Anqo

Anqo – nihoyatda go’zal va nodir, noyob afsonaviy qush. Tasviri xalq amaliy san’atida, me’moriy bezaklarda ko’p uchraydi. Afrosiyobdan topilgan qadimgi Samarqand hokimi saroyining devoriy bezaklarida tumshug’ida yaxshilik urug’ini tarqatayotgan ushbu qush tasviri bor.