Napoleon ham shunday buyruk beradi.
Shox Edipga esa Sfinks inson umri haqidagi savolni bergan.

6670. Qaysi davlatda ovqatni bir kun davomida issiq saqlovchi termos idishlar judayam xaridorgir?
Javob: Isroilda!
Izoh: Ular shanbada umuman hech narsa qilmasliklari kerak. Ovqatniyam jumada pishirib, shu termosda saqlaydi!

6671. XVIII asrda bir frasuz vazirini o’sha vaqtlar uchun noodatiy bo’lgan karikaturasi chizildi. Karikaturada yuzi profildan chizilgan edi. Bunday karikaturalar tez orada ommaviylashib ketdi. Bu vazirni ismini esa biz haligacha bilamiz.
Diqqat savol: Vazirni ismi nima edi?

Javob: Siluet.

6672. Alfa- inglizcha so’zdan olingan bo’lib, inglizlar sevib iste’mol qiladigan, tuxum, shakar, sut va un qorishmasidan tayyorlanadigan pishiriq hisoblanadi. Alfa pishirig’i Usmonli davlatida  qadimda ” mujmer” deb nomlangan.
Diqqat savol: Alfani toping?

Javob: Puding

6673. Alfa-inglizchada-“asfel” , lotinchada – ” Asfodelus” deb nomlanadi. Alfa asfodelovlar oilasiga mansub, uzun bargli ko’p yillik o’t o’simliklariga ega. Alfaning ildizlari tibbiyotda , yelim tayyorlashda va hatto non tayyorlashda ham ishlatilgan.
Diqqat savol: Alfani ikki so’zda yozib bering.

Javob: Tilla gul

6674. Alfred Xichkok “Qushlar” nomli filmni suratga olgach, tomoshabinda, qo’rquv hissining oxiri bo’lmasin, doimo shunday his tuyg’ular ilamida qolsin, deb barcha filmlaridan farqli o’laroq, bir yangilik kiratadi
Diqqat savol: qanday yangilik?

Javob: ” Film tugadi” degan yozuvini yozmaydi.

6675. Alfa-Venetsiyaliklarning o’rta asrlardagi kiyimi. Hozirgi vaqtda bunaqa kiyim mavjud emas. Tananing beldan tizzagacha bo’lgan qismini yopish uchun Alfa kiyilgan. Alfalar erkaklarda shim ko’rinishida, ayollarda yubka ko’rinishida bo’lgan. Dastlab alfalar qizil rangda bo’lgan. Konstantinopolni turklar qo’lga kiritishgandan keyin (1453-yil) Venetsiyaliklar qora Alfa shimlarni motam belgisi sifatida kiyishgan.
Diqqat savol: Alfani toping?

Javob: Pantalon.

6676. Tasavvur qiling, geografiya fani o’qituvchisiz. Agar Xiva xoni saroyidagi amaldorlardan biri bo’lganingizda, siz bir lavozimga tayinlanardingiz.
Diqqat savol: qanday lavozimga?

Javobi: Bosh mirob.
Izoh: Yomg’ir davri, suv toshqini, ariq qazishda yer tuzilishini mukammal bilgan kishigina Bosh Mirob lavozimiga saylangan.

6677. O’rta asrlarda pochta otlarini yo’lda ketayotgan barcha yo’lovchilar juda yaxshi tanishgan.
Diqqat savol: pochta otlarini qanday alohida belgisi bo’lgan?

Javob: otlarning bo’ynida qo’ng’irog’i bo’lgan.

6678. Birmalik U Tan BMT bosh kotibi bo’lib ishlagan. Tan uning familiyasi. U so’zichi?
Diqqat savol: U so’zi familiya ham, ism ham , taxallus ham bo’lmasa unda qanday ma’noda ishlatilgan?

Javob: Birmaliklar yoshi ulug’, obro’li insonlarni ism- sharifi oldiga U so’zini qo’shib aytishgan. U- unvon.

