YORKENDDARYO

YORKENDDARYO — Markaziy Osiyodagi daryo, Xitoyning shimoli g’arbida, Tarim daryosining eng uzun o’ng irmog’i. Uzunligi 1068 kilometr. Havzasining maydoni 81,4 ming kilometr kvadrat. Qoraqurum tizmasidagi muzliklardan boshlanadi. Yuqori oqimi Kunlun tizmasining g’arbiy tarmoqlarini kesib o’tadi. O’rta va quyi oqimida Qashqar botig’idan oqadi. Bu daryo Yorkend va boshqa vohalarni sug’oradi. Iyul va avgustda to’lib oqadi. O’rtacha suv sarfi tog’lardan chiqqach 170 m3/sek. Bahorda ekinlarni sug’orish davrida daryo Marqat shahridan o’tgach, suvi tugaydi. Yorkenddaryo bo’yida Yorkend shahri joylashgan.