YOG’ BEZLARI
YOG’ BEZLARI — qushlar, sut emizuvchi hayvonlar va odamlar terisining yog’ chiqaradigan bezlari. Oddiy alveolyar bezlarga kiradi, yog’chiqarish yo’llari soch (jun) xaltalariga ochiladi. Kuniga qariyb 20 gramm yog’ chiqaradi. Yog’ bezlarining mahsuli (teri yog’i) terini yupqa qatlam kabi qoplab, uni qurib qolishdan saqlaydi. Qo’l-oyoq kaftida Yog’ bezlari yo’q. Balog’atga (voyaga) yetish davrida Yog’ bezlari zo’r berib ishlaydi. Odamda Yog’ bezlari kasalliklaridan ateroma va husnbuzar ko’proq uchraydi.