6679. Garri Potter romanida keltirilishicha X- nihoyatda ozg’in, ko’zi bir juft fonusga o’xshaydigan obraz sifatida gavlantirilgan. X tufayli hech kim tunda qasrni aylanolmasdi va ko’pchilik bolalarning X ning dumidan ushlab tortish armoniga aylangan edi.
Diqqat savol: X ga hurmat yuzasidan murojaat qilib, X ning ismini yozib bering?

Javob: Missis Noris.
Izoh: Missis Noris Hogvarts qasrining nazoratchisi Argus Filchning mushugi bo’lib, u ham egasi kabi tunda qasrda yurgan bolalarni nazorat qilib yurar edi.

6680. 1.”X” mashhur “qamoqxona” ning 26-xonasi “maxbusi”. X ni qadimgilar “yerlik emas” deb bilishgan. U boshqa joydan kelgan deb o’z ma’lumotlarida qoldirishgan. Quroni karimda X nomi berilgan sura mavjud.
2.”Y” ni Sergey Skotnikov shaxmatchilarga O’xshatgan. Oskar Uayld esa “Y” larni nima o’ylayotganini bilish uchun “Y” ga qarashlikni, lekin eshitmaslikni tavsiya qilgan.
Savol: X va Y ni mantiqan bog’lagan holda X va Y ning
1 o’zbekcha
2 inglizcha
“varianti”ni ayting?

Javob: Alomatxon va Margarita Tetcher (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/8383?comment=61145)
Izoh: X temir, Y ayollar
Quronda Xadid-temir surasi bor.

6681. “Ular juda ham kuchsiz va ochiqko’ngil bo’lishlariga qaramay, uchli tig’lar bilan qurollanib, o’zlariga dovyuraklik xisini berishga harakat qilishadi”. savol bu o’xshatish nimalarga berilgan?
Javob: Atirgullar

6682. Alfred Xichkok dunyoga mashhur kinorejissorlardan biri hisoblanadi. U yarim hazil yarim chin qilib shunday degan “Unga havasim kelib o’tib ketyabman. Chunki u o’z qahramonlarini holaganicha eza oladi, qiynay oladi.” degan edi. Alfred Xichkok judayam qattiqqo’lligini hisobga olib U kimga bunaqa ta’rif bergan?

Javob: Alfred Xichkok kezi kelganda aktyorlarni qiynashni, jazolashni ham orzu qilgan. Lekin buning ilojisi bo’lmagan, chunki ular tirik insonlardir. U havas qilgan ijodkorning aktyorlar esa suratdagi rasmlar bo’lgan. U ajoyib multiliplikator rejissor Uolt Disney bo’lgan.

6683. XIX asr oxirlarida Shotlandiya qiroli monax Uolfrid oldida juda murakkab vazifa ko’ndalang turar edi. Bu qanday qilib bo’lmasin, shotland va irland kelt avlodlarini birlashtirish vazifasi edi. Qirol bu ishning juda oson va mos yo’lini topadi. Shotland va irland keltlarini birlashtirish maqsadida 1887 yili 6 noyabrda 1 narsa tashkil etib, o’z maqsadiga erishadi.
Diqqat savol: Shu kuni u nimani tashkil etgan?

Javob: “Seltik” futbol klubi
U nom “Kelt” so’zining o’zagidan kelib chiqqan. Qirol o’z maqsadiga erishish uchun futbol klubi tashkil qilgan edi. Klub nomi “Seltik” deb nomlangan.

6684. Bir turdagi kaltakesaklar mavjud bo’lib, ularga biror jonivor hujum qilsa, kaltakesakdagi zaxar tufayli bu kaltakesakka uzoq vaqtgacha hujum qilmas ekan. Bu zaxar “U” ni o’rganuvchi olimlarni qiziqtirib qo’ydi. U ilk bor 51 yoshda vafot etgan odam tomonidan o’rganilgan edi.
Uni ayting?

Javob: Alsgeymer kasalligi.
Izoh: bu zaxarni o’ziga xos xususiyatlaridan biri u xotirani kuchaytirib yuborar ekan. Kaltakesakka hujum qilgan jonivorlar zaxarli ekanligini uzoq vaqtgacha unitishmas ekan. Alsgeymer kasalligini esa ilk bor Alois Alsgeymer yoritgan.

6685. Savol: Barchamizga tanish bo’lgan bu so’zni kelib chiqishi haqida har xil fikrlar bor.
Masalan: Buni yaratgan inson uni afsonaviy Liviya hukumdoriga bag’ishlagan deyishsa.
Boshqalar, bunga sabab uning muqovasida afsonaviy yunon mifologik qahramoni bor edi deyishadi.
Diqqat savol: Bu so’z ayting?

Javob: Atlas.
Izoh: Merkator yaratgan.

6686. Bu orol nomini kelib chiqishiga sabab- Peru xukumati boyliklarga to’la yerni topishni rejalashtirganda shu orolga borishadi. Bu yerdan hech qanday xazina topa olishmaydi, lekin rejadagi nom shu orolga meros bo’lib qoladi.
Qaysi orol?

Javob: Solomon orollari.
Izoh: Ular Sulaymon alayxissalom boyliklarini qaysi oroldan olib ketganligini aniqlash maqsadida ekspedisiya uyushtirishgan edi.

6687. Doim uni qoralashadi. Odamzotga xos barcha baxtsizliklarni undan ko’rishadi. Lekin ayni paytda u barcha shodliklarimizning manbai ekanligini esa unutib qo’yadilar.
DIQQAT SAVOL: Gap nima haqida ketmoqda?

Javob: Ehtiros

6688. Dunyo adabiyotida jonivorlar bosh qahramon bo’lgan asarlar talaygina. Ularning eng mashhurlaridan biri ingiliz yozuvchisi Aleksandr Mimning sevimli qahramonini ham misol qilib keltirishimiz mumkin. XX asarning boshlarida ushbu qahramonimizga bag’ishlangan hikoya ham bosib chiqarilgan va dunyoning 40 dan ziyod tillariga tarjima qilingan.
DIQQAT SAVOL:Gap qaysi adabiy qahramon haqida ketmoqda?

Javob: Vinni Pux

6689. 1927-yili Hindistonda birinchi marotaba radioeshittirishlari boshlangan. Bilasiz, radio o’z eshittirishlarini “Toshkentdan gapiramiz”, “Govorit Tashkent” jumlalari bilan boshlaydi. Ilk radioda ushbu jumlalar oldidan yana bir so’z aytilgan.
DIQQAT SAVOL: Hammamizga kundalik va tanish so’zga aylanib ulgurgan bu so’zni maksimal aniqlikda ayting?

Javob: Allo so’zi

6690. Bu narsaga qizlar umrlarida bir bora duch kelishadilar qolaganlarida esa eskilik sarqiti deya yo’yishadilar. Qizlarni hamisha unga o’xshatadilar. Qizlar esa umrlarida bir bora unga duch kelishni xohlashadilar ham. DIQQAT SAVOL: Yuqorida majoziy o’xshatish nimaga aytilgan?
Javob: Palaxmon toshiga ya’ni toshni qayerga otsang o’sha yerga tushadi va umrbod shu yerda toshday qotadi. Qizlar ham majoziy ma’noda palaxmon toshiga o’xshatilgani bejizga emas albatta

6691. Aytishlaricha, bu malikaning vatani Markaziy Amerika ekan. XV asr oxirlarida u Yevropaga tashrif buyuradi. Malika unvoni unga ancha keyinroq berilgan.
Demak Savol: uning nomi va qayerning malikasi ekanligini toping?

Javob: Dala malikasi nomiga sazovor bo‘lgan o‘simlik—?makkajo‘xori

6692. (Xazil savol)
XVIII asr birinchi yarmida Londonliklarga 100 yildan keyin, shaharning ko‘rinishiga nima ko‘proq zarar yetkazishi mumkin, deb savol berishganlarida aynan shunday javob berishgan ekan.
Savol: Ularning javobini ikkita so‘z bilan yozib bering?

Javob: Ot go‘ngi.
Izoh: Agar avtomobil paydo bo‘lib, ular sonini kamaytirmaganda, bugun London ko‘chalari ot go‘ngiga ko‘milib ketardi

6693. U narsaga predmetlar haqidagi lug‘atda shunday ta’rif berilgan: «U osmon va yerning bir-biriga bog‘liqligini mohirona ifodalaydi. Osmon yerga ne’mat berganidek, yerdan ham osmonga rizq ko‘tarilishi mumkinligiga ishora mavjud. Yana shuni aniqlash mumkinki, rizq bir vaqtda har ikki tomonga uzatilmaydi, galma-galdan uzatiladi. Aytish mumkinki, yer osmonga qancha ne’mat bersa, osmon ham aniq shuncha qaytaradi».”
Savol: U nima ?

Javob: Qumsoat⏳

6694. Qadimgi yunon ayollari bu ish uchun tuxum sarig‘i va limon sharbatidan tayyorlangan aralashmadan foydalangan bo‘lishsa, Misr malikalari suyuq qaymoqqa tvorog va meva sharbati qo‘shib tayyorlanganidan foydalanishgan. O‘zbek ayollari yuz yil ilgari U narsadan foydalanishgan. Hozir ham ayrimlar uni ishlatadi.
Savol: Yuqoridagi aralashmalardan ayollar nima maqsadda foydalanishgan va U nima ?

Javob: Aralashmalar bosh yuvish vositalari bo‘lgan, o‘zbek ayollari qatiqdan foydalanishgan.

6695. M. Qoshg’ariyning “Devonu lug’atut turk” asarida bir masal bor. Insonlar orasida shunday munosabat shakllangan. Bir nom bilan ataluvchi arqon mavjud. Arqonni bir uchidagi kishini arslonga, ikkinchi uchidagi kishini sichqonga qiyoslashadi. Garchand sherdek bo’lsangiz ham arqonni bu tomoniga o’tib qolgudek bo’lsangiz, doimiy Qo’rquv, hadik, sizni sichqonga aylantirib qo’yadi. Savol: u arqonning nomi nima?
Javob: U arqonning nomi – QARZ ?

6696. Dostoyevskiy uni yoqlab, “yo‘q u qotil bo‘lmagan, uni orzusidan mahrum qilishgan”.
Pushkin bo‘lsa, uni ishonuvchan o‘smir bolaga o‘xshatgan. To‘g‘ri u aslida ayrim oliftalardek so‘ylay olmaydi. Hayotni boricha qabul qiladi.
Diqqat savol: yuqoridagi
ta’rif kimga tegishli?

Javob: Otelloga

6697. Damashq ko’chalarida taksilar qatnovi juda ko’p. Taksi ko’pligi uchun narxlar ham arzon.
Diqqat savol: taksining ko’p bo’lishiga sabab nima?

Javob: Shaharda jamoat transportlari yo’q

6698. “Olmoslar tarixi” kitobida yozilishicha: 50 karatdan oshgandagina olmosga shunday nom berish mumkin.
Diqqat savol: kattagina olmosga qanday nom beriladi?

Javob: O’lchami 50 karatdan yuqori olmosga mutaxassislar nom berishgan: ko’xinur, qora javohir va hokazo deb.

6699. Zamonaviy yapon hokkusini eshiting:
Tuni bilan Murakamini o’qib
Endi kunduzi ham u ishni qilyapman.
Diqqat savol: hokkudagi bu ishni ikkita so’z bilan yakunlang?

Javob: Tuni bilan Murakamini o’qib,
Qo’y sanayabman.
Izoh: U tunda ” Qo’y ovi ” romanini o’qigan.

6700. O’zbekistonda shunday bir daraxt bor, erta bahorda g’arq gullaydi, ammo meva bermaydi. Shuning uchun ham farg’onaliklar uni va’daboz deb ham atashadi.
Diqqat savol: bu ta’rif qaysi daraxtga berilgan?

Javob: Tol